Tovush o‘qish qurilmalari: • Bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasi – wav, mp3 va boshqa formatdagi ovozli faylni multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish.
• Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasi – bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasiga o‘xshash, lekin bajarish ketma ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda.
• Virtual musiqa instrumentlari – haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.
web uchun ilovalar: • Bannerlar – internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet resurslarda joylashtiriladi.
• Ma'lumot o’zatish ilovalari (masalan, mehmonlar kitobi).
Multimediali mahsulot yaratish uchun ko‘plab texnik instrumentlar mavjud.
Yaratuvchi gipermatn sahifalarini yaratishda ishlatiladigan dasturni tanlab olishi kerak. To‘liq funksional multimedia dasturlarini yaratishga imkon beruvchi bir qator kuchli multimedia yaratish vositalari mavjud. Macromedia Director, Macromedia Flash yoki Authoware Professional kabi paketlar yuqori darajadagi professonal va qimmat vositalar hisoblanadi, shu bilan birga FrontPage, mPower 4.0, HyperStudio 4.0 va Web Workshop Pro ularning oddiyroq va arzonroq analoglari hisoblanadi. PowerPoint va matn muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va chiziqsiz multimediali resurslar yaratishda foydalanish mumkin. Borland Delphi ham multimediali ilovalar ishlab chiqish vositasi hisoblanadi. Sanab o‘tilgan vositalar oson o‘qish va tushunish mumkin bo‘lgan to‘liq hujjatlar bilan ta'minlangan. Albatta, yana ko‘plab boshqa ishlab chiqish vositalari borki, sanalganlar o‘rniga ulardan foydalanib ham bir xil natijaga erishish mumkin.
Hozirgi kunda multimedia ilovalari yaratish texnologiyalarini o‘rgatuvchi
avtomatlashtirilgan tizimlar juda kam, ularni topishning iloji ham yo‘q. Ushbu
mavzuda darslar, kitoblar va maqolalar to‘plamiga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i
sahifalari ham shunday tizimlarga o‘xshaydi. Bunday saytlarning asosiy qismi
“Multimedia elementlari yaratish uchun flash darslari” yoki Macromedia Directorda multimedia yaratish” mavzulariga yo‘naltirilgan.
Multimedia taqdimoti turlari Interfaol multimedia taqdimoti – iyerarxik tamoyil asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan
multimedia komponentlari majmui.
Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
korporativ multimediali taqdimot;
multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
o‘rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig‘i;
elektron nashr yoki multimedali kitob.
Chiziqli multimedia taqdimoti – murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligi ta'minlangan va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan harakatli rolik.
Chiziqli taqdimotlar mo‘ljallanishiga ko‘ra shartli ravishda quyidagi shakllarga
bo‘linadi:
stend shaklidagi multimedia taqdimoti;
elektron doklad yoki jo‘rlikdagi taqdimot;
sales-taqdimot;
promo-rolik;
intro-rolik;
ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).
Maxsus multimedia yechim.
Shakllantirilgan ssenariylar bilan multimedia taqdimoti Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlarida ularni boshqarish bo‘yicha foydalanuvchi imkoniyatlari sezilarli darajada kengaymoqda. “ScenePro 2” tizimi yordamida taqdimotga quyidagi funksional imkoniyatlar joriy etilmoqda:
• multimedia taqdimotining daraxt shaklidagi to’zilmasini
shakllantirish;
• ssenariylarni shakllantirish – daraxtning har bir bosqichi uchun
taqdimotning mazmuniy qism(modul)larini ko‘rsatish ketma-ketligini tanlash;
• namoyish etish uchun tayyor ssenariylardan foydalanish;
• ovoz jo‘rliklarini alohida boshqarish.
Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlari o‘z ichiga interfaol va chiziqli multimedia ilovalari imkoniyatlarini birlashtirishi mumkin.
Nazorat savollari: 1. Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi 2. Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi 3. Multimedia ilovalari shakllari 4. Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar