2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org
Qo‘qonlik Qodirjon Haydarov, toshkentlik Saidazim Qosimov va Nigmat Ibrohimovlar XX asrda O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakorligida dong taratgan naqqoshlar hisoblanadilar. Hozirgi kunda yog‘och o‘ymakorligi zamonaviy me‘morchilikning ommalashib ketgan bezagi va o‘zbek amaliy bezak san‘atining gurkirab rivojlanayotgan turiga kiradi. Iste‘dodli va salohiyatli yosh ustalar Ortiq Fayzullaev rahbarligida inshootlar uchun me‘moriy detallarni — shift to‘sinlari, muqarnaslar, karnizlar, eshiklar, ustunlarni va shu kabilarni yaratish bilangina chegaralanishmayapti. Ular O‘zbekiston aholisi mehmonlari uchun nakqshinkor qutilar, qalamdonlar, lavhdar, turli ko‘rinishdagi kursi hamda kursichalar ham yasashmoqda.

XX asrda yog‘och va ganchni nakqshinkor bezash bilan ustoz naqqoshlardan Yoqubjon Raupov, Toir To‘xtaxujaev, Jalil Hakimov, Madamin Husanov, Saidmahmud Norqo‘ziev shug‘ullanishgan. Ular yangi naqshinkor bezak maktabini yaratishgan.
Bu ustalarning shogirdlari Anvar Ilhomov, Sobirjon Shukurov, Baxtiyor Rahmonberdiev, Nosir Nabiev, Jamolitdin Erkaboev, Abdusamat Mahmudovlar ustozlarining jamoat, ma‘muriy va turar joy binolarini bezash bo‘yicha an‘analarini ham davom ettirib, rivojlantirishdi. Naqshinkor-bezakli buyumlar — ko‘p qirrali naqshinkor kursilar, o‘rindiqlar, qutilar, pardalar, ko‘zalar ko‘rgazma, muzey, badiiy salonlar hamda yarmarkalarga kelganlarning ko‘zini quvontiradi.
Zamonaviy intererni bezashda milliy uslubdagi ganch o‘ymakorligi katta o‘rin tutadi. Uning bisotida jimjimador islimiy handasaviy bezaklar ham bor. O‘zbek ustalarining ganch o‘ymakorligi san‘atida hajmdor muqarnasli karnizlar (sharafa)ni murakkab handasaviy uslubda tayyorlash hamda nafis panjara naqshlar alohida soha bo‘lib, ular quyma usulda, qo‘lda pardozlab tayyorlanadi.