2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 355,5 Kb.
səhifə17/19
tarix12.10.2023
ölçüsü355,5 Kb.
#154470
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullanish maqsadlarida tuziladi.
O’zbekistan Respublikasi qonunchiligiga binoan xol­ding kompaniyalari quyidagi yo’llar bilan tashkil etiladi:
- yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo’linmalarini mustaqil yuridik shaxs (sho’’ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo’li bilan;
- yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aktsiya paketlarini birlashtirish yo’li bilan;
- yangi aktsiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo’li bilan.
Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan birga:
- nizom loyihasi;
- xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
- tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar ro’yxati;
- shu korxonalardan har qaysisining xo’jalik faoliyati turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biron bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo’lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari – bu davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo’lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo’shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag’lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo’shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSH olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
- kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
- aniq geografik bozorga o’tish;
- yangi faoliyat sohasiga o’tish;
- ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo manbaini qo’lga kiritish;
- ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo’lganligi;
- mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
- qo’shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati.
Qo’shma korxonalar o’zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo’shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, maxalliy xom ashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o’zining mustaqil balansiga ega bo’ladi va xo’jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Frantsiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.

Yüklə 355,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin