2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari Reja



Yüklə 44,92 Kb.
səhifə2/3
tarix31.03.2023
ölçüsü44,92 Kb.
#91778
1   2   3
2-mavzu

Bank va uning turlari

t/r

Turkumlash belgilari

Bank turlari




Vakolatiga qarab

  • emissiya qiluvchi banklar

  • tijorat banklari

  • investitsion banklar

  • universal banklar




Operatsiyalarni bajarish xarakteriga qarab

  • tarmoqlar bo’yicha

  • mij ozlar tarkibi bo ‘yicha

  • miqdor bo’yicha

regionlar bo’yicha xizmat qiluvchi banklar




Mulk shakliga qarab

ixtisoslashgan (masalan, ipoteka) banklar

  • davlat banklari

  • aksioner (hissador) banklar

  • xususiy banklar

  • aralash banklar




Faoliyat miqyosiga qarab

• bank konsorsiumlari










  • yirik banklar

  • o’rta banklar

  • mayda banklar




Xizmat qilish sohasiga qarab

  • mahalliy (regional) banklar

  • regionlararo banklar

  • milliy banklar

  • xalqaro banklar




SHo‘‘balar soniga qarab

  • sho‘‘basi bor banklar

  • sho‘‘balari yo‘q banklar

Demak, bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.


Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan ko‘proq banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga harakat qiladilar.
Ana shunday moliya institutlari o’zlarini bank bo’lmagan banklar deb ataydilar
Bank bo’lmagan banklar (asosiy muassasalar)

t/r

Bank bo’lmagan
muassasalar

Mashg'uloti

1.

Ipoteka Kompaniyalari

tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki yashash uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa muddatli kredit berish bilan shug'ullanadilar

2.

Faktoring Kompaniyalar

vaqtinchalik moliyalashni ta’minlash maqsadida (asosan debitorlar schyotidan) korxonalardan qisqa muddatli aktivlarni sotib oladilar

3.

Trast Kompaniyalar

korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydigan tashkilotlar mulklarini boshqaradi va ularni himoya qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga j oylashtiradilar

4.

Ma’lumotlarni qayta ishlash kompaniyalari

ma’lumotlarni kompyuter ishlab ularni uzatish bilan shug‘ullanishadi

5.

Sug'urta kompaniyalari

sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni beradilar




6.

Qimmatli qog’ozlar savdosi bilan shug‘ulla- nuvchi brokerlik firmalari

opsion shartnomalari, valyutali moliyaviy fyucherslar, muomaladagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi bo’yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar

7.

Moliyaviy masalalar bo’yicha maslahat beruvchi firmalar

aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo’yicha mijozlarga kiradilar

8.

Qimmatli qog’ozlarni tarqatish bilan shug’ullanuvchi firmalar

davlat va munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar aksiya- larini, qimmatli qog’ozlarni, korporatsiyalarning qarz majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’minlangan qim-matli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, yuqorida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni investorlarga takroriy sotishni taklif qiladilar

9.

Moliyaviy Kompaniyalar

korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq muddatli kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘ullanadilar

10.

Kredit kartochkalari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar

chakana savdo korxonalarini qo‘llab quvvatlash va xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadilar

11.

Lizing Kompaniyalari

aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxonalarga, xususiy shaxslarga ularni ijaraga beradi

12.

Sug’urta Agentliklari

kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis brokerlik va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar

13.

Ko’chmas mulk operatsiyalari bilan bog’liq xizmatlarni bajaruvchi firmalar

ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadilar

14.

Omonat, ssuda berish bilan shug’ullanuvchi assotsiatsiyalar

asosan xususiy shaxslar va oilalarga omonat depozitlarga jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek uy-joy qurish uchun kredit taklif qiladilar

80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi.
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.
Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan.
Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi.
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi.
SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi.
XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro banklarni kiritish mumkin:

  • Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki;

  • Xalqaro valyuta fondi;

  • Xalqaro Moliya korporatsiyasi;

  • Xalqaro hisob-kitoblar banki;

  • Evropa investitsiya banki va boshqalar.

Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Yüklə 44,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin