Mavzu: Yer tekislash mashinalari va zamonaviy yer tekislagichlar



Yüklə 24,6 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü24,6 Mb.
#167444
Xurshid Z. Isakov

Shamsidinov Xurshid


TIQXMMI.MTU.BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTUTI

Mavzu: Yer tekislash mashinalari va zamonaviy yer tekislagichlar.

  • Mavzu: Yer tekislash mashinalari va zamonaviy yer tekislagichlar.
  • Reja:
  • 1.Yer tekislash mashinalari .
  • 2. Lazerli tekislagichlar.
  • 3. Lazerli yer tekislagichlar afzaliklari.
  • Yer tekislagichlar - oʻzlashtiriladigan yerlarni va ekin ekiladigan dalalarni ekin ekish va sugʻorish uchun qulay holatga keltirib tekislaydigan qishloq ho’jaligi mashinalari; uzun ramali, choʻmichli va agʻdargichli xillari bor. Uzun ramali Yer tekislash traktorlarga tirkab ishlatiladi. Choʻmichli Yer tekislash dalalarni uzil-kesil tekislashda qoʻllaniladi. Ish organi oldi, usti va tubi ochiq choʻmich kovshdan iborat. U ramaga mahkamlanadi. Choʻmichning quyi qismiga doʻngliklarni kesuvchi pichoq oʻrnatilgan. Yer tekislashda choʻmichni maʼlum balandlikka oʻrnatadigan mexanizm bor. Yer tekislash harakatlanganda choʻmich 20 sm gacha boʻlgan doʻngliklarni kesib, pastqam joylarga surib tekislaydi. Yer tekislash gidravlik mexanizm va lazer nurlari bilan ishlaydigan avtomatik rostlash mexanizmlari bilan rostlanadi.

Buldozer o‘ziyurar, davriy harakatlanadigan yer kovlash-tashish mashinasi bo‘lib, gruntni qatlama-qatlam qirqib, kerakli joyga tashish va tekislash ishlarida ishlatiladi. Ayrim buldozerlar gruntni yumshatuvchi ish jihozlari bilan jihozlangan bo‘lib, o‘ta qattiq gruntlarni yumshatib, so‘ng qazish va ko‘chirish ishlarini olib boradi.

  • Buldozer o‘ziyurar, davriy harakatlanadigan yer kovlash-tashish mashinasi bo‘lib, gruntni qatlama-qatlam qirqib, kerakli joyga tashish va tekislash ishlarida ishlatiladi. Ayrim buldozerlar gruntni yumshatuvchi ish jihozlari bilan jihozlangan bo‘lib, o‘ta qattiq gruntlarni yumshatib, so‘ng qazish va ko‘chirish ishlarini olib boradi.

Skrеpеr davriy ravishda ishlovchi yеr qazish-tashish mashinasi bo‘lib, gruntni qazish (I, II guruh gruntlarni o‘z kuchi bilan, III, IV guruh gruntlarni esa qo‘shimcha traktorlar yordamida) tashish va ularni qatlam-qatlam qilib yoyishda ishlatiladi. Skrеpеrlar konstruksiyasiga ko‘ra, skrеpеr uskunasining tortkichga ulanishi, cho‘michining sig‘imi, cho‘michni to‘ldirish va uni bo‘shatish hamda ish jihozini boshqarish turi bo‘yicha tasniflanadi.

  • Skrеpеr davriy ravishda ishlovchi yеr qazish-tashish mashinasi bo‘lib, gruntni qazish (I, II guruh gruntlarni o‘z kuchi bilan, III, IV guruh gruntlarni esa qo‘shimcha traktorlar yordamida) tashish va ularni qatlam-qatlam qilib yoyishda ishlatiladi. Skrеpеrlar konstruksiyasiga ko‘ra, skrеpеr uskunasining tortkichga ulanishi, cho‘michining sig‘imi, cho‘michni to‘ldirish va uni bo‘shatish hamda ish jihozini boshqarish turi bo‘yicha tasniflanadi.

Avtogreyder - bu o‘ziyurar greyder bo‘lib, ikki yoki uch ko‘prikli rezina g‘ildirakli yurish uskunasiga ega bo‘lgan mashinadir. Ish jihozi oldingi va orqa g‘ildiraklari orasiga joylashgan bo‘ladi. Ularning yengil, o‘rta, og‘ir va o‘ta og‘ir turlari mavjud. Gidrotexnika inshootlarini qurish joylariga boradigan yo‘llarni qurishda avtogreyderlardan keng foydalaniladi.

  • Avtogreyder - bu o‘ziyurar greyder bo‘lib, ikki yoki uch ko‘prikli rezina g‘ildirakli yurish uskunasiga ega bo‘lgan mashinadir. Ish jihozi oldingi va orqa g‘ildiraklari orasiga joylashgan bo‘ladi. Ularning yengil, o‘rta, og‘ir va o‘ta og‘ir turlari mavjud. Gidrotexnika inshootlarini qurish joylariga boradigan yo‘llarni qurishda avtogreyderlardan keng foydalaniladi.
  • Avtogreyder ish jihozini boshqaruv tizimi gidravlik, reduktorli va aralash (elektrgidravlik, reduktor-gidravlik, pnevmo-elektrik, va boshqa) bo‘lishi mumkin. Bular ichida hajmiy gidroyuritma bilan jihozlanganlari keng tarqalgan.

Lazerli tekislagichlar.

  • Lazerli tekislash – bu lazer nuri va traktorga o‘rnatilgan maxsus osma uskuna hamda kovsh (skreper) yordamida yerni tekislashning mexanizatsiyalashgan texnologiyasidir.
  • Lazer yordamida rejalashtirishda yagona gorizont bo‘ylab 3 sm va undan kam bo‘lgan hajmdagi yer ustini tekislashga erishiladi. Rejalashtirgich bilan tekislanmagan maydon o‘rtasidagi farq ko‘z qiri bilan tashlanganda ham bilinadi.
  • 2021-yilda 208 904 gektar ekin yerlari lazer uskunali tekislagichlar yordamida tekislanib, ushbu maydondan sug‘orish mavsumida 505 mln kub suv iqtisod qilinishiga erishildi. Shuningdek, so‘nggi uch yilda respublikada 716 dona, shu jumladan, 2021-yilda 369 ta lazerli yer tekislagich xarid qilindi.

Lazerli yer tekislagichlar afzaliklari

  • Chuqurliklar va balandliklarsiz yer ustini tekislash orqali sug‘orish suvi sarfi 20-25 foizga kamayadi. Bir xil namlik ekinlarning bir xil unishiga turtki beradi, bu esa hosilni 5-10 foizga oshiradi.
  • Bundan tashqari, sho‘rlangan tuproqlarda maydonni to‘g‘ri rejalashtirish juda muhimdir. Ayniqsa, ularni yuvish zarurati tug‘ilganda. Yer yuzida do‘mpayib chiqadigan ko‘plab tuproq orolchalari yetarlicha yuvilmaydi va natijada u yerda ora-sira sho‘rlanishlar paydo bo‘ladi, keyinchalik bunday joylarda siyrak ko‘katlar bosh ko‘tarib turadi. Lazer yordamida tekislanganidan so‘ng, maydon bo‘ylab suvning bir tekis taqsimlanishi tufayli dalalarni tuzlardan yaxshiroq yuvishga erishiladi.

Lazerli tekislagichlar.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. Savollar bo’lsa marxamat.


Yüklə 24,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin