Nazorat savollari O‘zbek mifologiyasi deyilganda nimani tushinasiz?
O‘zbek folklorida qanday mifologik obrazlar bor?
Bugungi adabiyotda, san’atda mifologik tafakkurning o‘rni qanday?
Afsona, rivoyat va naqllarning farqli jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
Foydalanish uchun adabiyotlar: Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. T.8. -528 b.
Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. Toshkent., “Fan” 2006. B-128
Eshonqul Jabbor. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini.
–Toshkent: Fan, 2011. – 304 b.
GLOSSARIY Mif (yun. mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar. M. rivoyaviy asarlar (olam va odam haqidagi hikoyalar) bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi deb bo‘lmaydi. M.lar qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli, ular M. vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va momaguldurak sababi va h.)ni bilishga intilganlar, M.larda ularning olam haqidagi bilimlari o‘z ifodasini topgan.
Janr (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. J. terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi: ayrim manbalarda J. termini adabiy tur (epos, lirika, drama) ma’nosida ishlatilsa, boshqa birlarida ancha tor ma’noda (epos – tur, roman – xil, tarixiy roman – janr) qo‘llanadi.
Lirika (yun. lyra – musiqa asbobi, qadimda she’rlar uning jo‘rligida o‘qilgan) – badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri. L.da voqelik lirik sub’yekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq ob’ekti emas, sub’ekti birlamchidir.