2-Mavzu: Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə5/7
tarix14.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#177070
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja-fayllar.org

S a n do n (48- rasm) yaxlit metall taglik bo‘ib, uning ustida metallarni tug‘rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustida o‘rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o‘rinsiz bolg‘alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo’l qo‘ymaslik kerak. Bu hol sandon sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o‘z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga sabab bo‘ladi. Bunday hollarning ro‘y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po‘latlardan ehtiyot plastinka qo‘yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi.


48- rasm. Sandon.

E g o v l a r

Arralash va zubilo yordamida qirqish yo’li bilan buyum va detal uchun tayyorlangan xomaki metall materiallarning zehlarini tekislash, sirtlarini silliqlash yo’li bilan aniq o‘lchamga va talab etilgan shaklga keltirish maqsadida turli xil egovlar ishlatiladi.


Bolg‘alash va quyish yo’li bilan tayyorlangan buyumlarning sirtini silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda ham egovlashdan keng foydalaniladi.
Egovlar tishlariga qarab: yirik tishli (dag‘al—drachevne), mayda tishli (lichnne), mayin tishli (barxatnge) egovlarga bo‘linadi.
Yirik tishli egovlar (1 sm uzunligida 10—12 qator tishlari bo‘ladi) sirtlardan 0,5—0,6 mm gacha qalinlikda qirindi olish yo’li bilan xomaki ishlov berishda ishlatiladi. Bu egovlar bilan ishlang‘an sirtlarning aniqlik darajasi 0,2—0,5 mm dan oshmaydi.




49- rasm. Egovlar: a, b-yassi, v-kvadrat, g-uchburchaklik, d-yumaloq, e-yarim yumaloq, j-romb shaklidagi.
Mayda tishli egovlar (1 sm uzunligida 16—24 qator tish-lari bo‘ladi) sirtlardan 0,1—0,3 mm gacha qirindi olish yo’li bilan toza ishlov berishda ishlatiladi. Bu egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,15 mm ga yetib boradi.
Mayin tishli egovlar (1 sm uzunligida 24—40 qator tishlari bo‘ladi) 0,01—0,02 mm gacha qirindi olish yo’li bilan aniqligi 0,01—0,005 mm gacha bo‘lgan sirtlar hosil qilishdaishlatiladi.
Egovlarning tishlari maxsus zubilo bilan kertib yoki frezalash yo’li bilan hosil qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli egovlarda tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70—80° bo‘ladi; bu egovlar yumshoq metallar (mis, alyuminiy, babbit va boshqalar)ni egovlash uchun mo‘ljallangan; ikki qator tishli egovlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo‘lib, birinchi qatordagi tishlarning qiyaligi 55—60°, ikkinchi qatordagisi 70—80° burchak hosil qilib joylashtirilgan . Bunday egovlar yumshoq hamda qattiq metallarni egovlashda ishlatiladi.
Egovlar ko‘ndalang kesimlariga qarab: yassi (to‘g‘ri to‘rtburchaklik), kvadrat, uchburchaklik, romb, dumaloq, yarim dumaloq shakllarda bo‘ladi.
Egovlanadigan sirtlarning shakliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga qarab Unga mos egov tanlanadi.
Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda dastlab yirik tishli egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2—0,5 mm gacha keltirilib, so‘ngra mayda tishli egovlar bilan egovlashga o‘tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,1 mm ga keltiriladi. Talab ztilishiga qarab mayin tishli egovlar bilan egovlanadi, shaberlab sirtlarning silliqligi, aniqlik darajasi orttiriladi.
Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan SHX15 yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200, 250, 300, 350 va 400 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so‘ng termik ishlov beriladi.
Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (50-rasm): ish qismi, uchi, qirra, yoq, bandi (quyruq), dasta. Ular zarang, qayrag‘och, qayin, chinor, yong‘oq kabi yog‘ochlardan yoki presslangan qog‘oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar bilan dastalanadi. Presslangan qog‘oz va plastmassalar yorilmasligi bilan yog‘ochlardan farq qiladi. Dastasiz egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan, darzketmagan, butoqsiz, sirti silliq, oliflangan yoki laklangan bo‘lishi kerak. Dastaning uzunligi va yo’g‘onligi egovning o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak.
Egovni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.

1. Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu — tishlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.



2. Egovlarni bir-biri ustiga qo‘ymaslik, ularni yog‘och tagliklarga terib qo‘yish kerak.




Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin