2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə5/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 мавзу

1-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi.

Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shakli va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlab kelinmokda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam 1so`rsatish yoki soliqlar to`lashda tadbirkorlar uchun ma`lum imtiyozlar berilishida aks etmokda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanish asosini tashkil etadi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining qulayligi hamda iqgisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil etilishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shugullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga bogliqtsir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog’liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlar va tadbirkorlikka ishtiyoqi bo`lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko`rsatmokda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni sqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning smirilishiga olib kelmasa ham tadb!irkorlik tarkiblarining faoliyat yuritishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun charur barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. SHunga asoslangan holda ish olib borayotgan Uzbekiston jahon iqtisodiyotida munosib o`rnini topmoqda.
SHularni nazarda tutgan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov shunday deb ta`kidlaydi: «Erkin tadbirkorlik uchun iqgisodiy va \uquqiy shart-sharoit yaratish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlrkni 'keng rivojlantirish uchun hamma yo`lni ochib berish kerak. Ularning xomashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo`l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o`zida ham, uning tashqarisida ham 1-otiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor»1.
YUqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bogliq omillar guruxdarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan. Tadbirkorlik muhitiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
- aniq bir mahsulotga iste`molchilarning to`lov qobiliyati. Bunda bochordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.
Agar, mahsulot (tovar) xususiyatlari bilan avvalgilaridan ajralib tursa, unga talab marketing usullari bilan aniqlanadi:
- tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o`z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o`z mulki, bilim ii sarmoyasidan samarali foydalana oluvchi yuqori malakali va ma`lum bozor ntiyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak;

  • sarmoyaga ega investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil etadi: banklar, jamg’armalar, sug’urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, xorijiy investorlar va boshqalar;

  • tadbirkorlik faoliyatini bir me`yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzshshalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sug’urta va shu kabi xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlar kiradi;

  • qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga, avvalo, biznesning ishonchliligi va samarali bo`lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to`plami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali o`z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bo`lishi kerak.

SHu omillarning tizimli va o`zaro harakat qonuniyatlari tadbirkorlikni faollashtiradi va u xo`jalik mexanizmi orkali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va boshqa tadbirkorlik ob`ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o`zaro manfaatli harakati tufayli faollashadi va bozorga moslashadi.
Ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish jarayonida tadbirkor har bir millatning an`analari, urf-odatlari, qanday oziq-ovqatlarni iste`mol qilishi va qanday buyumlarni kiyishini inobatga olishi maqsadga muvofikdir. Bundan tashqari xalkning to`lov qobiliyatini bilish xam katga ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil iste`mol tovarlari ishlab chikarishni tashkil etishda katga rol’ o`ynaydi. Tadbirkor shu omilni xar tomonlama taxlil qilishda o`z mamlakatidagi bozor vaziyatini hamda ushbu mahsulotni kelajakda eksport qilish mumkin bo`lgan ko`shni mamlakatlar bozorini ham ko`rib chiqishi kerak.
Har bir tadbirkor atrof- muhitga qo`shilib ketishi uchun ishni uning taxlilidan boshlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini taxlil qilishda tadbirkor ma`lum bir chegarada kasbiy faoliyat yuritish uchun qanday iqtisodiy manfaatni amalga oshirishi mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqgisodiy manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning o`z ishini tashkil qilish darajasiga bog’liq bo`ladi. O`z ishini tashkil qilish esa tadbirkorning ma`lum ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan belgilanadi.
Tadbirkor ma`lum tadbirkorlik mux>gtiga kirishar ekan, diqqat-e`tiborini faqat o`z g’oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga ham qaratishi kerak. Tadbirkorning o`z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o`z g’oyalarini ma`lum bir muhitga tatbiq etish uchun zarur birlamchi kapitalni barpo etishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi. Tadbirkor ishbilarmonlik g’oya va maqsadlariga to`g’ri keladigan hamda jalb etilgan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi shplab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o`z goyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo`lsa, (|)aoliyatining tashkiliy-xukuqiy shaklini, korxona uchun qo`shayotgan o`z qissasini oldindan belgalab olishi kerak. SHunday qilib, tadbirkorning o`z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chikarish tarkibini tiakllantirish va unda o`zining qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O`z ishini to`g’ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omil-laridan hisoblanadi. SHuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni hosil kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e`tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jixdtlarini o`rganishda uning faoliyati jarayonini kuzatish alohida ahamiyat kisb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo`lishi mumkin:

  • birinchidan, biznes g’oyasini ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o`rganib chiqish;

  • uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes goyasining o`zaro to`g’ri kelishi, tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbirkorlik muhitining o`zaro muvofiqligi;

  • to`rtinchidan, g’oyani amalga oshirish uchun zarur kapital hajmini bslgilab olish;

  • beshinchidan, biznes g’oyani amalga oshirish uchun zarur korxona yoki tpshkilotni tarkib toptirish.

Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma`lum bir g’oya tashkil chtadi. Bu g’oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi: kimdir tovarni yangicha jildlash g’oyasini beradi, bozorda mavjud tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo.
Ishbilarmonlik g’oyasi ko`pincha o`z professional faoliyatida
mustaqillikka erishish va qo`shimcha fonda olish ishtiyoqida bo`lgan kishilarda
paydo bo`ladi. Buning uchun kishi iqgisodiy jarayonlarni har tomonlama
tpxlil qilib, undagi mavjud etishmovchiliklarni aniqlab, unga o`z faoliyatini
yo`naltirishi lozim.
Agar tadbirkorda o`z biznesini tashkil qilish yuzasidan biror- bir g’oya mnvjud bo`lsa, u holda u ishbilarmonlik muxitini o`z g’oyasi va iqtisodiy mpifaati bilan mutanosiblik darajasini taxlil qilishi kerak. Avvalo, tpdbirkor ma`lum muhitda aniq g’oyani amalga oshirish shaklini belgilab olishi kerak. Bunday shakllarning turi juda xilma-xildir, Tadbirkorlik tpifalari yakka holda va guruh bo`lib amalga oshirilishi mumkin. Qanday pshkllarni tanlash g’oyaga xamda tadbirkorlik muhitiga bog’liqdir.
Tadbirkorlik muhiti va g’oyasini har tomonlama taxdil qilish shu g’oyani amalga oshirish uchun zarur kapital miqdorini belgilab olishga yordam beradi. Bunda tadbirkor bank yoki biznes-fonddan kredit olishi uchun biznes-reja yoki texnik-iktasodiy asosni (TIA) ishlab chiqishiga to`g’ri keladi.
Biznes-rejada tadbirkor ishbilarmonlik g’oyasiga tayangan xolda tovar yoki xichmatlar ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni amalga oshirishning Pprcha xarajatlari qancha qiymatni tashkil etishini aks ettiradi. Ushbu holda gap birlamchi kapital hajmini belgilash, tadbirkorlik goyasini amalga oshirish uchun jalb qilinishi lozim bo`lgan moliyaviy resurslarni aniqlash haqida ketmoqda.
Tadbirkorlik g’oyasini ma`lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligi aniqpanib, ishni tashkil etish bo`yicha zarur moliyaviy mablag’larni olish manbai tanlangandan keyin tadbirkor o`z faoliyatini uch yo`nalishga qaratmog’i lozim.

Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin