2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə14/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Aktsiyadorlik jamiyati– bujismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo’lib, u aktsiyalar chiqarish yo’li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog’oz– aktsiyachiqaradi. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o’z hissasi – divedendni olib turadilar. Aktsiyadorlik jamiyati o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aktsiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo’yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun faqat o’zlariga tegishli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondi aktsiyadorlar so­tib olgan aktsiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi lozim. Aktsiya bo’linmas hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aktsiyalari ta’sischilar orasida tarqatilishi kerak.
Aktsiya fond birjalarida muomalada bo’ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o’tadi va aktsiyalar uchun uning hissasi to’g’risidagi hujjatt hisoblanadi. Aktsiyadorlik jamiyatini:
- aktsiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aktsiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organihisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, u aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aktsiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aktsiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direktsiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aktsiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagiafzalliklari bor:
- aktsiyadorlik jamiyati – bu biznesning ko’proq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo’lish yo’li bilan aktsiyani sotib olib, a’zo bo’lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug’iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o’z aktsiyasi miqyosida ziyon ko’rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o’zida ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar, haridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o’zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aktsiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo’lishi mumkin.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin