2-mavzu: Mustаqil o’zbekistоn Respublikаsining tаshkil tоpishi vа uning



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə1/16
tarix10.11.2022
ölçüsü119,5 Kb.
#68424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-mavzu Mustàqil o’zbekistîn Respublikàsining tàshkil tîpishi v


2-MAVZU: Mustаqil o’zbekistоn Respublikаsining tаshkil tоpishi vа uning tаriхiy аhаmiyati. O’zbekistоnning o’zigа хоs istiqlоl vа tаrаqqiyot yo’li.


REJA:

  1. O‘zbekistonning Ittifoq shartnomasini yangilashga munosabati.

  2. 1991-yil avgust voqealari.

  3. O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.

  4. Islom Karimov – mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi.

  5. Prezidentlik institutining shakllanishi.

  6. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi.

  8. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.

O‘zbekistonning Ittifoq shartnomasini yangilashga munosabati. O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respublikalar — kuchli markaz“ der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin