A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U Frantsiyadagi ko'mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o'zining boy amaliy tajribasini "Umumiy va sanoat boshqaruvi" (1916 nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (2-jadval).
№
|
Tamoyillar Izoh
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Mehnat
taqsimoti
|
- Ixtisoslashuv natijasida ko’p miqdorda va yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor qaratilishi lozim
bo’lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi
|
2.
|
Vakolat va
mas'uliyat
|
- Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas'uliyat
esa buning aksi. qaerda vakolat berilgan bo’lsa, o’sha erda
mas'uliyat vujudga keladi
|
3.
|
Intizom
|
- Intizom rahbar bilan xodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq
solishni talab qiladi. Shartnomalarning so’zsiz bajarilishini
taqozo etadi.
|
4.
|
Yakkaboshchilik
|
- Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.
|
5.
|
Yo’nalishning
bir xilligi
|
- Yagona maqsad doirasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir
guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega
bo’lishi kerak.
|
6.
|
Shaxsiy
manfaatlarni
umumiy
manfaatga
bo’ysundirish
|
- Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid
kelmasligi kerak.
|
7.
|
Xodimlarni
taqdirlash
|
- Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardligini
oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq
to’lash lozim.
|
8.
|
Markazlashish
|
- Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
|
9.
|
Boshqaruvdagi
ierarxiya
|
-Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga
bo’ysunadi.
|
10.
|
Tartib
|
-hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
|
11.
|
Adolat
|
-Tashkilotda adolatning hukm surishi-bu qonunning ustuvorligi
bilan rahmdillikning uyg’unlashuvi.
|
12.
|
Xodim uchun
ish joyining
doimiyligi
|
- Yuqori darajadagi qo’nimsimzlik tashkilot faoliyati
samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi
bo’lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim
ishlashni istamaydigan iste'dodli rahbardan ming chandon
yaxshi.
|
13.
|
Tashabbus
|
-Tashabbus-bu tom ma'noda rejani ishlab chiqish va uning o’z
vaqtida bajarilishini ta'minlashdir.
|
14.
|
Korporativ ruh
|
-Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o’rtasidagi hamjihatlikning va
manfaatlarning hamohanglashuvi natijasi bo’lishi mumkin.
|