Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish – mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat
qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni
mexanizasiyalashtirishning yuqori bosqichi.
Fan va texnika taraqqiyotining asosiy
yo`nalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa
omillar ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yuqori darajaga ko`tarish imkonini beradi. Ishlab
chiqarishni
avltomatlashtirishning
qisman
(lokal),
yalpi
(kompleks)
va
to`la
avtomatlashtirish bosqichlari mavjud.
Ishlab chiqarishni intensivlash — texnika, moddiy va mehnat resurslari potensialining har
bir birligidan yanada to`liqroq foydalanish yo`li bilan ishlab chiqarish jadalligini oshirish.
Zamonaviy
texnika
va
texnologiyani
joriy
etish,
ishlab
chiqarish
jarayonini
mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, mehnat resurslaridan rasional
foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori ko`rsatkichga erishishga asoslanadi.
Ishlab chiqirishni ixtisoslashtirish - korxona, kompaniya yoki ularning biror tarkibiy
qismining asosiy faoliyatini tor doiradagi mahsulot, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo`naltirish. Ma’lum mahsulot ishlab chiqaradigan xo`jalik sohalari va korxonalarning
shakllanishida o`z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: