1
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash
Z.Isaqov – Qo‘qo‘n DPI
dotsenti,
G.Asqarova – Qo‘qon DPI magistranti
Sinonimlar “bir nomli” degan ma’noni bildirib, shakli har xil bo‘lsa ham,
ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar sanaladi. Ma’nodosh so‘zlar
bir xil
predmetlarni (o‘t, olov, gulxan), predmetning bir xil belgisini (chiroyli, go‘zal,
lobar, suluv), bir xildagi harakatni (yugurmoq, chopmoq) bildiradi.
Ma’nodoshlarda umumiy va xususiy ma’nolar farqlanadi. Umumiy ma’no bir
necha so‘zni birlashtiruvchi ma’no: taom, yemish, xo‘rak so‘zlarining umumiy
ma’nosi “ovqat”dir. Lekin har bir so‘zda xususiy ma’no ham mavjud. Taom
insonga
nisbatan ishlatilsa, yemish va xo‘rak ko‘proq hayvonlarga nisbatan
qo‘llaniladi.
Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) leksik ma’nodoshlik; 2)
frazeologik ma’nodoshlik; va 3) leksik-frazeologik ma’nodoshlik
1
.
Leksik
ma’nodoshlikdan til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda
kambag‘alligi va g‘alizsizligidan qochish uchun foydalaniladi. To‘rtinchi sinf
“O‘qish kitobi”
darsligi
2
da ma’noni kuchaytirish,
ifodani yorqinlashtirish
maqsadida sinonimlardan foydalanilgan o‘rinlarni kuzatsak: Shukur Sa’dullaning
“Laqma it” asarida:
“Na
uyi bor, na
boshpana
Hech kimi yo‘q –
yakka yana.
Dang‘illama va
serhasham,
Havasing kelsin biram.
Yoz kelsin-chi, quray bir uy,
Bir saroyki,
tengsiz...
voy-bo‘y.
Qor yog‘adi
gupillatib,
Molxonani
do‘pillatib
O‘tib ketdi bilinmay yoz,
Kuz boshladi:
sovuq, ayoz”.
Uy va boshpana so‘zlari bir turkumga mansub bo‘lib, ot sanaladi va sanash
orqali ma’no kuchaytiruvchi
uslubiy xossaga ega, bu so‘zlarga yotoqxona,
manzilgoh so‘zlari ma’nodoshlik hosil qiladi.