2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar



Yüklə 82,05 Kb.
səhifə4/6
tarix05.11.2022
ölçüsü82,05 Kb.
#67476
1   2   3   4   5   6
2-мавзу. янги

2. Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar. XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot murakkablashib borganligini ko‘rish mumkin. Bu milliy manfaatlarni qat’iy turib himoya qila olmagan respublika rahbariyati bilan ham bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi.
O‘zbekistonda “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarilishi mahalliy kadrlarni markazdan jo‘natilgan kadrlar bilan almashtirilishiga bahona bo‘ib xizmat qildi.
Aslida “paxta ishi” qanday ish edi, va u qanday tashkil qilindi?
SSSR tarkibida O‘zbekiston paxta etishtirishga ixtisoslashtirildi. Paxta etishtirish davlat rejasi yillar davomida oshirib borildi, rejalshtirish markazdan paxta yetishtirish qiyinchiliklarini tushunib etmagan, paxta etishtirish bo‘yicha O‘zbekistonning imkoniyatlarini tushunishni istamagan kadrlar tomonidan taiyyorlanganligi sababli, O‘zbekistonning imkoniyatlari hisobga olinmadi. 80-yillarda 6 million tonna paxta etishtirish O‘zbekiston elkasiga yuklangan edi. Natijada bu rejani to‘liq bajarish imkoniyati yo‘qligi, komunistik partiya topshirig‘ini bajarmaslik uchun jazo muqarrarligi tufayli, uning ma’lum bir qismi qo‘shib yozila boshlandi. Paxta etishtirish rejasi to‘liq bajarilmayotganligi, etishtirilmayotgan paxta uchun ham pul olinayonganli aniqlangandan keyin tergov ishlari boshlanib ketdi. 1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori A.Rekunkov topshirig‘iga ko‘ra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida malakatning turli mintaqalaridan to‘plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, O‘zbekistonda paxta etishtirish jarayonlarida qo‘shib yozishni amalga oshirgan rahbar kadrlarni tergovga tortish va ularni jazolash faoliyatini boshladi.
Natijada, “O‘zbekiston tergov usullari o‘tkaziladigan “maydon”ga aylanib qoladi. "Paxta ishi" Moskva uchun o`zbek siyosiy kadrlarini tubdan o`zgartirish ishlarini amalga oshirish uchun dastak bo`ldi. Paxta ishi korrupsiyaga qarshi kurashishdan ko`ra o`zbek milliy va partiyaviy rahbarlarini obrusizlantirish orqali o`zbek xalqi milliy ruhini zaiflashtirishga qaratildi. "Paxta ishi" asta-sekin kengayib borib, O`zbekistonda 2600 kishi qamaldi. "Paxta ishi" deb nomlangan qatag'onga milliy va diniy tus berilib, u "o'zbeklar ishi"ga aylantirildi va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi. O'zbekiston KP MQ ning 1984 yildagi XVI plenumi Markazning "sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya ko'rsatmalariga to'la amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. Ulardan Sovet turmush tarzini ulug'lovchi asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi.
“Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin Markazdan jo‘natilgan kadrlar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va respublika Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar. O‘zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillari Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan ”kadrlar to‘dasi”ning boshliqlari — Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi.
Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandi. Oddiy dehqondan tortib O‘zbekiston Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. 24 ming kishi bu qatog‘onlardan jabr ko‘rdi.
Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin, bu illatlarni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoqosti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi, markazga nisbatan ishonchsizligi yanada ortib bordi.
Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘zgara boshladi. Ziyoliylar va omaviy aхborot vositalari faolligi tufayli o‘tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Norasmiy guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. 1989 yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi. SHuningdek, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojeasining oldini olish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar. Biroq bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan etarli darajada uyusha olmadi. “Birlik” xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida siyosiy kurash olib borish o‘rniga namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko‘cha va maydonlarda to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug‘ullandi. Oqibatda “Birlik” bo‘linib ketdi. 1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih (Saloy Madaminov) boshliq bir guruhi “Erk” nomli siyosiy partiya tuzdi.
Biroq, “Erk” partiyasi rahbarlari ham jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish zaruriyatini, qanday islohotlar o‘tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va ruhiyatini o‘zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o‘tish davrini bosib o‘tish kerakligini anglab, tushunib etolmadilar. Ular ehtiroslarga berilish, jamiyatni yangilash borasida keskin chora-tadbirlar ko‘rish talablari bilan chiqa boshlashdi.
XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O'z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. Mesxeti turklari bilan mahalliy millat vakillari o‘rtasida millatlararo mojaro yuz berdi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi.
Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg`unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojea sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi.
Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan manfaatdordek, fojea ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan O'zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, ohir-oqibatda butun O'rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojealarni avj oldirishni ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi.
Farg‘ona fojeasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi?
O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23 iyunda bo‘lgan XIV plenumida Farg‘ona fojeasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 29 iyulda bo‘lgan XV plenumi tomonidan ma’qullandi. Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga etarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba bermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo‘jalik strukturasi izdan chiqqan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi. Ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko‘rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlari buzilgan, poraxo‘rlik, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rgan reja asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka, Parkent, O‘sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. YOvuz kuchlar bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadiga erisha olmadilar. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit tahlikali va ziddiyatli tus olganligini quyidagicha umumlashtirish mumkin: birinchidan, «paхta ishi» va «o‘zbeklar ishi» degan ayblovlar bilan yangi qatag‘on davri boshlandi. Ko‘zga ko‘ringan tajribali rahbarlarning asosiy kismi jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda butun mamlakatda parokandalik, loqaydlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi.

Yüklə 82,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin