2-mavzu. Milliy dinlar Reja: Yahudiylik dinining vujudga kelishi va ta’limoti. Veda va Veda dinlari


Zardushtiylik dinining paydo bo’lishi va ta’limoti



Yüklə 83,35 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü83,35 Kb.
#211684
1   2   3   4   5
2 mavzu dinshunslik

Zardushtiylik dinining paydo bo’lishi va ta’limoti.
Bundan qariyib 2600 yil muqaddam hozirgi Markaziy Osiyo hududida ulug’ tarixiy shaxs-ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, jahon xalqlariga yakka xudolikka asoslangan birinchi kitobiy dinlardan birini bergan ulug’ vatandoshimiz-Zardusht Spitoma dunyoga kelgan edi (miloddan avvalgi 589-512 yillar). Diniy rivoyatlarda aytilishicha, Zardusht Navro’z kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bo’lgan “Haoma” tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat - “Voxumana” ko’rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi. Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga to’lgan edi). Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida Axuramazda dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u “Gatlar” (Hatlar) deb atalgan, qo’shiq qilib aytishga mo’ljallangan she’rlar yaratadi. 40 yoshida Zardusht avvalgi ko’p xudolik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan kitobiy din-Zardushtiylik dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri edi. Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zarurati ham tug’ilgan edi. Zardusht yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy etayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’layotganligi, o’troqlik turmush tarzi har jihatdan afzal ko’rinishi bilan ham xarakterli edi. Shunday turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat keltirayotgan hamda aksariyat bosqinchilik tusini olgan ko’chmanchilikka qarshi kurash hayotiy ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li - yakka xudolikka o’tishdan iborat, deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok bo’ldi.
Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning to’g’riligini bu dinning muqaddas kitobi-Avestoham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi-Avestoyakkayu-yagona xudo Axuramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. ikkitasi afsonaviy bo’lsa, qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston hududlariga to’g’ri keladi.
Zardushtiylikning ta’limoti dualistik mohiyati uning ruh va moddiyat masalasi va dunyodagi ikki qarama-qarshi ibtido, zid juftlar-jon va tana, yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot kabi ziddiyatlar munosabatida namoyon bo’ladi.“Ezgu fikr (niyat ), ezgu kalom, ezgu amal” tamoyillari bu dinning iymon va ahloq asoslarini tashkil etadi.
Zardusht butun borliq, olam, hamma narsa ibtidoiy va abadiy iloh Axura Mazdadan kelib chiqqan deb uqtiradi. Shuning bilan birga, Zardusht yovuz ruh, ya’ni o’z tabiatiga ko’ra harom va buzuqlik, bag’ritoshlik, razillik ramzi bo’lgan Ahrimanni insonlarga ta’riflab beradi. Yomonlikni ifodalovchi shafqatsiz, qabih Ahriman yovuzlik, iblis, hamma yaxshi narsalarni inkor etuvchi ruh, yolg’onchilik, adolatsizlik, o’zboshimchalik va o’lim homiysi bo’lib, doim buzg’unchilik bilan shug’ullanadi, odamlarni yo’ldan uradi va Axura Mazdaga qarshi ish olib boradi. Ular o’rtasidagi kurash abadiy, dunyo turguncha davom etadi. Pirovardida Axura Mazdani yo’q qiladi. Hayotdagi turli o’zgarishlar qaysi kuchlarning g’alaba qilishiga bog’liq. Shunga ko’ra inson ham tana, ham ruhning qarama-qarshiligidan, inson ahloqi esa yahshi va yomon xulq-odatlarning kurashuvidan iborat deb tushuntiriladi. Cheksiz abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan-yahshilik va Ahura Mazda hukmron bo’lgan abadiy yorug’lik, hamda yomonlik va Anhra Maynu homiysida bo’lgan abadiy qorong’ulik, zulmatdan tashkil topadi deyiladi.
Shunday qilib, Zardushtiylikning asosiy g’oyalarida-dunyodagi hamma tartibotlar yahshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va mamot o’rtasidagi kurashga bog’liq deb qaraladi. Bu dinda ta’kidlanishicha, Ahura Mazda tarafdorlaiga o’lgandan so’ng jannat, abadiy rohat-farog’at ato etiladi. Anhro Maynu tarafdorlari esa do’zahga mahkum qilinib, har hil azoblarga duchor bo’ladi. Oxirat kuni Tangri O’zining qayta tiriltirgan bandalarini so’roq qilib, ularga bu dunyoda qilgan yahshi yoki yomon amallari uchun tegishli ajrini beradi.
Zardushtiylikda tabiatga, yerga, suvga, butun jonzotlarga, daraxtu -o’simliklarga mehr bilan qarash targ’ib qilinadi. Olamning dastlabki bosh unsurlari - yer, suv, havo, olov ulug’lanadi. Ayniqsa, olovga gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Ibodatxonalarida esa mangu olov yonib turgan. Shuning uchun ham bu dinni “otashparastlik dini”, muxlislarini esa “otashparastlar”, “majusiylar” deb ham ataydilar. Zardushtiylikni butkul otashparastlik deb atash, bizningcha, noto’g’ri. Bunday qarash zardushtiylikdek qadimiy, murakkab dinning yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash haqidagi falsafiy mazmuni qolib, uni faqat o’tga sig’inish marosimlaridangina iboratdek qilib qo’yadi va shu jihatlari e’tiborni jalb qilib, asosiy maqsaddan chalg’itadi. Chunonchi, otashparastlik, ya’ni o’tga sig’inish boshqa davrlarda, boshqa xalqlarning ham e’tiqodlari bo’lgan. Olovni muqaddas deb bilish hozirda ham yahudiylik, nasroniylikning ba’zi urf-odatlarida saqlanib qolgan. Bu dinda murdani yerga ko’mish yoki kuydirish ta’qiqlanadi. Murda maxsus joyga qo’yilgandan keyin, etini qushlar yeb ketadi, tozalangan suyaklar esa maxsus quduqqa sochib yuboriladi.
Zardusht diniy marosim va bayramlarni ham joriy qildi. Qadimgi Eron va unga qo’shni bo’lgan xalqlarning marosimlarini o’sha davr ehtiyojlariga, yangi din qoidalariga moslashtirdi. O’shanda Parvardigori olam - Ahura Mazda uchun bir kunda 3 marta namoz o’qish odati bo’lib, kunning sahar, peshin, nomozshom vaqtlarida amalga oshirilar edi. Zardusht o’zining diniga e’tiqod qo’yganlardan bir kunda 5 mahal namoz o’qishni talab qildi. Namoz o’qishdan oldin yuz, qo’l, oyoqlardagi changlar yuvilib, poklanish shart edi. Zardushtiylik dinida yetti bayram nishonlangan, ular Axura Mazdaga bag’ishlanar edi. Shunday bayramlardan eng kattasi Navro’z edi. Zardushtiylarga xos 5 vaqt namoz va yetti bayram, umuman, uning ta’limoti, tariqati, ma’rifati, aqidalari katta kuch bo’lib, ming yillar davomida, yashash va odamlarga ilohiy ta’sir o’kazish vositasi bo’lib keldi.
Ba’zi olimlar hozirgacha zardushtiylikni ko’pxudolik yoki ikki xudolik dini deb keladilar. Bu masalaga tadqiqotchi olim, falsafa fanlari doktori, professor Ibrohim Karimov o’zining “Ma’naviyat, falsafa va hayot ” kitobida bildirgan fikrlari aniqlik kiritadi. “Hozirgi va kelajak avlod mustaqil, teran fikrlay oladigan ijodkor, zukko odamlar qadimdan shu diyorlarimizda ham bo’lganini, ularning sa’y-harakatlari bilan jahon madaniy taraqqiyoti rivojlanganini aniq va ravshan bilishlari lozim. Bu o’rinda gapni jahon xalqlariga yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy din bergan ulug’ vatandoshimiz Zardusht Spitoma faoliyatiga, u asos slogan zardushtiylik diniga va uning tarixiy taqdiriga burmoqchiman,” - deb yozadi Ibrohim Karimov.
“Zardusht miloddan ancha avvalgi davrlarda yashab o’tgan, shu hozirgi O’rta Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lib, ko’pxudolik diniy tasavvurlariga, tabiat hodisalariga, jumladan, olovga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudolikka asoslangan birinchi kitobiy din – Avestoni yaratgan va zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida e’tirof etilgan tarixiy shaxsdir”, - deb ta’kidlaydi olim.
Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob Avestodeb atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar).
Avesto haqidagi buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasidagi 12 ming qoramol terisiga tillo matn bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi”. Binobarin, Avesto Makedonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga qadar mavjud edi. AvestoMakedonskiyning hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 250-yilda arshohiylar davrida qayta tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Milodning III asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida kitob holatiga keltirilgan. “Avesto”ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida, bittasi esa pahlaviy tilida tiklangan.
O’lkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dininig tarqalishi natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi Avesto qattiq ta’qibga olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan, Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar. Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni, ayni paytda uning muqaddas kitobi Avestoto’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.
Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqidagi qayd etib o’tgan edik. Bu tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi “Vadovdot” (Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob “Yosin” deb ataladi va uning mazmuni asosan Zardushtning xatlari (nomalari) tashkil etadi. U 72 ta “Ha”, ya’ni bashoratlardan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligini iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.
Avestoning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. U 24 bobdan iborat bo’lib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi ham deyishadi. U ayni paytda “Yosin”ga qo’shimcha hisoblanadi.
To’rtinchi kitob “Bundahash” deb atalib, u qadimiy eron tilida-pahlaviy tilida-yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.
Avesto haqidagi eng muhim manba IX asrga oid “Denkard” (Din amallari)” asaridir. Unda “Avesto”ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi;oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.
Zardushtiylik dini haqidagi ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A. Dyupperon juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 - yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va “Avesto”ni fransuz tiliga tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 - yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Yevropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. “Avesto”dagi turkona jihatlar kam qolgan.

Yüklə 83,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin