2
ko‘rinishi zo‘r. Hashamatli, serhasham so‘zlarida belgi darajasi kuchliroq (O‘TSIL
– B.84).
Tengsiz, voy-bo‘y so‘zlari kontekstual sinonim bo‘lib,
matn uchungina
ma’nodosh sanaladi, negaki sinonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi
kerak, ammo bu o‘rinda tengsiz sifat turkumiga, voy-bo‘y esa undov so‘z
turkumiga mansub bo‘lsa-da, mana shu o‘rin uchun
shartli ravishda sinonimlik
yaratilgan. Gupillatib, do‘pillatib so‘zlari ma’noviy sinonim bo‘lib, holatni
kuchaytirib yetkazish maqsadida ishlatilgan. Sovuq so‘zi ham ma’noviy
sinonim
bo‘lib, holat ayoz leksemasi bilan kuchaytiriladi.
Abdulla Oripovning “Iqboli buyuksan” she’ri (4-5-bet)da “Sen o‘zbek
elining
farzandi,
Istiqlol
yurtining
dilbandi”,
Muhiddin
Omonning
“Gulg‘unchalarmiz”she’ri (18-)da:
“Ilm-u hunar bilan dunyoni olgan,
Buyuk allomalar –
avlodlarimiz.
Go‘zal san’atiga jahon lol qolgan,
Ijodkor zotlarning
zurriyotimiz”.
Banddagi avlod va zurriyot so‘zlari uyadosh so‘zlar bo‘lib bu o‘rinda
o‘qituvchi ikki so‘zning sinonimlari ustida ishlasa maqsadli bo‘lur. Avlod
qarindosh, urug‘, tug‘ishgan, jigar, jigarband, jigargo‘sha, xesh so‘zlari
bilan
ma’nodoshlik ifodalab, tug‘gan-tug‘ishganlik munosabatidagi shaxslarni bildirsa,
zurriyot so‘zi farzand, bola, zurriyot, tirnoq so‘zlari
bilan sinonimlashib, er-
xotinning o‘zidan dunyoga kelgan zotni ko‘rsatadi (O‘TSIL
– B.207-250).
Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’ri (21-bet)da: “G‘ir-g‘ir
shamol yeladi, Buni
hamma biladi. O‘giradi yelga yuz” misralari mavjud. Shamol, shabada, yel, sabo
so‘zlari ma’nodosh bo‘lib, havo oqimining gorizontal yo‘nalishdagi harakati
(O‘TSIL
– B.227) ni ifodalaydi. She’rda shoir takrorni yo‘qotish maqsadida
shamol so‘zining ma’nodoshini ishlatib, nutqning boy ifodasini ko‘rsatadi.
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o‘rar” asari (31-32-
bet)da: “Non yeganda lablari Burni bilan so‘zlashur. Choy ichganda qo‘llari
Dostları ilə paylaş: