Ishlab
chiqarish
xarajatlari
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o`z
faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport
va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilg`i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan
ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va
energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga
ajratmalar, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish
xarajatlariga
qilingan
barcha
xarajatlarning
puldagi
ifodasi
mahsulot
tannarxini tashkil qiladi.
Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisi.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — aniq mahsulot ishlab chiqarishga ketgan
va bevosita uning tannarxiga o`tadigan xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: