2-Mavzu Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Reja-fayllar.org
53- rasm. SHaberlar:
a—yassi bir tomonli, b—qayrilma uchli, v—yassi ikki tomonli, g—uch va to‘rt qirrali, d—charxlash burchaklari. SHaberlash aniqligi 25x25 mm kvadrat yuzadagi dog‘larsoni bilan o‘lchanadi. Masalan, shaberlangan stanina yo’naltiruvchilari, support salazkalaridagi dog‘lar soni 10 tadan, aniq ishlaydigan stanoklarda 16 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Podshipniklarda yuzaning 3/4 qismi valga tegadigan bo‘lgUnga qadar shaberlash davom zttiriladi.
SHaberlash bilan yuzani 0,005—0,01 mm gacha toza ishlash mumkin. SHaberlangan yuzaning juda silliq chiqishini ta’minlash uchun cho‘yanlarni quruq holda, mis va po‘latlarni esa sovunning quyuq eritmasiga shaberni botirib shaberlash kerak.
SHaberlar eski egovlardan yoki UYUAva U12A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan har xil shaklda tayyorlanadi.