2-mavzu: O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarish turlari. Reja



Yüklə 245,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix30.04.2023
ölçüsü245,44 Kb.
#105058
1   2   3   4   5   6   7
2-maruza taqdimot

Ishlab chiqarish grafigi – korxonada muayyan davr (kun, oy, chorak, yil) davomida mahsulot
ishlab chiqarishning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida bo`limlari (sex,
uchastka, potok liniyalar, agregat va boshqa) miqyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida
ifodalanadi.
Ishlab chiqarish dasturi – mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan o`zaro uzviy
bog`liq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish chora-tadbirlari majmui. Ishlab
chiqarish dasturini tuzishda ishlab chiqarshi grafigi, texnologik yo`nalish, mahsulotning
konstruktiv tarkibi (ya’ni unga kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlang`ich axborot
bo`lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari – korxonadagi hali ishlab chiqirishga jarayonlariga jalb etilmagan
va ish o`rniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zahiralari xom
ashyo, asosiy va qo`shimcha materiallar, yoqilg`i, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar,
detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va boshqalar ishlab chiqarish vositalaridan iborat bo`ladi.


Ishlab chiqarish munosabatlari – keng ma’noda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida
kishilar o`rtasida bajaradigan vazifalariga bog`liq holda shakllanadigan munosabatlar
(mulkdorlar, tadbirkorlar,
boshqaruvchilar
, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va
b.); tor ma’noda kishilar o`rtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish
munosabatlari kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab
oladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar
va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga
ega bo`lgan resurslarni qo`llagan holda eng yuqoriishlab chiqarish hajmiga erishishga
sabab bo`lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab
chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko`rsatadi.

Yüklə 245,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin