5-mavzu: Boshqaruvning xorijiy modellari Reja: Mumtoz menejment namoyondasi Anri Fayol olg‘a surgan tamoyillar



Yüklə 195,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix03.06.2022
ölçüsü195,77 Kb.
#60453
  1   2   3   4   5
5-mavzu



5-mavzu: Boshqaruvning xorijiy modellari 
 Reja:  
1. Mumtoz menejment namoyondasi Anri Fayol olg‘a surgan tamoyillar  
2. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi Duglas Makgregorning X va Y nazariyasi  
3. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati  
4. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari.  
Tayanch so’z va iboralar: Xorijiy modellar, ilmiy menejment, A.Fayol, 
D.Makgregorning X va Y nazariyasi, insoniy munosabatlar, “Tizimli” yoki zamonaviy 
menejment, O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari, boshqaruvning mumtoz maktabi.
 “Ilmiy menejment” maktabi F.Teylor ta'limotining mazmuni va mahiyati  
 “Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana 
boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni “boshqaruvshning mumtoz maktabi” deb 
ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) 
turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa 
ishchilarning “siqib suvini olish” ning tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta'limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda 
va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan:
• 
mehnatning har bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq puxta 
ixtisoslashtirilishi shart;
• 
har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
• 
har bir mehnar jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga 
bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak;
• 
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan 
nazorat amalga oshirilishi lozim;
• 
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
• 
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma'suliyatini aniq belgilish va vazifalarini to‘g‘ri 
taqsimlash shart.
F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab 
chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%) ga o‘sishiga olib kelgan. 
Ayniqsa , qo‘llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F. Teylor nazariyasiga ko‘ra rahbar 
va mutaxassilarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan 
vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hyech qanday 
mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni 
talab qilish kerak edi. F. Teylar boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy 
ilm, shuningdek , nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish 
san'ati” deb baholagan.
Shunday qilib F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U 
yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki yevropaning boshqa mamlakatlarida 
ham turli nazariya va oqimlar ko‘rinishida rivojlanib bordi.
F.Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson 
mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib , u boshqarish va mehnatni 


tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning “Mehnat unumdorligining 
12 prinsipi” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga ko‘ra quyidagi ketma-ketlikda bayon 
qilgan.
1. Aniq qo‘yilgan maqsad va 
g‘oyalar. 2. Oqil, sog‘lom fikr. 
3.Jozibali, e'tiborli mahsulot
4.Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6.Tezkor , ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam xisob-kitob.
7.Despetcherlash
8.Me'yorlar 
va 
jadvallar 
9.Sharoit bilan ta'minlash.
10.Operatsiyalarni me'yorlash
11. Standart yo‘riqnomalarni tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish.
Ko‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni aniq qo‘yilgan 
maqsad va g‘oya shuningdek oqilona fikr turibdi. G.Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan 
harakatlarini o‘rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, 
unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo‘llanilib, unga 
ko‘ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffisentlar oshirilar (8-band), 
uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 % pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan 
birga berilgan vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.

Yüklə 195,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin