2-mavzu: Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə5/8
tarix06.09.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#141706
1   2   3   4   5   6   7   8
2 maruza.AKTFQ

Microsoft Office 2003

7

2003

Microsoft Office 2007

9

2006

Microsoft Office 2010

9

2009

Microsoft Office 2013

12

2012

Microsoft Office 2016

7

2015

Versiyalar

sana

Nomlanishi/versiya

Tarkibi

19.11.1990

Office 1.0

Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0

04.03.1991

Office 1.5

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0

08.07.1991

Office 1.6

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0, Mail 2.1

30.08.1992

Office 3.0, Office 92

CD-ROM versiya : Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail

17.01.1994

Office 4.0

Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0.

2-iyun, 1994

Office 4.3

Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0, Mail 3.2, Access 2.0.

3-iyul, 1994

NT 4.2 uchun Office




30.08.1995

Office 95 (7.0)

Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar

30.12.1996

Office 97 (8.0)

Word 97 va boshqalar

20-iyun, 1998

Office 97 Powered by Word 98 (8.5)

Word 98 olishning yagona usuli.

27.01.1999

Office 2000 (9.0)

Word 2000 va boshqalar; Windows 95 ko'tara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan to'xtatildi.

31.05.2001

Office XP (10.0)

Word 2002 va boshqalar

17.11.2003

Office 2003 (11.0)

Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari Windows XP ko'rinishida namoyon bo'ldi.

30.01.2007

Office 2007 (12.0)

Word 2007 va boshqalar;

12.05.2010

Office 2010 (14.0)

Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun so'nggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishi shu yilning 11-yanvar kuni to'xtatildi.

01.10.2013

Office 2013 (15.0)

Word 2013 va boshqalar

22.09.2015

Office 2016 (16.0)

Word 2016 va boshqalar

Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo’shilib borsada o’z ko’rinishini o’zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o’zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsada, ko’rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni quyidagi rasmdan sezish mumkin.





WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar

Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo’lib, uni matn muharriri deb atashadi. U xar xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar xamda risolalar xam tayyorlash mumkin.


Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko’plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko’rsang shuni olasan, yahni ekranda qanday ko’rinsa, chop etilganda qog’ozda xam shundayligicha ko’rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi.
Odatda Word matnli fayllarni o’zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo’llash uchun qabul qilingan. RTF formati o’zining matnli tuzilmasi bo’yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo’lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz.
Standartnaya – fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat.
Formatirovanie – matnni formatlash uchun ishlatiladi.
VisualBasic - VisualBasicda Word hujjati bilan biriktirilga dastur yaratishga xizmat qiladi.
WordArt – figurali matn yaratish buyruqlari joylashgan tugmachalardan iborat.
Avtotekst – hujjatga ko’p takrorlanadigan matn elementlarini tezda joylash yoki almashtirish.
Baza Dannix – hujjat jadvallarida ma’lumotlar ombori yaratish va u bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Nastroyka Izobrajeniya – grafikali tasvirlar bilan ishlovchi buyruqlarni chaqiruvchi tugmachalar joylashgan.
Retsenzirovanie – xabarlar yoki taqrizlar joylash uchun xizmat qiladi.
Risovanie – hujjatga grafikali ob’ektlar joylash uchun xizmat qiladi.
Forma – ma’lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro’yxat, kiritish maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi.
Elementi upravleniya – hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va VisualBasicning boshqa elementlarini joylaydi.
Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi. Bitta shablondan ko’p marta foydalanish mumkin.
Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi bo’limlaridan yoki “Standartnaya” panelidagi tugmachalardan foydalanish mumkin.
Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda xam saqlash imkoniga ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun hujjatni saqlash darchasidagi “Tip fayla” ro’yxat maydonidan kerakli format tanlanishi va “Soxranit” tugmasi bosilishi kerak.
Matn protsessorlarining, shu jumladan Word dasturining, muhim xususiyatlaridan biri matnni xar xil formatlash imkoniyati mavjudligidir. Formatlashni uch xil ko’rinishini farqlashadi.

  • Belgilarni formatlash – bunda gap asosan shriftni o’zgartirish xaqida ketadi.

  • Abzastni formatlash – bunda matndagi aloxida abzastlar maydonlari o’lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o’zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi.

  • Sahifalarni formatlash – bunda sahifa ko’rinishini va o’lchamlarini tanlash, xoshiyalar o’lchamlarini o’zgartirish nazarda tutiladi.

Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o’lchami va uslubini o’zgartirish amallarini o’z ichiga oladi. Buning uchun “Formatirovanie” uskunalar paneli tugmachalaridan xam foydalanish mumkin.
Abzastlarni formatlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • abzastlarni tekislash;

  • abzast chegaralarini o’rnatish;

  • abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o’rnatish;

  • satrlar orasidagi masofani o’rnatish;

  • abzastlar orasidagi masofani o’rnatish;

  • abzastni sahifada joylashishi nazorati.

Abzastlarni tekislash “Formatirovanie” uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word xamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko’rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o’ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo’ylab ikki tarafga xam tashkil qilish mumkin.
Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontalg’ chizg’ich yordamida o’rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo’limi yordamida xam o’rnatish mumkin.
Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Yahni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko’proq interval bo’lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o’zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo’limidagi “mejstrochnqy” maydonidagi ro’yxatdan foydalanish mumkin.
Xar qanday qog’ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo’ladi. Word sahifaning xamma tarafidagi xoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o’rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo’limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi.
Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki “Standartnaya” uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak.
WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo’yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo’natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko’zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:

  • Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so’z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to’g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i ularni qayta yozadi.

  • Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to’g’irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.

  • Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo’lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.

  • Formatlash – bu hujjat shaklini o’zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o’zgartirish mumkin.

  • Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.

  • Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo’lishi mumkin.

  • Konteks menyusi – “sichqoncha” ning o’ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob’ektga mos ravishda menyu ham o’zgarib turadi.

  • Sichqoncha” – hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo’lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo’ladi.




Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin