Axborot tuzilmalarini qurish Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini (yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Ko‘p hollarda konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot ob’ektlari (ma’lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga mos ravishda bir ob’ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus yo‘lovchilarni jo‘nash punktidan kelish punktiga tashiydi. Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo‘lgan REYS axborot ob’ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo‘natish shaxobchasi", "kelish shaxobchasi", "avtobus reysi"
AVTOBUS REYSI axborot ob’ekti
Axborot ob’ektlarini (ma’lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh ob’ektlarga birlashtiriladi.
Axborot ob’ektlarini sinfdosh ob’ektlarga birlashtirish. Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Obrazli aytganda konseptual model xuddi predmet sohasining “yuqorisiga ko‘tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modeldan bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan model ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak.
MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
1.Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot ob’ektlarini talb qilsak, ammo hamma axborot ob’ektlari va ular orasidagi xamma aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo‘lmasa.
2.Agar axborot ob’ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning umumiy turiga ega bo‘lsa.
MB tizimining axborot tuzilmasini ko‘rishga misol sifatida avtomobilsozlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta’minoti tizimining MB uchun axborot tuzilmasini ko‘rish jarayonini qaraymiz.
Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob’ektlari ajratildi:
1.Fizik effektlar. Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob’ektlarning ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko‘rsatiladi.
2.Texnik qarorlar.
Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda.
3.Mahsulot.
Masalan, dvigatel.
4.Mahsulotni oluvchi ob’ekt.
Masalan, dvigatel avtomashinaga o‘rnatiladi.
5.Usullar va uslubiyat.
6.Asboblar va stendlar.
8.Texnologik jarayonlar va uskunalar.
8.Tashkil qilish va mutaxassislar.
9.Me’yorlar.
Bu ob’ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma’lumotlarning aloqalarini aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi.