O‘quvchilar psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar Psixologik maslaxatga murojaat etuvchilar — bu odatda hayotga yetarlicha yaxshi moslashib olmagan va o‘z ishida unchalik band bo‘lmagan odamlar bo‘ladi, chunki psixologning to‘la, batafsil maslaxatini olish uchun vaqt talab etiladi. Psixolog-maslaxatchiga hayotda va ham m adan ham ko‘p yordam so‘rab murojaat etuvchilar orasida ko‘plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o‘zini jismoniy nosog‘lom deb o‘ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam kutishga majbur etadi. Psixolog-maslaxatchiga murojaat etuvchilar orasida u voki bu emotsional chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o ‘z navbatida ko‘plab ruhsizlik holati va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol yordam izlashni boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bo‘lishi bilan darhol sodir bo‘lmaydi, balki ularning hayotida eng og‘ir damlar boshlanganida murojaat etadilar. Odam nima qilishni bilmaganida, yoki o‘z muammosini mustaqil hal etish uchun uning imkoniyatlari qolmaganda psixolog maslaxatchiga yordam so‘rab keladi. Ruhiy holati yomon bo‘lganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar bilan qandaydir qo‘rqinchli holat sodir bo‘layotgandek, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkindek tuyulganda odam yordam so‘rab psixologga murojaat etishi mumkin. Odamlar psixolog-maslaxatchidan nimani kutishadi?
Nima uchun unga murojaat etishadi? Bu savollarga quyidagicha javob berish mumkin:
1. Ba’zi mijozlar o ‘z muammolarini umuman qanday hal etishni biladilar va psixolog-maslaxatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar.
2. Boshqalari muammoni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslaxat so‘rab boradilar.
3. O‘zlariga to‘la ishonmaydiganlar yoki o‘z muammolarini hal etish uchun mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va ularning faolliklarini kerakli tomonga yo‘naltirish kerak.
4. Bu ko‘pincha bir o‘zi yakka bo‘lgan odamlar — shunchaki kim bilandir yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bo‘lmaydi, lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj bo‘ladilar.
Psixologik maslaxat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki u bilan bahslashish istagi psixolog-maslaxatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi. Ba’zilar haqiqatan ham psixolog maslaxatchi nima ekanligini va u nima bilan shug‘ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular bekorchi ish bilan shug‘ullanadi, deb ishonadilar va psixolog-maslaxatchini noqulay holatga solib, uni bunga ishontirishga harakat qiladilar. Psixolog-maslaxatchining pozitsiyasi u barcha mijozlarni qabul qilishi, ular nima uchun kelganliklari, kayfiyatlari qandayligi va maqsadlari qandayligidan qat’i nazar ularga diqqat bilan, mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishlaridan iborat. Bu professional psixolog uchun faqat o‘z obro‘si va mavqeini saqlab qolish uchungina emas, balki u kabi o‘zining professional odob qoidalari bo‘yicha unga murojaat etganlar va yordamga muhtojlarga, shu jumladan maslaxatlar davomida o‘zini aytarli odobsiz tutganlarga ham yordam ko‘rsatishga majbur. Psixologik maslaxat odamlarga amaliy psixologik yordam ko‘rsatishning boshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi? Masalan, individual va guruhiy psixoterapiyadan farqli ravishda, u psixolog-maslaxatchining mijoz bilan shaxsiy aloqalari nisbatan qisqa vaqtligi va epizodik xususiyatini nazarda tutadi. Individual va guruhiy psixoterapiyaning har xil turlari odatda psixologning mijoz bilan ancha uzoq muddatli - bir necha haftalardan, to bir necha oylargacha va hatto bir necha yillargacha muntazam aloqasini, mijoz bilan ishlashda ko‘p soatlar sarflashga mo‘ljallangan. Psixoterapiyada (psixologik maslaxat amaliyotidan farqli ravishda) mijozni psixologik muammolardan xalos etishda psixolog faol rol o‘ynaydi. Aynan u muammoni hal etishga qaratilgan faol harakatlarni amalga oshiradi. Mijozning o‘zi esa asosan passiv rol o‘ynaydi, ya’ni shunchaki psixoterapevt ta’sir ko‘rsatishini qabul qiladi va ularga javoban harakat qiladi. Psixologik maslaxatda vaziyat boshqacha bo‘ladi: bu yerda psixolog-maslaxatchi asosan faqat maslaxat beradi, ularni amalga oshirish esa mijozning ishi bo‘lib qoladi, faollik rolini u o‘zida saqlab qoladi. Amaliy psixologik ishlar boshqa turlarida maslaxat berishdan farqli ravishda olib boriladigan psixoterapevtik amaliyot bevosita shaxsiy aloqalarni, psixolog va mijozning o‘zaro munosabatlarini, hatto mijoz o‘z muammosini hal etayotgan davrda ham o‘zaro aloqalarini ko‘zda tutadi. Psixologik maslaxatda mijoz bilan ish boshlanishida psixodiagnostika iloji boricha kam bo‘lishi va asosan psixolog-maslaxatchiik maslaxat davomida mijoz xulqini kuzatish natijalariga tayanishi kerak. Psixodiagnostika maxsus psixologik testlardan foydalanmay bevosita mijozdan olinadigan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Psixokorreksion ishlarda psixodiagnostika ancha katta rol o‘ynaydi. Odatda maslaxatlar eng boshida o‘tkaziladi va unga ancha ko‘p vaqt ajratiladi. Mijoz bilan ishlash yakuniy natijalari uchun psixolog-maslaxatchi to‘g‘ridan to‘g‘ri professional javobgar hisoblanmaydi. (Mijoz uning maslaxatlaridan foydalanishi yoki foydalanmasligi uchun maslaxatchi javobgar emas). Maslaxatchi faqat mijozning muammosi to‘g‘risidagi o‘zining xulosasini to‘g‘riligi va mijozga berilayotgan amaliy maslaxatning samaraliligi uchun javob beradi. Psixoterapevtik amaliyotning boshqa turlarida psixolog mijoz bilan o‘z ishlari yakuniy natijalari uchun shaxsan javobgar, chunki uning o‘zi mijozning psixologiyasi va xulqini tuzatish bilan shug‘ullanadi, uning o‘zi o‘z xulosa va tavsiyalarini amalga oshiradi. Amaliy korreksiya (tuzatish) bilan shug‘ullanuvchi psixoterapevt esa uning metodlarini professional egallagan bo‘lishi kerak, chunki uning ishining asosiy qismi shu metodlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.