2-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Mavzu rejasi


II.3. Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganligi



Yüklə 40,72 Kb.
səhifə3/5
tarix14.09.2023
ölçüsü40,72 Kb.
#143379
1   2   3   4   5
2 Mavzu Akmealogiya

II.3. Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganligi
Akmeologiya, ilmiy bilimning har qanday boshqa sohasi kabi nafaqat uning kategorial-metodologik fan sifatida izohlovchi umumilmiy prinsiplarga ega, balki uni predmetga oid-uslubiy bilimning o‘ziga xos sohasi sifatida ifodalovchi muayyan fanga oid xususiyatlariga ham ega. Akmeologiya shakllanib kelayotgan ilmiy fan bo‘lganligi sababli uning predmetga oid-uslubiy xususiyati va kategorial-uslubiy doirasini aniqlash, hal etilishiga ma’lum darajada muayyan akmeologik tadqiqotlarni kelgusidagi rivojlanish yo‘llari bog‘liq bo‘lgan alohida loyihalashtiriluvchi vazifani aks ettiradi. Ularga uchta asosiy ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganlik xos: tabiiy-ilmiy, texnologik va ijtimoiy-gumanitar.
Tabiiy-ilmiy yo‘naltirilganlik akmeologiyada birinchidan, u musatqil fan sifatida shakllanishga intilgan holda uslubiy jihatdan ko‘p hollarda mumtoz tabaitshunoslikda shakllangan fanga oid standartlarga (sinovlar yordamida dalillar, mexanizmlar, qonuniyatlar, ularning matematik aniqligi va h.k. larni o‘rganish ko‘rinishida) amal qilishida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, qator akmeologik muammolarni (iqtidor, qobiliyatlarning genetik va psixofiziologik tarkibiy qismlar, kasbiy mahorat shakllanishining asoslari va h.k.) tahlil qilishda yoshga oid iziologi, psixogenetika, mehnat psixoiziologisi sohasiga oid bo‘lgan ilmiy bilimlarga murojaat qiladi.
Akmeologiyada ijtimoiy-gumanitar yo‘naltirilganlik yanada ko‘proq ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Inson haqidagi fanlarga tegishli bo‘lar ekan akmeologiya bir tomondan tarixiy rivojlanish jarayonida ushbu fanlar bilan o‘zaro genetik ta’siri asosida, boshqa tomondan esa –shakllanib borayotganmustaqil fan sifatida ajralib turishi bilan o‘z ontologik ta’rifiga ega bo‘ladi. Albatta, akmeologiya vujudga kelgunga qadar psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar tomonidan qadimdan kasbiy maorat, ijod, kattalarga ta’lim berish masalalari o‘rganilgan, bular esa ko‘p jihatlariga ko‘ra akmeologiya problematikasi bilan o‘xshash. Biroq aynan mahoratning еtilishini o‘rganishga, uning cho‘qqiga oid “akme”-shakllarini o‘stirishga alohida e’tibor berish avval o‘ziga xos akmeologik problematikani tug‘ilishiga, so‘ngra – o‘ziga xos andoza va texnologiyalarni konseptual-uslubiy qurilishiga, so‘ngra akmeologiyaning o‘ziga xos predmeti va uslublariga ega bo‘lgan fan sifatida vujudga kelishi va shakllanishiga olib keldi.
Akmeologiyaning texnologik yo‘naltirilganligi nafaqat uning bevosita texnik fanlar bilan o‘zaro munosabatida (kibernetika, tizimli texnika, informatka va hokazo), balki ularga xos bo‘lgan algoritmik jihatdan aniq bo‘lgan standartlarning amaliyotga yo‘naltirilgan amaliy bilimning qo‘llanilishida ham namoyon bo‘ladi. Bu holatda bir tomondan akmeologiyaning texnik fanlar bilan o‘zaro munosabati o‘z-o‘zidan amalga oshirilmasligi, balki bilvosita, jumladan, inson omilining texnikada faollashtirish problematikasini yoritib berishni ta’minlovchi ergonomika bilan bog‘liqligini nazarda tutish muhim ahamiyatga ega (masalan, boshqaruvning avtomatlashtirilgan inson-mashina tizimlarida va h.k.). Boshqa tomondan esa shuningdek, akmeologiyaga zamonaviy praksiologiyaning gumanitar bilimni, masalan, psixotexnika va irgotexnika, innovatika va refleksika (I.Semenov, 1994) shaklida texnologiyalashtirish sifatidagi ikki tomonlama jarayon kabi, texnika fanlarini ham insonparvarlashtirish (bionika, sotsionika, sinegetika va h.k.) ta’sirini ham e’tiborga olish zarur.
T.Kotarbinskiyning zamonaviy praksiologiyasi (uning o‘tmishdoshi A.A.Bogdanova tektologiyasi, Teylorning ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirishi, K.Gastevning mehnatni ilmiy tashkillashtirishi kabi) faoliyatni ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida oqilona tashkillashti-rishning ijobiy prinsiplarini nafaqat tizimlarning umumiy nazariyasi nuqtai nazaridan – biologik, ijtimoiy, psixologik, texnik (L.Bertalanfi, A.A.Malinovskiy va boshq.), balki insonni anglash (B.GAnanev, V.N.Nesmelov, A.Pechchei, T. de Sharden, I.T.Frolov va boshq.) va jamiyatshunoslik ma’lumotlarini e’tiborga olgan holda ajratib ko‘rsatishga intiladi.

Yüklə 40,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin