Multimedia ilovalar turosti turlarining asosiy tushunchalari Taqdimot: • Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik rolik.
• Interfaol taqdimot – iyerarxik tamoyillar bo‘yicha to’zilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to‘plami.
Animatsiya: • Kadrlar animatsiyasi – tasvirlar harakati taassurotini beradigan suratlarning kadrlar bo‘yicha almashishi.
• Dasturiy animatsiya – dasturlangan amallar ketma-ketligi yordamida tasvirlar almashadigan animatsiya (ya'ni algoritm va o‘zgaruvchilar yordamida). Asosiy ob'yektlarni chizish qo‘lda amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yoxud galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.
O‘yinlar: • Ko‘ngil ochuvchi o‘yinlar – foydalanuvchiga bo‘sh vaqtini o‘tkazishga imkon
beradigan dasturlar.
• O‘rgatuvchi o‘yinlar – taqdim etilgan yengil o‘yin shaklida foydalanuvchiga
u yoki bu soha bo‘yicha o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam
beradigan dasturlar.
Video o‘qish qurilmalari: • Film kadrlari harakatini shakllantirish – harakat taassurotini uyg‘otuvchi rasmlar, kadrlar ketma-ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish.
• Videotasvirlar oqimini o‘qish qurilmasi – videooqim formatlari avi, mpeg v.b.ni o‘z ichiga olgan o‘qish qo‘rilmasini shakllantirish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqarish imkoniyati tug‘iladi (masalan, videofaylni ishga tushirish, pao’za, video boshiga tez o‘tish kabi buyruqlarni ishlatish).
Multimedia-galereyalar: • Tasvirlarning kadrlarda almashishi – tasvirlarning belgilangan vaqt oralig‘ida almashish tartibi.
• Panorama – katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng va katta plandagi manzara.
• Interfaol galereya – foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan galereya (tasvirlar bo‘yicha harakat).