2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org
Bu an‘analardan yangi vazifalarni hal qilish yo‘lida foydalanish O‘zbekiston xalq amaliy bezak san‘ati rivojlanishining muqarrar shartidir. Ushbu san‘atda ham xalq xarakterining nozik xususiyatlari, uning estetik qarashlari, dini, atrof-muhitga munosabati, iste‘dodi xuddi afsonalardagi, musiqa, she‘riyat va raqsdagi singari o‘z aksini topgan.

O‘zbekistonda amaliy san‘atning juda keng yoyilgan turi kulolchilik san‘atidir. Bu san‘at ildizi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologlar tomonidan respublika hududida topilgan sopol buyumlar qadimgi ustalarning dahosidan hamda shaklning sermazmun va lo‘ndaligidan dalolat beradi. Bular — sopol laganlar, likopcha va piyola, kosalar, ko‘zalar, xumchalar, shaklan xilma-xil idishlar va boshqalar. Aholi va mehmonlarda ularga ehtiyoj avval ham katta bo‘lgan, hozir ham katta. Bu buyumlar shaklan go‘zal, naqshinkor, bir me‘yorda rang berib, yuksak iste‘dod va did bilan yasalgan hamda san‘at darajasiga etkazilgan.
O‘zbek keramikasi ikki turga: sirkor va sopol keramikaga bo‘linadi. Hozirgi kunda keramika markazlari respublikaning Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, G‘ijduvon, Rishton, Qo‘qon, G‘urumsaroy, Kasbi, Uba, Denov, Madir, Yangi-ariq kabi shaharlarida joylashgan. Farg‘ona vodiysi va Xorazm sopol buyumlari ko‘k-oq-yashil ranglarda tovlansa, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro sopoli jigarrang-sariq tusda tovlanadi.
Naqshinkor bezaklarning qo‘llanilishi va talqinida an‘analarning rang-barangligi namoyon bo‘ladi. Kulollar buyum yasashar ekan, naqshinkor rasm, rang va shaklning murakkab nisbatini nozik his etishadi. Buni mashhur kulol ustalardan A. Muzaffarov, M. Obloqulov, R. Matchonov, I. Komilov, X. Sotimov, M. Rahimovning muzey to‘plamlarida saqlanayotgan asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin.