2-mavzu: O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarish turlari. Reja


Ishlab chiqarish sanitariyasi



Yüklə 245,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix30.04.2023
ölçüsü245,44 Kb.
#105058
1   2   3   4   5   6   7
2-maruza taqdimot

Ishlab chiqarish sanitariyasi – sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga
qaratilgan sanitariya-sog`lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq
etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda
sanitariya-gigiyena normalariga bekamu-ko`st rioya qilish, ishchi-xizmatchilarning ish
joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazoning gigiyena talablari
darajasida bo`lishini ta’minlash masalalari bilan shug`ullanadi.
Ishlab chiqarish – texnik nazorati – sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish
yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha
qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik
jarayonlar, asboblar,
dastgohlar
, uskunalar, tayyor mahsulotlar va boshqalar)da amalga
oshiriladi.


Ishlab
chiqarish
xarajatlari
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o`z
faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport
va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilg`i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan
ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va
energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga
ajratmalar, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish
xarajatlariga
qilingan
barcha
xarajatlarning
puldagi
ifodasi
mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisi.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — aniq mahsulot ishlab chiqarishga ketgan
va bevosita uning tannarxiga o`tadigan xarajatlar.

Yüklə 245,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin