2-mavzu: O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarish turlari. Reja


Ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish



Yüklə 245,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix30.04.2023
ölçüsü245,44 Kb.
#105058
1   2   3   4   5   6   7
2-maruza taqdimot

Ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish – iqtisodiy omillar yordamida korxona
iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish moddiy
ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan ishlab
chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish imtiyozli kreditlar berish, ishlab chiqarishga to`g`ridan-
to`g`ri subsidiyalar ajratish, soliq imtiyozlari berish, tashqi faoliyatni moliyaviy qo`llab-
quvvatlash, davlat xarid narxlarini ko`tarish, ish haqidan olinadigan soliqlar
stavkasini
pasaytirish
, eksport-import tovarlarini boj to`lovidan ozod qilish va boshqalardan iborat.


Ishlab chiqarishni mexanizasiyalash – ishlab chiqarish jarayonlarida odamning
jismoniy hamda aqliy mehnatini mashinalar va mexanizmlar zimmasiga yuklash.
Bundan asosiy maqsad — odamni og`ir mehnat turlaridan ozod qilish, mehnat
unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va boshqalar. U fan-
texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, ishlab chiqarish
kuchlari taraqqiyotini ta’minlaydi, mehnat samaradorligini oshirishda moddiy asos
bo`lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining texnik vositalar bilan
ta’minlanganlik
darajasiga
va
ish
turiga
ko`ra,
ishlab
chiqarishni
mexanizasiyalashtirish
qisman
va
yalpi
(kompleks)
mexanizasiyalashtirish
darajalari mavjud. Qisman mexanizasiyalashtirishda asosiy texnologik jarayonlar
mashina va mexanizmlar yordamida, yordamchi ishlar esa qo`l kuchi bilan
bajariladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish – mehnat jarayonida ishlab chiqarish
resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish
va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab
chiqarishni tashkil etish eng ma’qul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash,
turli
ishlab
chiqarish
sohalarining
mutanosib
va
uzluksiz
ishlashini
ta’minlash, ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo`l qo`ymaslik, korxona va
sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika
xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va boshqalarda
namoyon bo`ladi.


ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 

Yüklə 245,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin