2 - MAVZU. Konsultatsiya bosqichlari, konsultativ taʼsir yetish texnologiyasi
REJA
1.Konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari va suhbatni boshlash.
2.Korreksion taʼsir va korreksion effekt.
3.Konsultatsiyani o‘tkazishning besh kadamli modeli.
4.Konsultatsiya o‘tkazish mikrotexnikalari.
Tayanch tushunchalar: Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi, psixologik tafovut, verbal signal, noverbal signal, plastiklik, sezgirlik, mijoz ustanovkasi
1.Konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari va suhbatni boshlash.
Konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari
Aytish joizki, birorta ham nazariy yo‘nalish va psixologik konsultatsiya maktablari konsultant va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro xatti- harakatlarning jami imkoniyatlari vaziyatini ochib bera olmaydi.
Shunga ko‘ra, 1989 yillarda V.E.Gilland va uning xodimlari tomonidan taklif etilgan konsultativ jarayonni tashkil etishning umumiy bo‘lgan tanlangan modelini ko‘rib chiqamiz.
Bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq, psixologik konsultatsiya va psixoterapiyaning turli yo‘nalishlarini universal jihatlarini o‘zida aks ettirgan olti bosqichli model tizimidir.
Muammoni qidirish bosqichlari:
1. Muammoni qidirish bosqichi. Bu bosqichda konsultant mijoz bilan aloqa o‘rnatadi, o‘zaro maqbul ishonchga erishadi, jumladan:
- o‘z muammolari xususida kuyunib gapirayotgan mijozni qunt bilan tinglashi;
- mijoz bilan chin yurakdan, samimiy suhbatlashishi;
- tashvishli holatiga nisbatan empatiya (qayg‘urish) sini bildirishi;
- uning holatini baholashda epchillik va ayyorlik qilish yo‘lidan foydalanishga urinmaslik.
Mijozning muammolariga xos noverbal xatti-harakatlari, fikrlarining mohiyatini chuqurroq nazar solgan holda, his-tuyg‘ularini qayd etib borishi.
2. Muammolarni aniqlashning ikki qutbliligi bosqichi.
Konsultant psixolog bu bosqichda mijozning muammosini aniq tavsiflashi, uning emotsional va kognitiv jihatlarini ajratishga intilishi kerak.
Muammoni aniqlash, mijoz va konsultant psixologning muammo to‘g‘risidagi yakdil xulosaga kelgunlariga qadar davom ettirishi.
Muammo aniq tushunchalar bilan belgilanadi, chunki bu vaqtda muammoni keltirib chiqargan sabablar, ularning oqibatlari va xatto muammoni hal qilish yo‘llari oydinlashadi.
Baʼzan muammoni oydinlashtirishda qiyinchiliklar tug‘ilsa, yana muammoni qaytadan aniqlashtirishga kirishish zarur bo‘ladi.
3. Alternativ identifikatsiya (aynan o‘xshatish, tenglashtirish, birday qilish) bosqichi.
Ushbu bosqichda muammoning alternativ yechimi imkoniyatlari ochiq muhokama qilinadi, konsultant mijozga muammoni hal qilishning aniq va ravshan yo‘llarini qanday ko‘rayotganligini, buning uchun nimalarga eʼtibor qaratish mumkinligi, muammoni hal qilishning turfa yo‘llarini ochiq savollar berish yo‘li bilan oydinlashtiradi.
Yana qo‘shimcha alternativ usullar xususida fikrlashadi, ammo aslo o‘zining qarorini unga singdirishga haqli emas.
Suhbatni tashkil etish chog‘ida muammodan chiqish mumkin bo‘lgan variantlarning ro‘yxatini yozish, ularni tushunish va uni bevosita amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirga holda tuzilgani maʼqul.
4. Rejalashtirish bosqichi.
Bu bosqichda muammoni hal qilishning alternativ tanlovlari tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.
Konsultant mijozga qaysi alternativ tanlov mos kelishini ajratishi va qaysi bir tanlovning imkoniyatlari kengligi xususida o‘zining avvalgi tajribalariga asoslangan holda muayyan o‘zgarishlarga erishish mumkinligini taʼkidlaydi.
Muammoning real yechimi rejasini tuzish ham mijozga o‘z muammosini anglashni aniqlashtirib, barcha muammodan birdaniga qutilish oson emasligini tushunishiga imkon beradi.
Hayotida yo‘l qo‘ygan ayrim muammolarning yechimini asta-sekin, undagi destruktiv jihatlarni kamaytirib borish hisobiga amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Muammoning yechimi rejasida qaysi vosita va usullardan foydalanish (rolli o‘yinlar, xatti-harakatlar «repetitsiyasi” va boshqalar)ni hamkorlikda ko‘rib chiqadi.
5. Faoliyat bosqichi.
Bu bosqichda muammo yechimi rejasini amalga oshirishning ketma-ketligi ro‘y beradi.
Konsultant mijozga o‘z faoliyatining sharoiti, sarf-xarajati, vaqt, shuningdek, maqsadga erishishdagi muvaffaqiyatsizlikni tushunish zururatini uqtiradi.
Konsultant mijozga qisman muvaffaqiyat (omad) sizlik hali fojia emasligini uqtirishi va o‘z maqsadiga erishish yo‘lida muammolarni hal etish rejasini amalga oshirishning barcha xatti-harakatlarini anglashiga yordam berishi.
6. Baholash va qayta aloqa bosqichi.
Ushbu bosqichda mijoz konsultant bilan hamkorlikda maqsadga erishish (muammoni hal etish) darajasini va qo‘lga kiritilgan natijalarni baholaydi.
Zarurat bo‘lsa, rejani amalga oshirish yo‘llarini yana bir bor ko‘rib chiqadi.
Yangi yoki yashirin qolgan muammolar paydo bo‘lsa, avvalgi bosqichga yana bir bor qaytish va muhokama qilish kerak bo‘ladi.
2.Korreksion taʼsir va korreksion effekt.
Konsultatsiyaning boshlanishi
1.Ixtiyoringizda bo‘lgan bo‘sh vaqtni va maslahat vaqtini belgilash
2.O‘zingizning eʼtiborliligingizni bildirish uchun og‘zaki bo‘lmagan vositalardan foydalaning
3.Mijozga yordam so‘rash sabablari haqida hikoya boshlashga yordam berish uchun ochiq savollar va dalda berishdan foydalaning
4.Kuzatishlaringizni va mijozga reaksiyalaringizni nazorat qilib boring
5.Faol tinglashdan foydalaning: takrorlash, parafrazlash (maʼnosini boshqa so‘zlar bilan aytib berish) va tushuntirish
6.Suhbatni nazorat qilish va tuzishning tegishli darajasini aniqlang
7.Mijozning shikoyatlarini umumlashtiring va asosiy muammoni aniqlang
Konsultativ aloqa
Konsultativ aloqa psixologik maslahatning markaziy tushunchasidir.
R. Kochiunas konsultativ kontaktning taʼrifi xilma-xil ekanligini yozadi, lekin ayni paytda ikkita eng maqbul umumlashtirilgan taʼrifni aniqlaydi:
a) konsultativ aloqa-bu noyob dinamik jarayon bo‘lib, unda bir kishi boshqasiga shaxsiy potensialni ro‘yobga chiqarish va professional (tayinlangan) vazifani hal qilishda o‘z ichki resurslaridan foydalanib yordam beradi;
b) konsultativ aloqa-bu konsultatsiya ishtirokchilarining bir-biriga nisbatan boshdan kechiradigan his-tuyg‘ulari va munosabatlari va ularning ifoda etilishidir.
Konsultativ aloqaning xususiyatlari
Konsultativ aloqaning xususiyatlari hissiylikdir (konsultativ aloqa kognitiv emas, balki hissiy, bu mijozlarning boshidan kechirganlarini o‘rganishni nazarda tutadi);
-intensivlik - (jadal, tez, kuchaytirilgan) (chunki aloqa samimiy munosabat va o‘zaro boshidan kechirganlarini almashishni anglatadi, ammo u kuchli bo‘lishi mumkin emas);
-dinamizm - (o‘zgarish surati) (mijoz o‘zgarganda, kontaktning o‘ziga xos xususiyatlari ham o‘zgaradi);
-maxfiylik (maslahatchi majburiyati mijoz haqida maʼlumot tarqatish emas ishonchini oqlash);
-qo‘llab-quvvatlash (maslahatchining doimiy qo‘llab-quvvatlashi kontaktning barqarorligini taʼminlaydi, mijozga tavakkal qilish va o‘zini yangicha tutishga harakat qilish imkonini beradi);
-vijdonlilik.
Takroriy so‘rov
Takroriy so‘rov asosiyga qo‘shimcha bo‘lib, ish bo‘yicha yetishmayotgan maʼlumotlarni olish uchun o‘tkaziladi.
Bu suhbatdan so‘ng so‘rovning yozuvlarini, mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishda yoki mijozlarning so‘rovlarga javob olishlari natijasida aniqlangan asosiy so‘rov natijalari asosida murakkab muammolar paydo bo‘lgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Agar biz yangi faktlar va maʼlumotlarni to‘plash haqida gapiradigan bo‘lsak, unda bunday so‘rov odatda qo‘shimcha deb nomlanadi.
Qayta so‘rov natijasida turli xil maʼlumot manbalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli xabar qilingan maʼlumotlarni aniqlashtirish va uni kengaytirish zarurati bo‘lishi mumkin.
Psixologik maslahatda dastlabki suhbatning maqsadlari va vazifalari
Adabiyotlarda dastlabki suhbatning maqsadlari va vazifalari to‘g‘risida juda xilma-xil fikrlar mavjud.
Masalan, Vollberg (1977) dastlabki psixoterapevtik suhbatning quyidagi maqsadlarini belgilaydi:
1) mijoz bilan aloqani o‘rnatish;
2) tegishli maʼlumotlarni olish, xususan:
a) klinik tashxis qo‘yish,
b) bemorning kuchli va zaif tomonlarini baholash,
v) etiologiya (kasallikning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitini o‘rganadi) ni aniqlash,
d) dinamikani baholash (masalan, ichki nizolar, himoya mexanizmlari);
3) axborot berish;
4) bemorga tushunib his qilish imkoniyatini yaratish va umid berish;
5) bemorga muolajani olib ko‘rish imkoniyatini berish;
6) bemorni davolanishga undash;
7) bemor bilan qo‘shimcha diagnostik baholash bo‘yicha kelishuvga erishish;
8) bemorlarni davolanish usullarini tanlash;
9) bemor uchun terapiyani tanlash;
10) terapiya bilan bog‘liq amaliy kelishuvlarga erishish.
Vriyend va Der (1977) dastlabki konsultatsiya vazifalarining eng muhim tarkibiy qismlari:
1) suhbatning boshlanishi;
2) yordam so‘rash sababini baholash;
3) mijoz konsultatsiyadan baholashni kutishi;
4)oldingi konsultatsiyada baholanganligi;
5) maslahatni aniqlash;
6) maxfiylik to‘g‘risidagi xabar;
7) maslahat uchun mazmunli tarkibni qidirish;
8) mijozning ishlash qobiliyatini baholash;
9) hissiyotlarni nomlash;
10) maslahat tuzilishini o‘rnatish;
11) mijozni maslahatga jalb qilish;
12) maqsadlarni belgilash ustida ishlash;
13) umumlashtirish, ko‘rib chiqish va baholash;
14) psixologik uy vazifasidan foydalanish;
15) suhbatni yakunlash.
Rudolph (2004) dastlabki intervyu vazifalari
Rudolph (2004) qisqa muddatli dinamik terapiya va maslahat bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish natijasida turli mualliflar dastlabki intervyu uchun aniqlaydigan 173 ta vazifani aniqladilar.
Keyinchalik ushbu terapevtik vazifalar u tomonidan 6 ta terapevtik klasterga yoki umumiy maqsadlarga birlashtirildi, yaʼni:
1) intervyu jarayonini tuzish va taʼminlash;
2) mijozning dastlabki ishtiroki va muammolarni oshkor qilish;
3) mijozning tadqiqotlari va hissiy ifodasini chuqur o‘rganish;
4) mijoz haqida to‘plangan materialini aks ettirish va talqin qilish;
5) fokus (lot. focus — o‘choq, olov) ni aniqlashtirish va tekshirish;
6) terapevtik ittifoq, kelishuv tuzish.
Rudolfning so‘zlariga ko‘ra, ushbu klasterlarning har biri dastlabki suhbatning terapevtik hodisasini anglatadi.
Psixologik konsultatsiyani joriy etishdagi umumiy masalalar
1. Konsultatsiyani o‘tkazish uchun bino tanlash va joyni jihozlash kerak. Xonadagi barcha jihozlar faqat va faqat mijoz hamda psixolog-konsultant uchun qulay bo‘lishi shart (stol, stul, kreslo, jurnal stoli va h.).
Stullardan konsultatsiya jarayoni cho‘zilmaydigan holatlarda, kreslodan esa aksincha uzoq vaqt talab qilinadigan holatlarda foydalaniladi.
Konsultatsiya jarayonida mijozning noverbal xatti-harakatlari diqqat bilan kuzatiladi.
Davomiyligiga ko‘ra, uzoq vaqt talab qilinadigan konsultatsiya jarayonida psixolog-konsultant o‘z mijozi bilan norasmiy tarzda ishlashiga to‘g‘ri kelgan vaqtlarda belgilanadi.
Iloji boricha, konsultatsiya jarayonida mebellardan tashqari audio va videotexnika bo‘lganligi maʼqul, chunki baʼzan konsultatsiya jarayoni kechishini qayta tahlil qilish va asosiy qarorga kelish zarurati tug‘iladi.
2. Konsultatsiya jarayoni kechishini qayd etish maqsadida uni qog‘oz, kompyuter va bir qator kerakli texnikalar bilan taʼminlash. Shuningdek, mijozlar bilan ishlash uchun psixologik testlarni tashkil etish maqsadida psixodiagnostik metodikalarni yaxshi o‘zlashtirigan bo‘lish kerak.
3. Konsultatsiya jarayonini tashkil etishda zaruriy hujjatlar va ularni qayd etish uchun jurnal, saqlash uchun esa seyf va h.k.
4. Konsultatsiya samaradorligini taʼminlash maqsadida minimum psixologik adabiyotlarga ega bo‘lish.
Shuningdek, psixologiyaga oid ilmiy-ommapob risolalar ham bo‘lishi kerak.
Psixologik konsultatsiyaning maxsus masalalari
• Psixolog - konsultant bilan ilk uchrashuvning rasmiylashtirilishi.
• Mijozdan olingan maʼlumotlarning konfidensialligi.
• Psixologik konsultatsiyani joriy etish uchun zaruriy materiallar va jihozlarni tayyorlash.
• Konsultatsiya vaqtida kerak bo‘ladigan mijoz to‘g‘risidagi qo‘shimcha materiallarning mavjudligi.
• Mijozning individual xususiyatlarini va uni qiyin vaziyatga solgan muammoga oid konsultatsiyani o‘tkazish rejasi.
Korreksion taʼsir va effekt
Guruhiy psixokorreksion davolash individual psixologik davolashdan farq qiladi, chunki guruhda psixokorreksion effektga odamlarning o‘zaro harakat va o‘zaro taʼsiri va kerakli psixokorreksion natijaga erishish uchun guruhning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlaridan faol foydalanish orqali erishiladi.
Guruhiy korreksion effekt odatda mijozlarning shaxslararo xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni (ishonchning yetishmasligi, muloqot qobiliyatining pastligi, odamlarni ishontirish va taʼsir o‘tkaza olmaslik) tuzatishda kuchliroq bo‘ladi.
