2-mavzu. Moliyaviy siyosat
1.Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.
2.Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy
siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi.
3. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi.
4. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari.
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois
moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib
aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu
faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Siyosat davlat faoliyatining barcha
yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar
sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit,
ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida
ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi
hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar
bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
• bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni
aniqlab olish;
• qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar
esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini
ishlab chiqish;
• qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning
bajarilishini tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: |