TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Iste’molchining bozordagi harakati
Bajardi: ___________________
Tekshirdi: __________
TOSHKENT-2023 yil
REJA:
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari.
2. Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati nimadan iborat.
3. Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari.
I. Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
• bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish;
• qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
• qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig‘indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi, takomillashadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimning boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining kamchiliklari mavjudligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tatbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qolishi mumkin. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo‘lishi kerak;
• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliyaviy tizim barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosati aynan bir xil narsa emas, ularni bir-biridan farq qilishini tushunish kerak. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning o‘sishini mutanosiblashtirilgan (balanslashtirilgan) holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida e’tirof etish kerak. Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliyaviy tizimning o‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat. Moliyaning turli darajalari:
- Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi.
Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi.
- Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi.
- Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.
Moliya siyosati Moliya siyosati, byudjet siyosati davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi. Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi.
Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.
Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga taʼsir koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda.
Macalan, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi.
Moliya siyosati pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning usullaridan foydalanadi.
Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining
bevosita tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat.
Moliya siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir. Buning uchun byudjetning daromad qismi taʼminlanadi, byudjet daromadi va harajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga erishiladi.
Firmaning Moliya siyosati — bu firmaning oʻz moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel boʻlishi, likvidligini taʼminlash va oʻz-oʻzini moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining meʼyorida boʻlishiga, pul mablaglarining oʻz vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri taʼminlaydi. Xonadon Moliya siyosati — uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, yaʼni daromad manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni koʻzlaydi.
Moliya siyosatining natijasi uning asoslangan boʻlishi, real imkoniyatlardan kelib chiqishi va uni izchil amalga oshirilishiga bogʻliq.
Dostları ilə paylaş: |