2-mavzu Mustàqil o’zbekistîn Respublikàsining tàshkil tîpishi v
1993-yildanashr etilgan „O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning „o‘zbek modeli“deb qabul qilindi.
Tanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi.
O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar.
I.A. Karimov ana shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga boshqosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan 25 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi.