MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 2-kurs Amaliy psixologiya yo`nalishi A patok talabasi Qoryog`diyev Sherzodning Zamonaviy yetakchilarning kommunikativ fazilatlarini o'rganish
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: B.A.Abdullayev
psixologiya fanlari o’qituvchisi
Toshkent – 2021 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………3 I. BOB. BOSHQARUV HARAKATLARINING HARAKTERI VA MAZMUNI 1.1. Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari…………………………..8
1.2. Boshqaruv psixologiyasida boshqaruv uslubi va ledirlik masalalari..18
II. BOB. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASIDA LIDERLIK MASALALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1. Yoshlarda liderlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish
xususiyatlari……………………………………………………………..………...34
2.2. Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik jihatlari va
xislatlari…………………………………………………………..……………….41
Xulosa………………………………………………………………………..49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………….………….51
Ilovalar…………………………………………………………………….....53
Kirish Istiqlol tufayli mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr muhitida tarbiyalash- shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma`naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog`liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o`zaro insoniy munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to`la singdirishni taqazo etadi. Insonlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o`ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir.
Mustaqil O’zbekistonimizning kelgusidagi rivoji, ravnaqi har tomonlama barkamol, o’ziga, boshqalarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga to’g’ri munosabatbildira oladigan, mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, ijodkor va tadbirkor shaxsga bog’liqdir.Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy yangi davr talablariga javob beradigan muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash esa hozrgi kunning dolzarb muammolaridandir.
Zero XXI asrda yashayotgan har bir insonning mustaqil fikrlash qobilyati, muomila madaniyati, tanqidi fikrlash qobilyatlarini shakllantirish va rivojlantirish zarur. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda Sog’lom avlodni komil insonni voyaga yetkazish masalasiga kata e’tibor berilmoqda. Hozrgi kunda Insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan islohatlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro’ – e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda: Buyuk ajdodlarimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor “So’z – gul, Ish – meva”.O’ylaymanki bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo’lsa,ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi. Siz yoshlar ko’p kitob o’qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o’tmishida jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini yaxshi bilasiz.Siz Xorazmiylar, Navoiy, Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz.Anashunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
O’z tajribamdan kelib chiqib sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o’tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o’tda yonmaydigan, suvdav cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanligini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandisizlar. Ota – bobolaringiz ko’rgan to’siq va qiyinchiliklarni ko’rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetayapsizlar.Yuksak maqsadlar yo’lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklagan anashunday ulkan ma’sulyatni, tom ma’nodadagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qa’tiy ishonaman.
Shu maqsada ta’lim tizimida tub isohotlar ni amalga oshiryapmiz. Sohada mutloqa yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, kimyo,biologiya fanlari bo’yicha maxsus maktablarni tashkil etyapmiz. Yoshlarimizga IT texnologiyalarini chuqur o’rgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora ko’payib bormoqda. Bu ishlarimizning ilk mevalarini ko’ra boshladik. So’nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim mingtaga yaqin sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to’la oqlash, unga munosib bo’lish dunyodagi eng ulug’ baxtdir. Shunday baxt barchangizga nasib qilsin.