O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik jihatlari va



Yüklə 57,11 Kb.
səhifə7/8
tarix08.05.2023
ölçüsü57,11 Kb.
#109507
1   2   3   4   5   6   7   8
Qoryog\'diyev Sherzod

2.2. Yosh yetakchining rahbarlikka xos psixologik jihatlari va
xislatlari
Zamonaviy psixologiya fani yosh yetakchiga xos bo‘lgan jihatlarni 3 toifaga
bo‘ladi:
1) jamoa manfaatining ustuvorligi;
2) kasbiy mohirlik, ya'ni har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o‘z
bo‘yniga olish va ishni hal etishda tashabbuskor bo‘lish;
3) emotsional, ya'ni hissiy jalb etuvchanlik.
Tavakkalchilik va dadillik - yetakchilikning ajralmas jihati. Boshqa jihatdan,
haddan tashqari dadillik va beboshlik (hamma narsa mumkin deb o‘ylashlik)
o‘spiringa belgilangan axloqiy chegaralar (ichkilikbozlik, giyohvandlik va h.k.)ni
bosib o‘tish ehtimolini yuzaga keltiradi.
Mazkur jihatlar, xislatlar majmuasining izchilligi o‘z mantiqiga ega.
Jamiyatning intellektual ma'naviy darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qonunlarning
o‘rni va roli muttasil orta boradi. Shu boisdan ham atoqli nemis sotsiologi Zimmel
fikricha, «Odamlarni ularning taraqqiyot darajasiga ko‘ra uch xil boshqarish
mavjud. Ba'zilarni, shaxsiy namunalar, ko‘rsatmalar bilan, boshqalarni urf-odatlar,
rasm-rusum va an'analar bilan boshqarish, eng rivojlanganlarni esa faqat qonunlar
vositasida boshqarish mumkin».
“Yetakchilik” tushunchasini tahlil qilishda xilma-xil nazariyalar mavjud.
Jumladan, A.Bagardus, F.Grinstayn, R.Stogdillarning xislatlar nazariyasi shular
jumlasidan. Mazkur olimlar yetakchilarning aqli, kuch-quvvati, salomatligi va
hokazolarga alohida e'tibor qaratadilar. Bu xislatlarga ega shaxsni ular yetakchi,
deb hisoblashadi.
Yana bir yondashuv - vaziyatli yetakchilik nazariyasi bo‘lib, asoschilari:
A.Taninbaun, A.Shmit, M.Fidler, A.Blonshar, E.Rum va boshqalar. Mazkur
nazariyaga ko‘ra, yetakchini asosan ma'lum bir vaziyat shakllantiradi1.Hozirda
shaxs strukturasini ifodalovchi turlicha ta'riflar mavjud. Ulardan eng ahamiyatlisi
sifatida quyidagini aytish mumkin: shaxs ruhiyati, ichki dunyosi pastdan yuqoriga
o‘sib boruvchi piramida shaklida namoyon bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi.
Bunday piramidaning tarkibiy qismlarini qatlamlar deb qabul qilsak,
yuqoridagi tarkib o‘zidan pastdagi qatlamlardan tashkil topadi. Demak, ushbu
tizimning birinchi pog‘onasida turgan «xatti-harakat» deb ataluvchi qatlam
birlamchi hisoblanadi, uning asosida shaxsning yuksak tarkibiy sifatlari shakllana
boshlaydi. Yuqori pog‘onada turuvchi tuzilmalarning sifati va ifodalanishi pastki
o‘rindagi qatlamlarning sifat, mohiyati bilan bevosita va uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shu
nuqtai nazardan, insonda avval pastki qatlamlar (xatti-harakat va ko‘rsatma)
shakllanadi, so‘ngra ular qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘ladi, qadriyatlar
negizida esa insonning e'tiqodi shakllanadi, e'tiqodlar majmuasi insonning yuksak
vazifalari orqali birlashadi. Endi piramidaning tarkibiy bo‘laklari (qatlamlari)
ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Yuksak vazifa (missiya) - eng oliy maqsad bo‘lib, inson unga erishishi uchun
hayotini bag‘ishlaydi. Yuksak vazifa inson hayoti yo‘nalishini ifodalaydi.
Psixologiya fanida gumanistik yo‘nalish e'tirof etadigan asosiy vazifalardan biri -
insonga uning yuksak vazifasini anglashda yordam berish. Bunda yuksak vazifa
sifatida o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish, ona-Vatani ravnaq topishida faol
ishtirok etish yoki butun xatti-harakatlarini oilasi farovonligiga bag‘ishlash,
shuningdek, boshqa bunyodkor g‘oyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Albatta, bunday yuksak vazifalar ro‘yxati cheksiz, ular har bir shaxs uchun
individual. Shaxs o‘z yuksak vazifasini nafaqat anglashi, balki tashkilot umumiy
maqsadi bilan uyg‘unlashtirishi ham lozim.
E'tiqod - inson qat'iy ishonadigan g‘oya va fikrlar bo‘lib, ularni hatto shubha
ostiga olish shaxs uchun noo‘rin. Inson tashqi olamdagi voqea-hodisalarni tahlil
qilar ekan, ularga o‘z e'tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.
Qadriyat - eng qimmatli ma'naviy boylik bo‘lib, inson uni haqorat va
tahqirlanishdan himoya qiladi, asrab-avaylaydi. Odatda, uning umuminsoniy
qadriyatlar, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy qadriyatlari kabi turlari
farqlanadi. Umuminsoniy qadriyatlar inson qayerda yashashi, boyligi, mansabi va
boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, doimo ardoqlanadi. Masalan, tinchlik, hayot,
ozodlik, birdamlik, oriyat va boshqalar.
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli, lekin boshqa
guruh tomonidan e'tiborsiz ma'naviy boylik bo‘lib, milliylik, yoshlik va keksalik,
oilaviy, siyosiy, hududiy ko‘rinishlardan iborat.
Aynan bir shaxsga tegishli qadriyatlarning o‘ziga xos majmui shaxsiy
qadriyatlar deb aytiladi. Har bir inson ichki dunyosida hamma qadriyatlar mavjud.
Agar shaxsiy qadriyatlar ro‘yxatida umuminsoniy va guruhiy qadriyatlar yetakchi
bo‘lsa, insonning jamiyatdagi o‘rni va hayoti ibratlidir. Aks holda, inson ichki
dunyosida uchraydigan turli guruh qadriyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda
ichki ziddiyat va nizoni keltirib chiqaradi.
Ko‘rsatma - bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan
ko‘rinishi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakati, dastlab
anglangan holda amalga oshadi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam
takrorlanishi natijasida unda ko‘rsatmani anglash shakllanadi. Binobarin,
xodimning doimiy faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi
ko‘rsatma ustuvor ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Piramida shaklida tasvirlangan shaxs tizimining asosiy psixologik mazmuni
shundan iboratki, qatlamlar o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik inson faoliyatiga ma'no
kiritadi, hatto inson ichki dunyosini bir butun, yaxlit tarzda tushunish imkonini
beradi. Bunda komil inson hayotidagi hamma qatlamlar bir-biri bilan o‘zaro
uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Demak, uning amalga oshirayotgan ishlari
qadriyatlarga mos keladi, e'tiqodi va hayotidagi asosiy maqsadi bo‘lmish - yuksak
vazifa (missiya)siga qarshi chiqmaydi. Yosh yetakchini sinchkovlik bilan kuzatish
orqali uning shaxsidagi qatlamlar o‘rtasida uyg‘unlik yoki ziddiyatni ilg‘ash
mumkin.
Psixologiya fanida yetakchi shaxsning yetakchilik xislatlarini shakllantirish
bo‘yicha «Xislatlar nazariyasi» ta'limoti muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra,
yetakchida mujassamlashgan bir necha xislatlar mavjud, ushbu xislatlar majmuasi
shaxsning o‘zgalarga ta'sir etish qobiliyatini belgilaydi.
Yoshlar o‘rtasida muloqotga kirishishda o‘zaro samarali tashqi faoliyatning 4
qoidasiga amal qilish lozim:
- insonning nuqtai nazarini hurmat qilish;
- samimiylik;
- insonning his-tuyg‘ulari va xulq-atvorini tushunish;
- muloqotdagi aniqlik va lo‘ndalik1.
Qobiliyat. Umumiy qobiliyat shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida
muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo‘nalishdagi
faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo‘ladi. Umumiy qobiliyatga
inson aqli, ya'ni intellektini kiritish mumkin. Yaponiyalik olimlarning
kuzatishicha, maktab va universitetda yuqori baholarda o‘qigan talabalar
keyinchalik xizmat davomida unchalik yuqori lavozimlarga erisha olmaydilar.
Tadqiqotchi T.Kono fikricha, bunga sabab, a'lochi talabalarning Yaponiya
kompaniyalariga xos bo‘lgan guruh tabiatini o‘zlashtira olmasligidir. Aynan
tashkilotchilik xislati ko‘pchilik menejerlarning lavozimda o‘sishi uchun asosiy
omil bo‘lgan. Intellektning muvaffaqiyatli boshqaruvga ta'sir etishida ko‘pgina
omillar mavjud. Ulardan eng asosiylari - boshqaruvga bo‘lgan ishtiyoqning
mavjudligi, rahbarlik sohasidagi boy tajriba, yuqori bo‘g‘in rahbar va xodimlar
o‘rtasidagi ijobiy munosabat.
Yosh rahbarlar muhokama va qaror qabul qilish jarayonida yuksak aqliy
salohiyatga ega bo‘lishlari kerak. Ular tashabbuskor, muayyan siyosiy va ijtimoiy
mavqega ega, ishga aloqador tanish-bilishlari ko‘p, intuitsiya (ichki his-tuyg‘u,
sezgi)si rivojlangan va tashkilot faoliyati yo‘nalishini tezda tushunishlari kerak.
Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni to‘g‘ri hal qilish
jarayonida bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida boshqarish zaruratidan kelib
chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid yechimni taklif etish, guruh
manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik va h.k.
Shaxsiy xislatlar. Yuqorida aytib o‘tilgan umumiy qobiliyatlar muvaffaqiyatli
boshqaruvni ta'minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda
rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. Yosh rahbarlarning muvaffaqiyatli
boshqaruviga oid shaxs xislatlari yuzasidan chet el olimlari tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqot natijalariga murojaat etamiz. Amerika va yaponiyalik menejerlarni
o‘rganish asosida samarali rahbarlikka oid, jumladan, quyidagi xislatlar ajratib
ko‘rsatiladi:
strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
xodimlarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha to‘g‘ri va o‘z vaqtida
maqbul qaror qabul qilish;
faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish orqali
mas'uliyatni chuqur his qilish;
xavfli vaziyatda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish;
o‘z huquqlarini anglash;
muloqot darajasini mukammallashtirishga intilish;
murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish hamda bashorat
qila olish;
mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni
safarbar etish;
aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkal qilishdan
qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrlaydigan xodimlar bilan ishlash istagi;
amalga oshirilayotgan g‘oya va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy
etishga shaxsiy mulkdek qarash.
Yaponiyalik va amerikalik menejerlarning qiyosiy o‘rganish natijasida
olingan xulosalari shundan iborat bo‘ldiki, yapon menejerlari o‘z boshqaruv
faoliyatida ijtimoiy psixologik jihatlarga ko‘proq e'tibor berishar, ularda jamoa
faoliyatini tashkil etish qobiliyati yetakchi o‘rinda turar ekan. Amerikalik
menejerlar esa xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni ko‘proq rag‘batlantirishar
ekan.
Ko‘p tadqiqotchilar diqqat-e'tiboridagi asosiy jihatlardan biri -rahbar shaxsiga
xos ustunlikka intilish. Aynan shu sifat rahbarning tashabbusni o‘z qo‘liga,
murakkab vaziyatda mas'uliyatni o‘z bo‘yniga olishiga va guruhga yetakchilik
qilishiga zamin yaratadi. Bu holat olim Ralf Stogdillning «Rahbar qo‘llanmasi»da
boshqaruvga oid zarur xislatlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
“Dominantlik” so‘zi bir necha ma'noni bildiradi. Rahbarlik mavzusidan kelib
chiqilsa, “o‘zgalarga ta'sir etish” degan ma'noni anglatadi. Yuqorida ta'kidlangan
ma'nodagi «ta'sir etish» iborasi hissiyot tufayli o‘zgalarni o‘ziga jalb eta bilish,
o‘zaro munosabat natijasida o‘ziga nisbatan xayrixohlik tuyg‘usini shakllantirishni
anglatadi. Chunki tashkilotning ilg‘or faoliyati uchun rahbar zimmasidagi
majburiyat va vakolatlarning o‘zi yetarli emas. Boshqaruv sohasi mutaxassislari
G.Kuns va S.Donnelning fikricha, “Agar xodimlar rahbariyat tomonidan
o‘rnatilgan tartib-qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular
imkoniyatlarini 60-65 % ishlata olar va o‘z majburiyatlarini bajarib, ishdan
bo‘shamaslikka bahona topar edilar. Xodimlarning qobiliyatidan to‘la foydalanish
niyatida bo‘lgan rahbar ularda shunga loyiq his-tuyg‘uni uyg‘ota olishi lozim”1. Bu
o‘rinda rahbarning yetakchilik qobiliyati namoyon bo‘ladi. Tashkilot doirasidagi
norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam rahbargina o‘z xodimlari qobiliyatini
jamoa ishiga to‘liq, ya'ni 100% jalb eta olishi mumkin.
Rahbarga xos fazilatlardan yana biri vazminlik va sabr-bardoshlilik.
Ma'lumki, rahbar turli dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar bilan ishlaydi.
Binobarin, o‘zaro kundalik muloqotda unga atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy histuyg‘ulari tez «yuqishi» mumkin. Shuning uchun rahbar ziddiyatli vaziyatlarda
boshqalarning ta'siriga berilmaslik, balki og‘ir-bosiqlik bilan, oqilona qaror qabul
qilish bilan ta'sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati, bir tomondan, tug‘ma
bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa hayotiy amaliy tajribaga bog‘liq. Mehnat faoliyatini
ratsional tarzda tashkil etish, ya'ni mehnatdagi ijobiy jihatlarga ko‘proq e'tibor
berish, noxush holatlarni donolik bilan bartaraf etish va ko‘proq yaqin do‘stlar
davrasida bo‘lish, jismoniy tarbiya hamda foydali mashg‘ulotlarga vaqt ajratish
ishchanlik qobiliyatining oshishiga xizmat qiladi.
Boshqaruv faoliyatini samarali olib borish uchun rahbarga zarur fazilatlardan
yana biri - maqsadga intilish. Rahbar o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya olishi va uni
bajarishga intilishi shart. Insonga xos intilishni 2 toifaga bo‘lish mumkin:
birinchisi, maqsadga intilish bo‘lsa, ikkinchisi, mag‘lubiyatdan qochish.
Inqirozli holat yuzaga kelganda, ba'zi rahbarlar mazkur holatni hal etish orqali
muvaffaqiyatga erishish haqida o‘ylasa, boshqalar esa o‘zini o‘ylab, iloji boricha
«ofat»dan qochadi. Bu bir xil vaziyatga 2 xil yondashuv bo‘lib, uning egalari
turlicha harakterdagi insonlar hisoblanadi. Boshqaruvni samarali olib boruvchi
rahbar birinchi toifaga mansub bo‘lgani sababli, u muammolarni tezda hal etadi va
o‘z maqsadi sari yanada oldinga intiladi. Bunday toifadagi rahbar ba'zan tavakkal
ham qilishi hech gap emas. Kezi kelganda, u katta (strategik) maqsadni bo‘laklarga
bo‘lib, har bir kichik maqsad ortida turgan natijani oldindan tasavvur etadi. Biroq,
bunday usulni hamisha amalga oshirish oson ish emas. Binobarin, rahbar tavakkal
ish qila oladigan va xavf-xatardan qo‘rqmaydigan bo‘lishi lozim. Mashhur
biznesmen va menejer Li Yakokkaning ta'kidlashicha: “Ba'zida tavakkal ham
ma'qul, lekin yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatib ketish lozim”1. Maqsadga
erishish ishtiyoqi bilan yashaydigan rahbar doimo o‘z faoliyat natijalari haqida
to‘liq xabardor bo‘lishni istaydi. Bunda mehnat bilan bog‘liq vaziyatda faoliyati
bo‘yicha ma'lumot olishi unga tahlil etish imkonini beradi. Shu toifaga mansub
shaxslardan birining aytishicha: “Men uchun biznes faqatgina boyish vositasi
emas, boylik orttirish men uchun hech qachon maqsadga aylanmagan. Biznes
shuning uchun ham menga rohatbaxshki, u har kuni cheksiz muammolarni hal
qilish maqsadida aql-idrokimni bir nuqtaga jamlashga undaydi”. Albatta, bunday
yondashuv ko‘pgina tadbirkorlarga xos bo‘lib, o‘z maqsadi yo‘lida ular uchun pul
katta ahamiyatga ega emas.
Rahbarning obro‘sini oshiradigan, qiyin vaziyatda uni asosiy maqsad yo‘lidan
yetaklaydigan fazilatlardan yana biri - mustaqillik. Rahbar o‘z mushohadasi va
shaxsiy qarashiga ega bo‘lib, mustaqil qaror qabul qilishi shart. To‘g‘ri, yetakchi
o‘z hamkasblariga, shuningdek, maslahatchilarining fikrlarini inobatga olishi
kerak, lekin qaror va uning ijrosi rahbar zimmasiga yuklatiladi. Shu nuqtai
nazardan fikrlash va xatti-harakatlardagi mustaqillik samarali boshqaruvning
asosiy omillaridan biridir. Ammo, bu holat qaysarlik yoki o‘jarlikka aylanmasligi
kerak. Buning uchun rahbar yetakchi sifatida hamisha o‘z fikrini jamoa maqsadi
bilan uyg‘unlashtirib borishi talab etiladi.
Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri - muloqotga ehtiyoj. Rahbar
kundalik faoliyatining aksariyat qismini turli-tuman muloqotga sarflaydi.
Muloqotning boshqaruvdagi ahamiyatini tahlil qilar ekanmiz, bu borada Li
Yakokka esdaliklari diqqatga sazovor: “Men bir umr avtomobil sohasida ishlagan
odamni bilaman. U oliy ma'lumotli bo‘lib, o‘zini boshqarish qobiliyatiga ega,
shuningdek, ajoyib strateg va o‘z kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin,
uni hech qachon hech kim yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u o‘zga bilan
muloqotda bo‘lishni bilmas edi”.
Samarali boshqaruv uchun yana bir zaruriy xislat bu - mas'uliyat. Ma'lumki,
hech bir inson yuqorida aytilgan xislatlar bilan birga tug‘ilmaydi. Bular inson
yashash tarzining mahsulidir. Bunday xislatlarning rahbar faoliyatida namoyon
bo‘lishi shaxsdan muntazam tartib, o‘z ustida ishlash, o‘zini anglash, individual
“men”ni va unga amal qilishni talab qiladi.


Xulosa
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv
sub'yekti va ob'yekta masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini kuz oldimizga
keltirsak boshqaruv sub'yekti sifatida rahbarni, ob'yekt tarzida esa xodimni va
mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil
etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub'yekti, balki ob'yekt
sifatida ham tushunish zaruratini quyadi. Raxbarning kasbiy mukammallashuvi,
o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi
asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati - jamoaning maqsadga intilishini
ta'minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak,
quyidagi misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me'yorlar bo‘yicha
ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin
ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darxol kerakli choralar ko‘riladi.
Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini
yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv belgisidir.
Shunday qilib, «lider» so‘zini faqat «yetakchi» atamasi bilan almashtirish
liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo‘yadi. Ushbu
muloxazadan kelib chiqqan holda tadqiqotimizda «lider» so‘zidan foydalanishni
ma'qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so‘zidagi izohiy ma'noni anglab
olish o‘zbek kitobxoni uchun tanish xoldir.
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy
yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu
qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday
yondoshuv «situativ liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning
umumiy maqsadga erishish yo‘lida muammoli vaziyatda o‘z qobiliyatini namoyon
eta olishi tushuniladi.
Barcha ta'lim tizimida yoshlarning ijodiy iste'dodlarini rivojlantirishga katta
e'tibor qaratish lozim. O‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri - yoshlarning
tashabbuslari, innovatsion g‘oya va fikrlarini, iste'dod va iqtidorini o‘z vaqtida
ko‘ra olishi va uni ro‘yobga chiqarish uchun ko‘makdosh bo‘lish.
Yoshlarda yetakchilik qobiliyati va boshqaruv mahoratini rivojlantirish orqali
yuksak ma'naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatimiz
taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo‘naltirish talab etiladi. Bunda quyidagi
vazifalarni bajarish lozim:
- yetakchi va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishning ilmiy-nazariy
asoslarini chuqur o‘rganish;
- davlatimiz tomonidan yoshlarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va
boshqaruv mahoratini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tahlil
qilish;
- yoshlarda yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta'sir etuvchi turli
ehtiyoj va omillarni o‘rganish;
- yoshlar faolligini yanada oshirish orqali yetakchilik qobiliyati va boshqaruv
mahoratini rivojlantirishda ularning yangi qirralarini yuzaga chiqarish.


Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin