2-Mavzu: Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi



Yüklə 230 Kb.
səhifə2/6
tarix22.10.2022
ölçüsü230 Kb.
#65848
1   2   3   4   5   6
2 Maruza (1)

Strategik qaror. Bunday turdagi qarorlar ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, unda muassasaning uzoqqa mo‘ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi. Strategik qarorlarni qabul qilishda ta’lim muassasasining istiqbolli harakat dasturi asos qilib olinadi, uzoq muddatlarga ko‘zlangan maqsadlarga erishishda bajariladigan vazifalarning muddati belgilanadi, mavjud muammolarni hal etish yo‘llari va uslublari ko‘rsatiladi.
Taktik qarorlar. Mazkur qarorlar ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda qo‘llaniladigan vosita va usullar yo‘nalishidagi qarorlar bo‘lib, joriy va tezkor qarorlarni ifodalaydi. Masalan, ta’lim muassasasining yillik va joriy dasturlarini hamda rejalarini tuzish va joriy etish, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishidagi qarorlar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tomonidan uzog‘i bilan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar - ta’lim muassasasi faoliyatini va jamoa a’zolarining ish tartibini belgilash, ya’ni ta’lim muassasasi reglamentini belgilash yo‘nalishidagi qarorlar bo‘lib, ular umumiy tavsifga ega bo‘ladi hamda barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi.
Maxsus qarorlar - ta’lim muassasasining ma’lum bir bo‘limi yoki biron bir guruhi xodimlariga ta’lluqdi bo‘lib,ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish, tajribalarini ommalashtirish yo‘nalishida bo‘lishi mumkin. Masalan, fanlar yo‘nalishidagi metodik birlashmalarning faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida qabul qilingan qarorlar.
Stereotip qarorlar. Bunday qarorlar odatda mavjud meyoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar, muassasaning nizomi asosida qabul qilinadi. Mazkur qarorlar xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, muassasa faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida chiqarilgan buyruqlarni o‘z ichiga oladi.
Tashabbusli qarorlar. Bunday shakldagi qarorlar rahbarlarning boshqaruv faoliyati jarayonida axborotlar to‘plash metodlaridan foydalaniladi a’lumotlar,amalga oshirilgan taxdillar hamda o‘rganilgan vaziyatlarning natijalariga asosan qabul qilinadi va ular muassasaning istiqbolini nazarda tutadi.An’anaviy qarorlar - bu ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlashtirish, pedagogik hamda ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishidagi ish rejalari, turli dasturlarni tasdiqlash, shuningdek, odatiy vaziyatlarda muassasaning faoliyatiga oid qabul qilinadigan qarorlardir.

Yüklə 230 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin