2-mavzu. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati


O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibi



Yüklə 24,02 Kb.
səhifə2/4
tarix08.09.2023
ölçüsü24,02 Kb.
#142035
1   2   3   4
2 ьавзу

O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibi. Respublikamiz fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarini birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi7.
Mamlakatimizda diniy tashkilotlarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki faoliyatini tugatish Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan olib boriladi.
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Tashkilot ustavi qabul qilingandan keyin bir oy muddatda barcha zarur ta’sis hujjatlari Adliya vazirligi yoki uning joylardagi idoralariga taqdim etilishi zarur. Bir diniy tashkilotning a’zosi bir vaqtning o‘zida boshqa diniy tashkilotning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida 8 ta hududiy tuzilmasi (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli konfessiyalarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlari va diniy o‘quv yurtlari vakillari ta’sis konferensiyasi tomonidan tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Boshqa diniy tashkilotlar ustavi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yoki uning joylardagi vakili bilan kelishilgan holda, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Taqdim etilgan hujjatlar bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ustavni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda diniy tashkilotlarga Adliya vazirligi yoki uning joylardagi idoralari tomonidan guvohnoma beriladi.
Tegishli hollarda diniy tashkilot faoliyatini tugatish va tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 24,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin