2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Yüklə 1,54 Mb.
səhifə7/8
tarix05.04.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#93432
1   2   3   4   5   6   7   8
Shukurova Aqida tarix

1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi. Natijada 50 dan ziyod kishi halok bo’ldi, 200 dan ortiq kishi yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlarni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan. Bunday mudhish voqealar Farg’ona, Sumgait, Boku, Tog’li Qorabog’, O’sh, O’zgan va boshqa mintaqalarda uyushtirilgan ig’vogarliklar bilan bir qatorda turar edi.

3. Aholi turmush tarzini og’irlashuvi. Orol fojiasi.

Sovetlar davrida xo’jalikni boshqarish tizimiga o’rnashib olgan bunday illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga yanada ko’proq zarar keltirdi. Yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar, xo’jalikda madaniy ish yuritish printsiplarining qo’pol buzilishi natijasida iqtisodiyotning muhim yo’nalishlari barbod bo’la boshladi. Oqibatda, 80-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatgichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi o’rinlarga tushib qoldi. Aholi jon boshiga milliy daromad olish O’zbekistonda ittifoq darajasidan ikki barobar kam edi.

Respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish tarmoqlari rivojlanganligi tufayli sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog’i ittifoq darajasidagi umumiy mahsulotlarning faqat 25% ni, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish esa o’rtacha 40% ini tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvida ittifoq miqyosidagi xatoliklar O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yuzaga kelishiga ko’lami jihatidan ortishiga, aholining moddiy va moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keldi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishi asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati, resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60-65%ga yetdi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin