2-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: bolalar bilan ishlash


Tez-tez takrorlanadigan muammolarni tahlil qilish va shuning asosida bolalar bilan profilaktik va korreksion ishlarni olib borish



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə5/5
tarix28.04.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#103899
1   2   3   4   5
eXS9b4oKJpKxFq2ta54nKY9749R8U92uYbdOVFxu (2)

Tez-tez takrorlanadigan muammolarni tahlil qilish va shuning asosida bolalar bilan profilaktik va korreksion ishlarni olib borish
Maqolalar yozish, byulleten (varaqalar), devoriy gazetalar chiqarish, “Ishonch quti” hamda о‘qituvchilar va о‘quvchilar uchun turli mavzu yо‘nalishlari bо‘yicha bahs-munozaralar tashkil etishi, tо‘garaklar tashkil etib tadbirlar, psixologik-pedagogik konsilium (muammo, vaziyat, holatlarni о‘rganish va tegishli choralar ishlab chiqish jarayoni) lar о‘tkazish, darslarni psixologik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
Psixoprofilaktika doirasida psixolog faoliyatining vazifalari ta’lim tizimida amaliy psixologik xizmat sohasida juda aniq kо‘rinadi. Ular quyidagilardan iborat:
-bolalar, о‘smirlar va yoshlarni ta’lim muassasasi sharoitlariga moslashtirishga qaratilgan faoliyat, moslashuv davrida bolalarga yordam kо‘rsatish bо‘yicha pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar va boshqalar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
-ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan olib boriladigan ta’lim jarayoniga о‘quvchilarni moslashtirish hamda har tomonlama va sog‘lom shaxs taraqqiyotini ta’minlash uchun mо‘ljallangan, individual faoliyat dasturini yaratish;
-ta’lim tizimida yangi bosqichga о‘tishdagi (boshlang‘ich maktabdan notо‘liq о‘rtaga, notо‘liq о‘rtadan о‘rta ta’limga, о‘rta ta’limdan kasbiy faoliyatga va boshqalar) dezadaptatsiya holatlaini oldini olishga yordam beruvchi shart-sharoitlarni yaratish;
-ta’lim muassasasida ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan turli xildagi faoliyat turlarini olib borish;
-pedagogik jamoadagi psixologik zо‘riqishlarni oldini olish va bartaraf qilish bо‘yicha chora-tadbilarni amalga oshirish va boshqalar.
Ta’lim tizimidagi yuqorida qayd qilingan psixoprofilaktik faoliyat vazifalarini har xil ijtimoiy tizimlarda amaliy psixolog faoliyatiga tdbiq qilish mumkin. U holda mazkur vazifalarni umumiy kо‘rinishda quyidagicha ifodalash lozim:
-tashkilot xodimlarini ayniqsa, yangi va yosh mutaxassislarni ushbu muayyan tashkilot sharoitlaridagi kasbiy faoliyat shartlariga nisbatan moslashtirish bо‘yicha faoliyat;
-alohida xodimlar va turli toifalardagi xodimlar bilan ishlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish;
-ish joyi, lavozimi, kasb о‘zgarishida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan dezadaptatsiya holatlarini oldini olishga yordam beruvchi shart-sharoitlarni yaratish;
-muassasada ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan har xil faoliyat turlarini olib borish;
-xodimlarning psixologik zо‘riqishlarini oldini olish va bartaraf qilish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
Nazorat savollari:

  1. Psixologning bolalar bilan ishlashidagi asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat?

  2. O'quvchilar psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar qaysilar?

  3. O'quvchilar bilan olib boriladigan profilaktik ishlarning nechta darajasi bor?

  4. Tez-tez takrorlanadigan muammolarni tahlil qilish va shuning asosida bolalar bilan profilaktik va korreksion ishlarni olib borishning mazmuni nimada?

Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin