2-mavzu. Maxsus atamalar. Ilmiy axborot


Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə3/8
tarix14.06.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#130359
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu. Maxsus atamalar. Ilmiy axborot

Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi
Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o`tmishdan qidirishimizga to`g‘ri keladi. Bunga xalq o g‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan yuzlab terminlarni keltirish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug’atit turk” asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o`tishi bilan ular son va sifat jihatdan o`zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo`y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa, qissaxon, badiz, badizchi, terma, o`lan, lapar, yor-yor, she`r, shoir, ruboiy, tuyuq, g‘azal, chiston, masnaviy, fard, murabba, muxammas, doston, roman, drama, komediya, tragediya, poema, libretto, etyud, novella kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko`pchiligi o`zbekcha terminlar bo`lsa, bir qismi arab, fors-tojik va rus tili orqali o`zlashgan.
Adabiyotshunoslik terminologiyasi N.T.Hotamovning “Razvitie uzbekskoy literoturovedcheskoy terminologii v sovetskoy period” nomli nomzodlik ishida o’z aksini topgan (1971).
Adabiyotshunoslikka oid terminologik lug’atlari bir necha bor adabiyotshunos olimlar tomonidan tuzilgan. H.Homidiy, Sh.Abdullayev, S.Ibrohimovalarning “Adabiyotshunoslik terminlari” (1967), V.Rahmonovning “She`r san`atlari” (1972), N.Hotamov va B.Sarimsoqovlarning “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug’ati” (1983), A.Hojiahmedovning “O`zbek aruzi lug’ati” (1998), T.Boboyev va Z.Boboyevalarning “Badiiy san`atlar” (2001), Y.Is’hoqovning “So`z san`ati so`zligi” (2006) kabi lug’atlar shular jumlasidandir.


Pedagogik terminologiya
Pedagogik terminologiya ta`lim tizimining barcha jabhalarida faol ishlatiladi desak, xatolashmagan bo`lamiz. Tarixga nazar tashlasak, DLTda 70ga yaqin ta`lim-tarbiyaga oid leksema borligi qayd etiladi. Demak, Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi.
O`tgan asrning boshlarida Turkiston xalqlarining milliy ongining o`sishi, maktab va madrasalarning isloh qilinishi, ularda dunyoviy bilimlarning kengroq o`qitilishi natijasida pedagogik terminlarga bo`lgan ehtiyoj kuchaya borgan. Behbudiy, Shakuriy, Ayniy, Hamza, Munavar qori, Avloniy va boshalarning Rusiya, Qirim, Orenburgda ochilgan yangi musulmon maktablari, ularning o`qitish va o`qitish usuli bilan tanishib, mahalliy shaproitlarga moslashtirib maktablar ocha boshladilar. Natijada shu maktablarga mos darslik va qo`llanmalar maydonga keldi va bu darsliklarda ilk bor ta`lm-tarbiyaga oid maxsus terminlar shakllana boshladi. Pedagogik terminologiya masalalari N.Usmonov tomonidan maxsus tadqiq qilingan. U pedagogik terminlarni avvalo, ikki katta guruhga ajratib ko`rsatadi.
1. Ta`lim nazariyasi terminlari.
2. Tarbiya nazariyasi terminlari.
Shuningdek, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi terminlarning ichki bo`linishiga ham e`tibor qaratgan.
1. Ta`lim sistemasiga aloqador terminlariga: o`quv rejasi, o`quv predmeti, ta`limning tarbiyalovchilik xarakteri.
2. Tarbiya sistemasiga oid terminlar: tarbiyalash, tarbiyachi, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi va h.
3. Faoliyati ta`lim-tarbiya bilan bog‘li shaxs nomlari: rektor, prorektor, dekan, o`qituvchi, sinf rahbari kabi.
Bulardan tashqari, pedagogik tushunchalarni ifodalovchi o`zlashma terminlar ham talaygina. Institut, pedagogika, metod, praktika, abiturient, maktab, dars, muallim, imtiҳon, kitob, maktab va h. Tadqiqotchining ko`rsatishicha, o`n mingdan ortiq pedagogik terminlar mavjud.
1990-yili I.Ismoilov, K.Meliyev, M.Saparovlar tomonidan “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillar leksikasidan tadqiqot'' nomli monografiy maydonga keldi. Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga bag‘ishlangan muhim ishlar. Unda “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi turkiy tillar so‘z boyligining maxsus atamalari-uy-ro‘zg‘or buyumlari, mevali daraxt va poliz ekinlari nomlari qiyosiy-tarixiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda regiondagi turkiy tillarning so‘z boyligi, sohalar leksikasi, ularning shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq hamda turkman tillarining o‘zaro munosabati, ularning bir-biriga ijobiy ta’siri” kabi jihatlar etarli dalillar orqali atroflicha yoritilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka erishganligimiz munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan, o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan terminlar qo‘yidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya – moslashish, administratsiya – ma’muriyat, direktiva – ko‘rsatma, krizis –tanglik va b. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo‘lish tarixini qadimdan boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo‘lmish O‘rxun-enisey va boshqa yodnomalarda o‘z ifodasini topgan qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida), sab (“kengash” ma’nosida), bitikchi (“kotib” ma’nosida), alp (“qahramon” ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar, tabiiyki, o‘zining leksik qatlamlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi qo‘yidagi ijtimoiy-siyosiy terminlar misolida ham ko‘rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (“jamoa” ma’nosida), bachèg‘ (“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna” ma’nosida), æer (“mamalakat” ma’nosida) va hokazo1. O‘sha davr ijtimoiy siyosiy terminologiyasing muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant). H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar yozma yodgorliklari tilidagi qiyoslash uchun olingan ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminlardan bugungi kunda uyg‘ur tilida-348, qozoq tilida-220, qirg‘iz tilida-244, turk tilida-370, o‘zbek tilida esa-390 tasi ishlatilar ekan. O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilidan va yevropa tillaridan kirgan o‘zlashmalar hisobiga boyiy boshladi.

Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin