2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə2/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o’lchov uskunalari, laborato­riya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga tsex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko’priklar, neft quduqlari, ko’mir koni qatlamlari va shunga o’xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug’ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chi­qarish fondlarining muhim elementi bo’lib ishchi mashinalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi tsexlarning bar­cha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalaritarkibiga avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun kerak bo’lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil qiladi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko’mir, gaz va boshqalar), qishloq xo’jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xomashyoni tashkil qiladi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o’tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo’lajak tayyor mahsulot (temir, yog’och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bo’yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi. Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo’lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o’zida tayyorlangan turlariga bo’linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo’lmagan bo’lib, uni boshqa tsex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo’lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o’z ishchi joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo’linmasiga berilmay, shu tsexning o’zida qiyomiga yetkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to’xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo’lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to’playdi.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin