2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org
Yodgorlik binolarining bezaklari xilma-xil va sermazmundir. Ular binolarning fungsional vazifasi hajmiy mutanosibligiga mos kelib, xalq madaniy an‘analarini o‘zida ifoda etadi. Me‘moriy binolar bezagida o‘simliksimon, handasaviy va epigrafik naqsh turlari uyg‘unligida jozibali kompozitsiya yaratilgan. O‘rta Osiyo san‘atida o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan girih naqshlar keng tarqalib, hozirgi yog‘och, ganch, tosh o‘ymakorligi, kulolchilik, g‘isht terish, mozaika va devor naqshlarida foydalanilmoqda.
Yodgorlik binolarining bezaklari xilma-xil va sermazmundir. Ular binolarning fungsional vazifasi hajmiy mutanosibligiga mos kelib, xalq madaniy an‘analarini o‘zida ifoda etadi. Me‘moriy binolar bezagida o‘simliksimon, handasaviy va epigrafik naqsh turlari uyg‘unligida jozibali kompozitsiya yaratilgan. O‘rta Osiyo san‘atida o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan girih naqshlar keng tarqalib, hozirgi yog‘och, ganch, tosh o‘ymakorligi, kulolchilik, g‘isht terish, mozaika va devor naqshlarida foydalanilmoqda.
Girih san‘ati, ayniqsa IX-XII asrlarda ravnaq topdi. U tekis va bo‘rtma yuzalar hisobi usullarining takomillashuvi natijasida peshtoq hamda ravoq kabilarni bezashda ham ishlatildi.
XIV-XV asrlarda koshinkorlik san‘ati rivojlanib, bin ova inshoatlar serjilo ranglar berib tayyorlangan koshin hamda parchinlar bilan qoplanib ajoyib naqshlar bilan bezatildi. Masalan ko‘hna urganjdagi Torabekxonim maqbarasi, Samarqanddagi Shoxi Zinda ansambili, Ishratxona, Oqsaroy va boshqa me‘moriy yodgorliklar ana shunday uslubda sayqal topgan.
Amir Temur davrida Samarqandni ilm-fan, san‘at va madaniyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Amir Temur yuksak madaniyat va ma‘naviyat homiysi bo‘lgani uchun bepoyon davlati hududlaridan olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me‘morlar, iqtidorli usta, hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo‘rlik qiladi.
Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand kulolchiligida badiiy kulolchilik alohida ajralib turgan rang-barang bezaklar, bo‘yoqlar bilan bezatilgan idish tovoqlar kundalik ro‘zg‘or idishlaridan ko‘ra ko‘proq san‘at namunalariga yaqin turgan. Amir Temur va temuriylar davri badiiy kulolchiligiga nazar soladigan bo‘lsak bu davrda yangi uslublar, shakllar, bezaklar kashf qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Samarqand kulollari mahalliy koshin asosida oq-sutrang xomashyo yaratib, unga kobalt bilan surat chizishni kashf qilishadi. Bunday usulda yasalgan idishlar jarangi va nafisligi bilan Xitoy chinnisidan qolishmagan. Bu davrdagi kulolchilik idishlari XII-XIII va XVI-XVIII asrlardagi spool idishlardan alohida ajralib turadi. Ba O‘rta Sharq kulolchiligida o‘z o‘rniga ega. Shu sababli bu uslub hunarmandchilik tarixida ―Temuriylar uslubi‖ degan nom bilan alohida e‘tirof etilgan.
Metallga badiiy ishlov berish san‘ati Amir Temur davlatida, ayniqsa, poytaxt Samarqandda juda rivojlangan. Tarixiy manbalarda va keying davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Mohir ustalar oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish-tovoqlar, shamdonlar, qurol-yarog‘lar yasaganlar. Qimmatbaho metallardan ishlangan idish-tovoqlar, qadah, ko‘za va oftobalar Amir Temur uyushtirgan sayil, bazm, to‘ylarda hamda elchilarni qabul qilish marosimlarida ishlatilgan. O‘sha davrda yasalgan qandillar juda hashamatli, qimmatbaho bo‘lganini tarixchi Ibn Arabshoh yozib qoldirgan.
Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar paytida topilgan 60dan ziyod metal buyum XIV-XV asrlardagi Samarqand chilangarchilik maktabi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganligini yaqqol isbotlaydi. Bu yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko‘zalar, oftobalar, laganlar, kosalar, shamdonlar, eshik dastalarining sirtiga ustalar nozik kumush iplardan ajoyib naqshlar solganki, bular jilosi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur davrida Samarqandda zargarlik, shishasozlik, sangtaroshlik, temirchilik ham yaxshi rivoj topgan. Ularning ayrim namunalari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda.
Samarqandda yog‘och o‘ymakorligi ham taraqqiy qilgan. Yong‘oq va tut kabi pishiq ashyolar (yog‘ochlar)dan yasalgan eshiklarning sirtiga geometric va o‘simliksimon naqshlar solingan, husnixat bilan ishlangan yozuvlardan esa qo‘shimcha bezak sifatida foydalanilgan. Samarqanddagi Shoxi Zinda va Amir Temur maqbaralariga o‘rnatilgan yog‘och eshiklar yuksak darajadagi san‘at asarlari sifatida qadrlanadi. Ularning ayrim namunalari bugungi kunda Angliyada, Nyu-Yorkdagi Metropoliten, Ermitaj muzeylarida saqlanmoqda.
Amir Temur oz fursat ichida Samarqandda san‘at va madaniyatni, shaharsozlikni, me‘morchilikni yuksak cho‘qqilarga ko‘tardi. Bu yerdagi madaniy jarayonlarning dunyo olmlari tomonidan ―Temuriylar renessansi‖ deb baholanishi ularning umumbashariy tafakkur rivojida qanchalik ulkan ahamiyat kasb etganini haqqoniy e‘tirofidir.