2-Мавзу. Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


-jadval Kichik korxonalar va mikrofirmalar soni



Yüklə 198,15 Kb.
səhifə11/12
tarix04.12.2022
ölçüsü198,15 Kb.
#72297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 мавзу

8-jadval
Kichik korxonalar va mikrofirmalar soni
(fermer xo`jaliklarisiz)


2011 yil
1 yanvarida ro`ixatga olingan

2010 yil yanvar-dekabrida

Tashkil topdi

Tugatildi

O`zbekiston Respublikasi

231717

35050

23187

Qoraqalpogiston Respublikasi

10172

2047

1518

viloyatlar:










Andijon

19281

2517

1430

Buxoro

14008

2264

3338

Jizzax

6728

1405

598

Qashqadaryo

44439

4147

3143

Pavoiy

6179

899

756

Mamangan

13225

2112

832

Samarqand

14865

2076

1634

('o`rxondaryo

11457

1776

1897

Sirdaryo

6074

1309

530

Goshkent

18210

2943

1011

Fargona

19162

2899

1477

Xorazm

11781

1823

840

Toshkyontsh.

I 36136 I 6833 |

4183 ~



Amalga oshirilgan taxdil natijalari shuni ko`rsatmokdaki, jahon 1 moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va nususiy tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, iqtisodiy o`sishni ti`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil etish, aholi daromadlari va fprovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqtsa.




1.7. O`zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlari

O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqgisodiyotini barpo tginshing asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tidbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni ymilga oshirish uchun iqgisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchui yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini gashkil etish va uni kafolatlovchi xuquqiy-me`yoriy xujjatlar, tidbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.


Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bulmagan holda, ya`ni katga kapital mablag’larsiz o`zlari.ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`kotishlari mumkin. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormokda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g’risida», «Mulk to`g’risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
Kichik korxonalar fan-texnika taraqkiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqtsa. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta`minlovchi tizimning asbsiy bog’lovchilik sifatini namoyon etmoqtsa.
Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqtsa. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta`minlovchi tizimning asosiy boglovchilik sifatini namoyon etmoqtsa.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo`lgan mulqdorlar sinfi, ya`ni o`rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlarga bag’ishlangan Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida 2011 yilda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54 foizga etkazish vazifasi qo`yildi1.
2011 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo`nalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Birinchidan, mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to`sik va g’ovlarni bartaraf etish bo`yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
SHu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati muhitining qanday holatda ekani, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va bu faoliyatning amaldagi rivojlanish sur`atlari barcha darajadagi hokimliklar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanishi darkor.
Bosh prokuratura kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvni iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha davlat siyosatiga qarshi qaratilgan harakat sifatida ko`rib chiqish va xuquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik normalarini qo`llashni amalga oshirishi lozim.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish vazifasini amalga oshirishi zarur.
Eskirgan, sun`iy ravishda o`ylab chiqarilgan va ko`pincha hech kimga keragi bo`lmagan cheklov va taqiqlarni bartaraf etish, davdat va nazorat organlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining moliya-xo`jalik faoliyatiga aralashuvini yanada keskin kamaytirish darkor.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikyushg kreditlar, xomashyo resurslari, shuningdek, davlat xaridlari tazimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur.
2011 yilda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan maxsus kvotalar ajratish orqali kichik biznesning davlat xaridlari tizimidan (|)oydalanishini kengaytirish borasida alohida mexanizmni ishlab chiqish va amalda qo`llash, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chikarilayotgan mahsulotlarni xarid qilish, ko`rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish bo`yicha ochiq elektron tizimni bosqichma-bosqich joriy etish ko`zda tutshshoqtsa.
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko`lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirishi lozim. 2011 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning ushbu sektoriga ajratiladigan kreditlar hijmini kamida 1,3 barobar ko`paytirish darkor.
O`zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan hamkorlikda Investitsiya loyihalari bo`yicha loyiha hujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish jamg’armasini tashkil qilipga zarur. Bu esa kichik biznes eub`ektlarining biznes rejalarini tayyorlash sarf-xarajatlarini kamaytirish, ularning sifatini oshirish va kreditlar berish muddatlarini qisqartirish imkonini yaratadi.
To`rtinchidan, biz kichik biznesning eksport saloxlyatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizm va nshroitlarni tugdirib berishimiz kerak.
Kichik korxonalar uchun tashqi savdo operatsiyalarini rosmiylashtirishdagi ortiqcha ichki protseduralarni bartaraf etish, kichik bichnes soxdsi mahsulotlarini eksport qilish borasida qo`shimcha preferentsiyalar berish zarur.
Ma`lumki, har qanday kichik korxona ham o`z mahsulotlari bilan tashqi Gyueorga mustaqil ravishda chiqa olmaydi. CHunki buning uchun katga sarf-
xarajatlar kerak bo`ladi, xorijiy mamlakatlar bozorining holati va qonunchiligining o`ziga xos xususiyatlari haqida etarlicha axborot va bilimlarga ega bo`lish talab etiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo vazirligi "O`zstandart" agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kichik biznes korxonalariga tashqi bozorlarda o`z mahsulotlarini sotashga ko`maklashadigan, marketing o`tkazish, sertifikat va ruxsatnomalar olishni ta`minlaydigan mexanizmni yaratish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishi darkor.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek: "Aholi bandligini ta`minlash va yangi ish o`rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2011 yil va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror rivojlantirishning aloxida ustuvor yo`nalishi va xech mubolag’asiz eng muxim shartidir"1.
2011'yilga mo`ljallab qabul qilingan va mamlakatimiz Parlamenti tomonidan ma`qullangan respublika dasturida 950 mingdan ortiq yangi ish o`rnini asosan qishloq joylarda yaratish ko`zda tutilgan.
Bu ish joylarining 600 mingdan ziyodini yoki 60,2 foizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratish mo`ljallanmokda. 73 mingdan ortiq ish o`rni transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish natijasida tashkil etiladi. Kasanachilikni, avvalo, mehnat shartnomalari bo`yicha korxonalar bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikni ta`minlashning muhim yo`nalishi bo`lib qoladi va bu qariyb 220 ming kishini (23,2 %) ish bilan ta`minlash imkonini beradi.
Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda. Bunga asosan xuquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror kulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotida ahamiyati tobora oshib borayotgan kichik biznes sub`ektlari xo`jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik, tashabbuskorlik va mulkiy javobgarlik tamoyillariga tayanib, mulkchilikning turli shakllari teng xuquqlilik va sog’lom raqobat asosida rivojlanib borishiga asoslanadi. O`z mulkiga, etishtirgan mahsulotiga sohiblik hissiga, ixtiyoridagi mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni mustakil tasarruf etishiga ko`ra, bozor ikgasodiyoti tamoyillariga to`la mos tushadi. Uning mamlakatda bandlik muammosini hal etish, mo`l-ko`lchilikni ta`minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdagi imkoniyatlari esa juda katta. SHularni inobatga olib, O`zbekistonda bu sohaning rivojlanishiga aloxlda e`tibor berilmoqda. Fikrimizcha, bunda kichik tadbirkorlikning quyidagi o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chikilmoqda:
- bozordagi talabga tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab
chiqarish qobiliyati;

  • nisbatan qisqa mudtsatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovar va
    xizmatlarga bo`lgan talabni qondira olishi;

  • dastlabki sarmoyasi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;

  • tez orada yangi ishchi o`rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini
    qal etishga ko`maklashish imkoniyati;

  • tegishli vazifalarni amalga oshirishda biznes egasi (tadbirkor)ning
    bevosita ishtiroki.

Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilindi; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo`linmalari •yumonidan xizmat ko`rsatishning samarali tizimi yaratilmokda; kichik tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmovda; tadbirkorlarni Davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishning sngillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi; birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslarni erkin sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi; mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini majburiy standartlashtirish va sertifikatlash jarayoni soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish va soddalashtirish choralari ko`rildi; statistika va soliq hisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati chrkinlashtirildi; ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari mimlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi ni oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda ((sholiyat yuritmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi, hatgo, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bogliq, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta shshyuvchilar va hokazolardir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyulda qabul qilingan "Ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ko`shimcha chora - tadbirlar to`grisida" gi PF-4232- son Farmoni "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi doirasida
belgilangan tadbirlarni, ya’ni kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, o`z navbatida ularni ish bilan ta’minlagan kichik biznes sub’ektlarini rag’batlantirishni ko`zda tutadi.
Mazkur Farmonga ko`ra knchik tadbirkorlik sub`ektlari uchun imtiyoz va qulayliklardan foydalanish ko`lami kengaydi. YA`ni mikrofirmalar va kichik korxonalar kasb-xunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, o`z navbatida ularni ish bilan ta`minlagan taqdirda, konunchilikda belgilangan imtiyoz va engalliklarni saqlab qolgan holda, o`z xodimlari sonini belgilangan chegaraviy miqdordan 20 foizga oshirish imkoniyatiga ega
bo`ldilar.
Tadbirkorlik sub`ektlari turlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi "Kichik tadbirkorlik (biznes) sub`ektlariga tegishli bo`lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash to`g’risida"gi 1439-sonli qarori bilan belgilangan edi. Ushbu qarorga ko`ra mikrofirmalar mulkchilik shaklidan qa`ti nazar, ishlab chiqarish sohasida yiliga o`rta hisobda 20 nafargacha, xizmat ko`rsatish sohasida 10 nafargacha, savdo sahosida 5 nafargacha, kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qa`ti nazar, ishlab chiqarish sohasida yiliga o`rta hisobda faoliyat yo`nalishiga ko`ra 50-100 kishigacha, savdo va xizmat ko`rsatish sohalarida 20-25 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo`lgan yuridik shaxslar tushuniladi. Mazkur qaror kichik korxonalarni aniqlash mezoni sifatida xalqaro amaliyotda keng qo`llanilayotgan ro`yxatdagi xodimlar soni ko`rsatkichini yagona va belgilovchi mezon sifatida ajratib berdi. Biroq, ushbu mezon fan va texnikaning yuksak taraqqiyoti sharoitida korxonaning haqiqiy ko`lami haqida aniq va to`gri ma`lumot bera olmasligi mumkin.
Raqamlarga murojaat kiladigan bo`lsak, 2010 yilning 1 iyul’ holatiga respublika bo`yicha 425,5 mingta kichik biznes sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. Farmon bilan kiritilgan tartib asosida kelgusida mikrofirma va kichik korxonalar hamda ularda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar soni o`sib, o`z navbatida, soliq imtiyozlaridan foydalanuvchilarning ham oshishiga olib keladi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmonning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatiga e’tibor qaratadigan bo`lsak, eng asosiysi, ta`lim muassasalari, ya`ni kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini bevosita o`z tanlagan kasblari bo`yicha ish o`rinlari bilan ta`minlash hisobiga yoshlarni ish bilan bandligi va aholining bandlik darajasi ta`minlanadi.
Ikkinchidan, ta`lim muassasalari tomonidan kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimi takomillashadi, ularni tadbirkorlik sub`ektlari bilan shartnomaviy munosabatlari mustaxhamlanib, amaliy tajribaga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash salohiyati kengaadi.
Uchinchidan, mikrofirmalar va kichik korxonalar bilim hamda malakaga ega bo`lgan yosh kadrlar bilan ta`minlanib, qo`shimcha ish o`rinlari tashkil etiladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish hajmlari
oshadi, kichik biznesni mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi ulushi ortadi.
SHuningdek, mazkur farmon bilan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yaratilgan imkoniyatlar tufayli ularning mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushumlari oshishi hisobiga soliqqa tortiladigan baza yanada kengayadi. Bu esa, o`z navbatida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalariga tushadigan soliklar va boshqa majburiy to`lovlar hajmi ko`payishiga olib keladi.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadi hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. CHunki kichik korxonalar o`z faoliyatini tor ishlab chiqarish dasturlari, ilg’or texnologiya, kam gurkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga tezda moslaydi hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradi.
Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin:

  1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

  1. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik
    korxonalar.

  1. Ijara korxonalari.

  2. Kichik ko`shma korxonalar.

Kichik biznes korxonalari faoliyatining taxlili ular qishloq xo`jaligi sohasida, ayniqsa jadal rivojlanayotganligini ko`rsatadi. 2009 yilda ular soni 100 mingdan oshib ketdi. Qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqaruvchilarning isosiy hissasini fermer xo`jaliklari tashkil etadi, ularning soni 2000 yilga nisbatan 4 barobar oshdi. Bugungi kunda mamlakatimiz fermrrlik ' xUjaliklarida 1 milliondan ziyod kishi band bo`lib, 2010 yilgi paxta xomashyosining 99,4 foizi, g’allaning 81,5 foizdan ortig’i fermer xo`jaliklari tomonidan etishtirildi.
Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan or'1'ishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sogliqni saqlash va boshqa noishlab chiqarish tarmokdarida ham kuzatilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qpm asta-sekin rivojlanmokda. Uningumumiy eksport hajmidagi ulushi 2010 Ynlda 13,6 foizni tashkil etdi. Kichik biznes korxonalarining asosiy chshyurti qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda xalq amaliy san`ati buyumlaridir.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shugullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil 'ggilmoqda. SHu bilan kichik korxonalarning iqgisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ortib bormoqtsa. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iktisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni
ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;

  • bozor uchun zarur raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o`zgarib
    turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib
    olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

  • iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga
    qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib
    sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.

Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitaliyuyug kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi imkoniyatlarini yaratadi:

  • izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish, ularni talabyyng tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

  • tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish;

- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablari hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib borish;

  • ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;

  • boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, kurilish va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;

xomashyo va mexlat resurslari, ishlab chiqarish chikrndilaridan to`liqroq va samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. SHuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o`rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes fan-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg’or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o`tish sharoitada o`z o`rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalari, yangi g’oyalar va ishlab chikarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta`minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. YAngi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katga turkumdagi ishlab chiqarishga nisbatan ishni tezroq yo`lga ko`yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqgisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta`minlash, tovar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
katta o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o`ziga xoslik sharoitlarida Uzbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • erkin mehnat resurslari, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo`lishi natijasida ishlab chiqarishda bo`shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko`proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi;

  • aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma`naviy va kasb darajasini ko`tarish;

  • aholining sust harakatchanligani hisobga olgan holda sanoat ishlab •shqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish xamda aholining xalq iste`moli mollariga ehtiyojlarini to`laroq qondirish;

-milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek kichik va o`rta shaharlar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko`rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g’oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish.
Iqtisodiyotni rivojlantarishda kichik biznes va xususiy gndbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to`g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun zarur sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamgarmalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalar, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iktisodiyotning aloxida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim.
O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tichimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xichmat ko`rsatadigan banklar, fonldar, investiiyalar va sug’urta tashkilotlari fyaoliyatlarini rag’batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mimlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor dnplat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq xududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi qarz verishdagi asosiy shartlar hisoblaiadi.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko`rib bo`lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta`sir ko`rsatadi, kon`yunkturaning keskin o`zgarib ketishi, mijozlarning to`lovga qodir bo`lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni ting ahvolga tushirib qo`adi. SHu sababli rivojlangan mamlakatlarda eugurtalar tizimi yaxshi yo`lga qo`yilgan. Mamlakatimizda ham sug’urtalar byarpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (yayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kyafolitlashi, shaxsiy yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish bshshshpsh tadbirkorlarga ipGonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o`tkazilayotgan tsgisodiy islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa iktisodiy raqobatning rivojlanishi, iste`mol bozorini tovar va xizmat turlari bilan to`ldirish, shuningdek xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda respublikada kuyidagi
masalalarni hal etish lozim:
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste`molchilik psixologiyasini bartaraf etish, axolida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uygotish;
- qishloq xo`jaligadagi iqgasodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dexdon va fermer xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, xududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo`li bilan vakgincha ishsiz yurgan kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash;

  • mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to`laroq qondirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni barpo etish;

- ko`rsatiladigan xizmatlar turi va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash;
- korxonalarni boshqarish samaradorligani oshirish, ularning iqgisodiy jihatdan mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko`ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste`mol bozorini tovar bilan to`ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy etish.
Ma`lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. SHu bilan bir qatorda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo`nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlik, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy-iqgisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi
masalalarni qal etish lozim:
- bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- xududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo`llab-kuvvatlash;
- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlash;
- islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol’ o`ynaydi. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. So`rov o`tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirish, 52,5 foiz soliq va 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to`g’risida fikr bildirganlar. SHuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to`siq bo`layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 198,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin