Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi-fayllar.org
2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati XX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. g’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:
tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi:
3-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
№
Boshqarishga
yondoshuv turlari
Izoh
1.
Tizimli yondoshuv
- Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar
majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga
o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq
tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga
bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli
yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy,
ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.
2.
Vaziyatli yondoshuv
- Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday
qismlardan tashkil topgan degan savolga javob
topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri
muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali
degan savol ko’ndalang turmaydi.
- Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan
savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda
tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi
muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo
turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab
qiladi.
3.
Funktsional yondoshuv
- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng
oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu
nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni
bajaradi:
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish;
- rahbarlik qilish;
- muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish va hk.
4.
Miqdorli yondoshuv
- Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor
qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida
nafaqat matematik; statistika, kibernetika,
muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga
ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham
keng foydalaniladi.
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini electron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holdatadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma'lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning "Temur tuzuklari" asari yorqin misol bo’la oladi.
"Temur tuzuklari" jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan "tuzuklari" va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlar o’z ifodasini topgan.
"Tuzuklar" muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
2. Aqlu farosatlik.
3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo’lish.
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
"Tuzuklar"da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan malakatni bor-yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan.
Bular 4-jadvalda berilgan:
№
Vazirlar
Vazirlarning vazifasi
1.
Mamlakat va raiyat
vaziri
- Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib
turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil,
daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-
yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay
darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
2.
Sipoh vaziri
- Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning
qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-
tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni
ogoh etib turgan.
3.
Mol-mulk, daromad,
harajatlar vaziri
- Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan er-suv va
mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga
mutasaddilik qilgan.
4.
Sarkori hossa va
saltanat ishlarini
yurituvchi vazir
- Podshohga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek
davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
-Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar
devonining boshlig’i.
El-yurtning obodonligi, salatanatning ustuvorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta'siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.