Individual va guruhiy psixologik tuzatishlar kuchli va kuchsiz tomonlarga ega.
Shaxsiy psixokorreksiyaning afzalligi shundaki, u mijozning kamchiliklarini aniqlash va tuzatishda maxfiylikni taʼminlaydi va natijada guruh terapiyasidan ko‘ra aniqroq bo‘ladi.
Korreksion effekt. Bu yerda psixologning diqqat - eʼtibori bir kishiga qaratilgan.
Individual psixologik korreksiya qulaydir, chunki u mijozning xususiyatlarini yaxshiroq ochib berishga va o‘zingizni ochiq ifoda etish va boshqa odamlar oldida o‘zini tutish kerak bo‘lganda muqarrar ravishda paydo bo‘ladigan va yengib o‘tish qiyin bo‘lgan psixologik to‘siqlarni olib tashlashga imkon beradi.
Ammo psixokorreksiyaning bu turi guruh ishini talab darajasida shaxslararo muammolarni hal qilishda samarasizdir.
Suhbatni tugatish bosqichlari
1. Suhbatni sarhisob qilish (qabul paytida sodir bo‘lgan barcha narsalarning qisqacha mazmuni). Buning afzalligi shundaki, suhbat oxirida takrorlangan fikrlar yaxshiroq eslab qolinadi.
•2. Mijozning maslahatchi yoki boshqa zarur mutaxassislar bilan keyingi munosabatlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish. Boshqa mutaxassislarning manzili (masalan, narkolog) va qabul vaqti beriladi.
Keyingi uchrashuvlarda qanday vazifalar hal qilinishi va buning uchun qancha aniq uchrashuvlar kerak bo‘lishi mumkinligi shakllantirilgan.
Bu masalani noaniq qoldirgandan ko‘ra, keyingi uchrashuvni oldindan tashkil qilishga kelishish.
Qabul qilish joyi va vaqti doimiy bo‘lishi, agar vaziyatda taqoza etsa yoki psixolog-maslahatchi yaqin kelajakda biron joyga ketishga majbur bo‘lsa mijozni boshqa maslahatchiga yo‘naltirish mumkin.
Mijoz uchun uy vazifasi masalasi muhokama qilinadi.
3. Maslahatchi mijoz bilan xayrlashadi. Mijozni hech bo‘lmaganda eshikkacha kuzatib borish kerak, xayrlashayotganda unga bir nechta iliq so‘zlarni ayting.
Mijozga bir necha marta ismi bilan murojot qilish tavsiya etiladi.
Birinchi mijoz chiqib ketmaguncha ikkinchi mijoz konsultant qabuliga kirmasligi kerak. Bu ishonchli munosabatlarga putr yetkazishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni uzoqlashtirishi mumkin.
Maslahatchi o‘z vakolatining mumkin bo‘lgan cheklovlarini tan olishga tayyor bo‘lishi kerak, keraksiz nizolarga aralashmasligi va ulapni mijozni boshqa maslahatchiga yo‘naltirish hal qilmasligi lozim
3.Konsultatsiyani o‘tkazishning besh kadamli modeli.
1-qadam. Mijoz bilan aloqa o‘rnatish.
Konsultasiyani strukturalash.
Ushbu bosqichning vazifasi mijoz bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, mijoz va maslahatchi o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro munosabatlar haqiqiy bo‘lishi uchun unga qulay muhit yaratishdir.
Ushbu bosqichda maslahatchi mijoz bilan bir nechta muhim masalalar bo‘yicha kelishishi lozim.
2-qadam. Muammo haqida maʼlumot to‘plash
Bu yerda maslahatchi quyidagi vazifalarni belgilashi va hal qilishga harakat qilishi kerak (mijoz muammosining mohiyatidan qatʼi nazar, bu vazifalar universaldir):
- uning taqdimotida mijozning muammolarini tinglang;
- mavjud kasbiy vaziyatda mijozning pozitsiyasi, xatti-harakati, munosabatidagi asosiy ziddiyatlarni (qarama-qarshiliklarni) aniqlash;
- mijoz uchun eng tipik bo‘lgan tanish va xarakterli fikrlash va xulq-atvor usullarini aniqlash;
- muammoning barcha ijobiy tomonlarini, vaziyatni, mijozning pozitsiyasini va uning shaxsiyatining kuchli tomonlarini aniqlash;
- professional diagnostikani amalga oshirish.
3-qadam. Istalgan natijani shakllantirish. Muammoning aniq taʼrifi paydo bo‘lganda, uni darhol hal qilish vasvasasi kuchayadi.
4-qadam. Muqobil yechimlarni ishlab chiqish. Ushbu bosqichda mavjud muammoning turli xil yechimlari tayyorlanadi va ishlab chiqiladi.
Bu professional maslahat eng uzun bosqichi hisoblanadi.
Baʼzan professional maslahatchi muammoni birdaniga hal qilishga intilmasligi kerak, shuning uchun mijozga qulay yechim to‘g‘risida asossiz taxminlarni keltirib chiqarmaslik kerak.
5-qadam. Umumlashtirish. Bu munozaradan harakatga o‘tish bosqichidir. Umumlashtirish nafaqat maslahat natijalarini sarhisob qilish, balki amalga oshirilgan birgalikdagi ishlarning samaradorligi mezonidir, bundan tashqari, bu mijozning keyingi xatti-harakatlariga taʼsir qilish imkoniyatidir.
Umumlashtirish, mijozning keyingi harakatlari rejasini, dasturini o‘z ichiga olishi kerak.
4.Konsultatsiya o‘tkazish mikrotexnikalari.
Diqqat (tinglash) va taʼsir etishning asosiy mikrotexnikasi
1. Vizual aloqa. Mijozni tinglash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vizual aloqani saqlab qolish tavsiya etiladi. Gaplashayotganda vizual (ko‘z orqali) aloqa kamroq bo‘lishi kerak.
2. Imo-ishora tili. Konsultantning turish holati mijozga qiziqish bildirayotganini anglatishi. Tana biroz oldinga egilib, mijozga qaragan bo‘lishi. Qo‘l siqishi yaxshi niyatda ekanligini bildirishi.
3. Ovoz ohangi. Ovoz ohangini biroz hissiyot bilan o‘zgartirish afzalroqdir. Nutqning o‘rtacha tezligi. Psixolog ohang nimani anglatishini kuzatishi kerak: qalbning iliqligi yoki sovuqligi, qiziqish yoki zerikish, g‘amxo‘rlik yoki g‘amxo‘rlikning yetishmasligi.
4. Jismoniy masofa. Suhbat paytida odamlar orasidagi masofa qancha - qo‘lning uzunligichami yoki undan ko‘proqmi.
5. Vaqt. Vaqtning yuqori darajada tuzilganligi. Uchrashuvlarning aniq vaqtiga rioya qiling.
6. Verbal ergashish. Mijozning aytganlarini diqqat bilan tinglash. Mijoz gapirayotganda suhbatni to‘xtatish yoki yo‘nalishini o‘zgartirishdan saqlaning.
Diqqatli xulq-atvor maslahatning markaziy jihati hisoblanadi. U 4 ta holatni o‘z ichiga oladi:
-ko‘z bilan (vizual) aloqa qilish;
- talab qilinadigan imo-ishora tili;
-ovoz ohangi;
-mijozning hikoyasini verbal kuzatish.
Selektiv (tanlangan) diqqat: Psixolog mijoz nutqining ayrim qismlariga tanlab eʼtibor beradi yoki tanlab eʼtibor bermaydi.
Ko‘pincha, mijoz o‘z hikoyalarida bir mavzudan ikkinchisiga o‘tishida, nima muhimroq va nima muhim emasligini aniqlashida. Uning qarashlariga qarab siz alternativalardan birini tanlang.
Psixologik maslahatda taʼsir tushunchasi psixoterapiyaning tibbiy modelidan farq qiladi va quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
* psixologik maslahatda gipnoz taʼsir vositasi sifatida qo‘llanilmaydi;
* taʼsir "shaxsiyat — shaxsiyat" pozitsiyasidan kelib chiqadi va mijoz tomonidan manipulyasiya (uddabronlik bilan qilingan nayrang, qiliq, hiyla, nayrang) va maslahatchi terapevtning harakatlari passiv idrokini anglatmaydi;
* maslahat jarayonida psixolog-maslahatchi tomonidan qo‘llaniladigan taʼsir vositalarining maqsadi mijozni maslahat maydonida faol bo‘lishga undash, shuningdek, faol hayotiy pozitsiyani, o‘zi uchun javobgarlikni, xabardorlikni shakllantirishdir.
Psixologik maslahatda taʼsir qilish vositalari:
1.Maxsus tashkil etilgan suhbatga asoslangan verbal (og‘zaki) taʼsir vositalari:
- maxsus savollar;
- harakatlar uchun birgalikda ishlab chiqilgan aniq ko‘rsatmalar bilan uy vazifalari;
-mijozning qaror qabul qilishiga qaratilgan munozaralar;
- suhbatning yo‘nalishini o‘zgartirish yoki chuqurlashtirish, mijozning maʼlum mexanizmlar va faktlar to‘g‘risida xabardorligi bo‘lgan maxsus vazifalar va mashqlar;
2.Noverbal (og‘zaki bo‘lmagan) taʼsir vositasi, uning maqsadi, avvalambor, maslahat berish jarayonini taʼminlash va mijozdan taranglik, xavotirni olib tashlash va qulaylik va maslahat aloqasini shakllantirishdir;
Ushbu guruhga quyidagilar kiradi:
- suhbatni tashkil qilishning fazoviy-vaqtinchalik xususiyatlari;
- maslahatchining yuz ifodalari, imo-ishoralari, pozalari;
- maslahatchining ovozli xususiyatlari;
- empatiya konsultantning hissiy qabul qilish va empatiya ifodasi sifatida.
Qadriyatlarni baholash
Konsultant mijozlarning qadriyatlariga to‘liq eʼtibor qaratishi shart. Maslahatchi maslahat paytida axloqiy va qadriyat jihatlari bo‘yicha maʼlum bir pozitsiyani egallamasligi kerak.
Maslahatchi mijozning qadriyatlariga taʼsir qilishdan qochishi kerak bo‘lgan sabablar:
* har bir insonning hayot falsafasi noyobdir va uni boshqalarga yuklash mumkin emas;
* hech bir maslahatchi to‘liq rivojlangan, yetarli hayot falsafasiga ega bo‘lishni daʼvo qila olmaydi;
* qadriyatlarni o‘rganish uchun eng munosib joylar maslahatchi idorasi emas, balki mahalla, oila, machit va maktabdir;
* shaxs bir kunda va uzoq vaqt davomida bitta manbadan foydalanib emas, balki ko‘plab hayotiy omillar taʼsiri ostida o‘zining axloqiy tizimini rivojlantiradi;·
* hech kim boshqa odamni o‘zi uchun eng mazmunli bo‘lgan noyob hayot falsafasini shakllantirishga to‘sqinlik qila olmaydi;
* mijoz boshqa odamning axloqiy tamoyillari va hayot falsafasini rad etish huquqiga ega.
Psixologik krizisni bartaraf etish taktikasi
Inqiroz bo‘yicha maslahat samaradorligi uchun quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
* hurmat, yaʼni mijozga oddiy odam sifatida qarash va uning muammosini so‘zsiz eʼtiborga loyiq deb qabul qilish;
* insoniylik, toza qalb egasi, haqqoniylik sifatiga ega bo‘lish;
* empatiya, yaʼni mijozni ishonchli tushunish va bu tushunchani qaytarish qobiliyati, mijozning pozitsiyasini his qilish qobiliyati;
* mijozni to‘g‘ri tinglash, bu o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- qo‘llab-quvvatlashni namoyish qilish, mijoz bilan aloqa o‘rnatish- qabul qilish va hurmat qilish orqali;
- tizimli, doimiy va maksimal tushunish;
- avtoritar – direktiv (yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma) nutq uslubidan qochish qobiliyati;
-o‘z-o‘zini o‘ylash va o‘jarlikdan voz kechish qobiliyati;
- to‘liq yoki qisman rad etishdan, hukmlardan voz kechish;
- gapirish, foydali savollar berish va javoblarni ko‘rsatish imkoniyatlarini taqdim etish;
- mijozning mustaqilligini taʼminlash.
Maslahatchini qo‘llab-quvvatlash
Shuni esda tutish kerakki, barcha yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lgan va qilgan qarolar (shu jumladan telefon maslahatchilari yoki boshqa yordamchilar) ish paytida vaziyatni murakkablashtiradigan hissiy reaksiyalarni boshdan kechirishlari mumkin (Mokxovikov, 2001):
a) vahima ("men hech qanday yordam bera olmayman"), buni yengib o‘tish kerak, chunki mijoz suhbatlashadigan va muammolarini ishonib topshiradigan odamni qidiradi;
b) qo‘rquv ("agar men biron bir narsada yordam bersam ham, u baribir buni qiladi?"), suhbatlashish yoki yoqimsiz his-tuyg‘ularni boshdan kechirishni istamasligini ko‘rsatib beradi;
s) frustratsiya (rejalarning barbod bo‘lishi), ("men istamagan yana bir uzoq suhbat") haddan tashqari yoqtirmagan ish qilish zarurati tufayli; biroq, tajriba shuni ko‘rsatadiki, vaziyatning oldini olishga yordam yetarlicha tez berilishi mumkin;
d) g‘azab ("nahotki bunday harakatda sust qaror qabul qiladigan darajada irodasiz bo‘lish mumkinmi?"), bu odamni osongina egallab oladi va maslahatchining nochorligini aks ettiradi; bu hissiyotni anglashda va erkinlik darajasini oshiradi va mijoz bilan yanada samarali ishlashga imkon beradi;
ye) xafagarchilik ("uning niyatlari jiddiy ko‘rinmaydi, ehtimol u meni ishlatadi"), bu ko‘pincha vaziyatni jiddiy qabul qilinmaganda yuzaga keladi va yoshlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi; bundan tashqari bu holat, inson hissiyotlarning ahamiyati va kuchini pasaytirishi tabiiydir.
f) ichki ziddiyat ("agar biror kishi biror narsani xohlasa, uni to‘xtatish huquqiga ega emas"), bu tanlov maslahatchi tomonidan amalga oshirilishi kerakligi sababli paydo bo‘ladi; ammo, mijoz tanlovga duch keladi, lekin maslahatchining tanlovi yo‘q.
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.Abramova G.S. Prakticheskaya psixologiya: Uchebnik dlya studentov vuzov. - 6-e izd., pererab. i dop. M.: Akademicheskiy proyekt, 2001.
2. Abramova G. S. Psixologicheskoye konsultirovaniye: teoriya i opыt. – M., 2000.
2 . Aleshina YU.E. Semeynoye i individualnoye psixologicheskoye konsultirovaniye. - M.: Red.-izd. sentr Konsorsiuma «Sotsialnoye zdorove Rossii”, 1993.
3 American Psychological Association. Ethical principles of Psychologists // American Psychologist, 1990. Vol. 45. P.
4 An Introduction to Consulting Psychology: Working With Individuals, Groups, and Organizations, by R. L. Lowman.
5 Bern E. Igrы, v kotorыe igrayut lyudi. Lyudi, kotorыe igrayut igrы. M., 1988.
6 Bondarenko A. F. Psixologicheskaya pomoщ: teoriya i praktika. – M., 2000.
Byudjental Dj. Iskusstvo psixoterapevta. SPb.: Piter, 2001.
9..Burnard, F. Trening navыkov konsultirovaniya / F. Burnard. SPb.: Piter, - 2002.
Dostları ilə paylaş: |