Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash



Yüklə 316,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü316,27 Kb.
#122508
1   2   3   4
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash

Qaltirashib, titrashur” so‘zlari sinonimi bir o‘rinda keltirilgan. 
Titramoq, qaltiramoq, qalt-qalt qilmoq, dildiramoq (diydiramoq), dir-dir 
qilmoq sinonimlari titroq, qaltiroq holatida bo‘lmoqlikni bildirib, titrash jonli va 
jonsiz narsalarga, qaltiramoq esa asosan odamga nisbatan qo‘llanadi va ma’noni 
titroq so‘ziga nisbatan kuchli ottenkada ifodalaydi. Dildiramoq, diydiramoq sovuq 
ta’sirida bo‘ladigan titrash ma’nosida qo‘llanadi (O‘TSIL
– B.195). Cholning 
qaltirashi, titrashi keksalikning sifati qilib ifoda etilgan xolos. 
Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” (184-bet)da: 
“Bilsin urishqoq, jallod, Qotil, odamxo‘r, battol” misrasida urishqoq, jallod, qotil, 
odamxo‘r, battol so‘zlari ma’nodoshlik hosil qilgan. 
Ba’zi o‘rinlarda sinonim so‘zlar asarda qator keltirilmagan bo‘lsa-da, shu 
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini ochishda ma’nodoshlari bilan ishlash ta’lim 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Qudrat Hikmatning “Qish to‘zg‘itar 
momiq par”she’rida “Yerga serbar oq namat Yozilganday yaltirar” misrasida 
serbar, namat so‘zlari ustida ishlanadi.



Serbar Eni keng; enli. Serbar chit. Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar 
kamariga osilgan kalitni olib, eshikning qulfini jaranglatib ochdi
4

Namat (forscha – kigiz) Yungdan bosib ishlangan palos, kigiz. Chaylaning 
oldiga solingan namat ustiga oyoqlarini uzatib o‘tirdi (O‘TIL. T.3. – B.15). She’r 
misrasini “Yerga keng oq kigiz solinganday yaltirar” gapi orqali izohlasa bo‘ladi 
Tursunboy Adashboyevning “Qish” (90-bet)da “Quyon po‘stin tikibdi 
O‘ziga oq tivitdan” misrasidagi tivit so‘zining ma’nodoshlari orqali so‘zning 
ma’nosi yorqinlashtiriladi. Tivit – hayvonlarning nozik va mayin juni; shu jundan 
to‘qilgan, ishlangan mato; shu matodan ishlangan, tikilgan narsa. Sifatli tivit olish 
maqsadida har yili qishlovga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz (O‘TIL. T.4. – B.82).
Abdulla Oripovning “Sharq hikoyasi” she’ridagi “Ahmoq ekan bular rosa
Insofi yo‘q lavanglar” misrasidagi lavang (so‘zlashuv tilida ishlatiladi, adabiy tilda 
lavand (forscha – bo‘sh, dangasa, bekorchi) so‘zi ustida ishlanadi: O‘zini-o‘z udda 
qilolmaydigan, qo‘lidan biror ish kelmaydigan, shalviragan, bo‘shang, noshud. Boq 
endi ibrat ila, bo‘lma ko‘p lavand-u go‘l (O‘TIL. T.2. – B.482). 
G‘afur G‘ulomning “Ola buzoq” she’rida “Katta bo‘lsin ola buzog‘im, 
Ovunchog‘im, erkam, ma’rog‘im!” misrasidagi ma’rog‘ so‘zining ma’nosi 
izohlanadi. Ma’ramoq fe’lidan yasalgan, q tovushi egalik ta’sirida g‘ tarzida 
aytiladi, buzoqni erkalatib shoir yangi so‘z yasab ma’rovchi sifati o‘rnida maroq 
so‘zini hosil qilgan. 
Anvar Obidjonning “Jo‘ja” she’ridagi “Yorib chiqdim tuxumni, Shunday 

Yüklə 316,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin