2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari



Yüklə 56,05 Kb.
səhifə14/15
tarix11.05.2023
ölçüsü56,05 Kb.
#111372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org

Joynamoz tayyorlash XIX asrda qirg‘izlar orasida, Farg‘ona vodiysi axolisi o‘rtasida xamda qashg‘ar va sinszyanda keng tarqaldi.Bu davrda tayyorlangan joynamozlar asosan jamoatchilik nusxalari bo‘lib, ularda bir vaqtning o‘zida yeti kishi namoz o‘qishi mumkin. Shu turdagi gilamchalarda xam albatta mexrobli peshtoq mavjud bo‘lib, ularda o‘simliksimon naqshlar ko‘p. Biroq joynamozlarning tasvir uslubi va naqshlari mavzusi maxalliy xususiyatga egadir. Bulardan biri peshtoqning butun fonini xayot daraxti ko‘rinishidagi yirik manzaraning egallashidir.


  • Joynamoz tayyorlash XIX asrda qirg‘izlar orasida, Farg‘ona vodiysi axolisi o‘rtasida xamda qashg‘ar va sinszyanda keng tarqaldi.Bu davrda tayyorlangan joynamozlar asosan jamoatchilik nusxalari bo‘lib, ularda bir vaqtning o‘zida yeti kishi namoz o‘qishi mumkin. Shu turdagi gilamchalarda xam albatta mexrobli peshtoq mavjud bo‘lib, ularda o‘simliksimon naqshlar ko‘p. Biroq joynamozlarning tasvir uslubi va naqshlari mavzusi maxalliy xususiyatga egadir. Bulardan biri peshtoqning butun fonini xayot daraxti ko‘rinishidagi yirik manzaraning egallashidir.

  • O‘zbeklar va tojiklar tukli gilamchalardan emas, ko‘proq kashtalangan joynamozlardan foydalanishgan. Buxoroda tayyorlangan XIX asrga mansub joynamoz nusxalari ipakli matoda kashta bajarilgan. Biroz betartibday bo‘lishiga qaramasdan unchalik keng bo‘lmagan yo‘l b-n bo‘lingan va o‘simliksimon shoxchalar b-n bezatilgan mexrobdagi tasvir aniq ko‘zga tashlanadi. Mexrobli taxmon uch atirgul tupi b-n bezatilgan. Moxir musavvirning xomaki chizmasi asosida bajarilgan ushbu joynamoz nusxalari mexrobli taxmon xam, o‘simliksimon naqshlar xam joynamoz uchun zaruriy unsur ekanligini ko‘rsatadi.

  • Joynamozdagi naqshlar davrlar va jamiyatning barcha qatlamlari uchun xos ma‘naviy olam o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini bildirib turadi. Ular islom an‘analari, shuningdek, milliy madaniy-tarixiy jarayonni nurlantirib turuvchi adabiy manba bo‘lib qoladi.

  • Naqqoshlik san‟atining turlari

  • San‘at tarixida Kamoliddin Behzod davri nafaqat miniatyura rangtasvirning balki naqqoshlik san‘atining ham mislsiz rivojlangan davri bo‘lib keldi. Behzod singari boshqa miniatyurachi-rassomlar ham kompozitsion miniatyuralar yaratish sir asrorlarini mukammal egallab olgan edilar. Shuningdek, bu davrda faqat naqqoshlik bilan shug‘ullanuvchi rassomlar bo‘lib, ular qo‘lyozmalarning sarvaraqlari, unvonlari va sahifa matnidan tashqari bo‘sh joylarni naqshlar bilan bezatishgan. Eng mohir naqqoshlar mahobatli binolar, gilamlar, matolar, kandakorlik buyumlarni bezab turuvch naqshu nigorlarning andozasini chizib berishgan. Natijada, bezak ishlarining umumiy uslubi Sharq musulmon san‘atining barcha turlarini birlashtiruvchi yagona bezak uslubi vujudga kelgan. Naqsh ma‘lum hudud badiiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim manba bo‘lib kelgan. Uning umumiy tarzda tarqalishi ilohiyatni sheriyatda ifodalangan singari qiyofalashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu islom dinining muhum xususiyatidir: Olloh inson singari aniq bir qiyofaga emas ekan rassomlar tasavvuridagi olam ham mavhum shakllar orqali timsollashtirilgan. Islomda borliqni tasirlash man etilgan. Aksicha islom madaniyatida naqshlarda ideallarni mujassamlashtirilgan shaklda timsollashtirilishi talab etilgan.

  • Islom san‘ati uchun xos naqshlar uslubi X-XII asrlarda yuzaga kelgan. Dastlabki naqsh andozalari qo‘lyozmalarni bezash uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida naqsh me‘moriy binolar tekisliklarini ham zabt etdi. Nihoyat XIV-XVI asrda yangi texnalogiya qo‘llanilishi tufayli san‘atning barcha turlarida naqsh ifodalana boshlandi. Shunday qilib XIV asrdan e‘tiboran me‘moriy inshootlarda sirlangan g‘isht va kamsonli o‘yma qismlar bilan bir qatorda, devor sathini to‘la egallaydigan murakkab shaklli o‘simlik shoxlari va gullarini tasvirlashga imkon beradigan yangi turdagi sirli spool mozaika va guldor sirli sopollar qo‘llanila boshlangan. Gilamchilikda esa XV asrda girihiy naqshlar o‘rniga egiluvchan, nafis chiziqlardan iborat o‘simliksimon naqshlar ishlatilgan.

Yüklə 56,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin