2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Kichik biznesnn belgilovchi mezonlar



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə8/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 мавзу

1.5. Kichik biznesnn belgilovchi mezonlar

Kichik biznesning mezonlarini belgilash zarurati kichik korxonalar davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu yordam manzili bo`lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo`naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o`rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o`rni va rolini aniqlash uchun zarur.


Bozor iqgisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:

  • miqtsoriy ko`rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati;

  • sifat ko`rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quvvatlar, boshqa-ruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar;

- yuqoridagi ko`rsatkichlarning. birinchi va ikkinchi guruxlarini birlashtiruvchi kombinatsiyasi.
Turli mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko`ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari ko`llaniladi. Evropa Itgafoqining metodologiyasi bo`yicha kichik va o`rta korxonalar 2-jadvalda ko`rsatilgan mezonlar bilan belgilanadi.

2-jadval
Bvropa Ittifoqi metodologiyasi bo`yicha kichik va o`rta korxonalar
o`lchamini belgilash mezonlari

Aniqlanadigan korxonalar

Hodimlar soni (kishi)

Yillaik oborot

Balans qiymati

Kichik

50 tagacha

4

2 mln.evrogacha

O`rta

50-250 tagacha

16 mln.evrogacha

8 mln.evrogacha


Xorijiy mamlakatlarda 1 kishidan 20 kishigacha xodimi bo`lgan korxonalar xunarmandchilik korxonalariga, 20 dan 100 tagacha xodimi bo`lganlari kichik, 100 dan 500 gacha xodimi bo`lganlari o`rta korxonalarga kiritiladi.
AQSHda kichik biznes korxonalarini ikki tomonlama guruxlashdan foydalaniladi. Birinchi holda bu tushuncha ishchilar soni 500 kishigacha bo`lgan korxonalarni qamrab oladi. Ikkinchi holda esa korxonalar sohalar bo`yicha yillik tushumlar hajmi bo`yicha bo`linadilar: transport sohasida yillik tushumlar hajmi 3,5 mln. dollardan 20 mln. dollargacha, quryugashda 9 mln. dollardan 21 mln. dollargacha, ulgurji savdoda 15 mln. dollardan 35 mln. dollargacha, chakana savdoda 3,5 mln. dollardan 13,5 mln. dollargacha, xichmatlar sohasida 2,5 mln. dollardan 14,5 mln. dollargacha bo`lgan korxonalar kichik firmalar hisoblanadi.
Germaniyada ishlovchilar soni va yillik oborot ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo`lgan, o`rtachalarga esa ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik oboroti 100 mln. evrogacha bo`lgan korxonalar kiritiladi.
Frantsiyada kichik va o`rta biznes tushunchasiga ishlovchilar soni 19 1 kishigacha bo`lgan mikrofirmalar, xodimlarning soni 20-299 kishigacha bulganlari kichik korxonalarga kiradi.
Janubiy Koreyada sanoat va transportda 20 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar kichik, 21 dan 200 kishigacha xodimi bo`lgan korxonalar o`rta korxonalar xisoblanadi. Savdo va xizmatlar sohasida 5 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar esa o`rta korxonalar hisoblanadi.
Uzbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni bo`yicha |uruxlarga ajratish qabul qilingan. Buni 3-jadvaldan ko`rish mumkin.
YAngi mezonlar korxonalarni ayrim kategoriyalarga bo`lishni tartibga solish imkoniyatini beradi. Bu soliqqa tortish bo`yicha imtiyozlarni belgilash, kichik biznesni qo`llab-quvvatlash bo`yicha aniq choralarni qabul qilish, rssiublika mintaqalarida kichik korxonalar tarmog’ini kengaytirish sohasida iifratuzilmaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirshp uchun g’oyatda mghimdir.





Xodimlarning soni kichik sub`ektlarining asosiy ko`rsatkichidir. U firmaning barcha xodimlarini, shu jumladan, shartnomalar bo`yicha va o`rindoshlik bo`yicha ishlovchilarni haqiqatan ishlangan vaqtini hisobga olish bilan hamda vakilliklar, filiallar, korxonaning boshqa ajratilgan bo`linmalari xodimlarini hisobga olish bilan aniqlanadi.


Belgilangan sondan oshib ketgan holda kichik korxona oshib ketishga yo`l qo`yilgan davr va keyingi uch oy davomida imtiyozlardan mahrum bo`ladi.


Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin