2-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Mavzu rejasi



Yüklə 40,72 Kb.
səhifə2/5
tarix14.09.2023
ölçüsü40,72 Kb.
#143379
1   2   3   4   5
2 Mavzu Akmealogiya

Akmeologikliya 1) inson hayot faoliyatining ijodiy imkoniyatlari va kasbiy mahoratida namoyon bo‘luvchi shaxsiy, kasbiy rivojlanish va o‘z-o‘zini shakllantirish cho‘qqilariga intilishini ifodalovchi xususiyati; 2) tirikorganizm (o‘simliklar, hayvonot va insonning) mavjudligining, ijtimoiy tizimning (guruh, jamoa, uyushma, odamlarning) еtuk, uyg‘un, o‘z-o‘zidan takomillashib boruvchi “akme”-shakllarning gullab-yashnashga qadar rivojlanish tamoyilini ta’riflovchi ontologik atributi;
Ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganlik tadqiqotning muayyan ijtimoiy (ijtimoiy va gumanitar), tabiiy, texnik fanlar doirasida ishlab chiqilgan yondashuvlar, tushunchalar usullar va boshqa konseptual-uslubiy vositalarini qo‘llashga yo‘naltirilganlik;
Jamiyatshunoslik – ijtimoiy jarayonlar va tizimlarni ijtimoiy (tarix, huquq, iqtisodiyot, sotsiologiya va h.k.) va gumanitar (falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyotshunoslik, pedagogika va h.k.) fanlar vositasida kompleks ravishda o‘rganuvchi ilmiy anglash sohasi;
Insonni anglash – insonni tabiiy (biologiya, genetika, fiziologiya va h.k.), gumanitar (falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, pedagogika va h.k.) va texnik (kibernetika, evristika) fani vositalari yordamida kompleks ravishda o‘rganuvchi ilmiy anglash sohasi;
Professional mentalitet – shaxsning ijtimoiy, huquqiy, siyosiy, tarixiy va kasbiy kenglikdagi qadriyatga oid yo‘nalishi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash tizimini ifodalovchi kasbiy tafakkurning tarkibiy qismi. O‘z-o‘zini kasbiy jihatdan anglash uni tashkil etuvchi darajalar bilan ifodalanadi: akmeologik, konseptual, texnologik, refleksiv, kommunikativ, axborotga oid.
II.2. Akmeologik tafakkurning ijtimoiy-madaniy tizimi
XX asrning yakuni va III ming yillikning bo‘sag‘asidagi global-inqirozga oid – ekologik, demografik, ijtimoiy muammolar yuzaga kelgan davrda yangi imkoniyatlarni va ularni oqilona hal etish omillarini izlashda alohida o‘tkirlikka ega bo‘ladi. Buni amalga oshirishning konstruktiv usullaridan biri, nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohasida, balki shuningdek inson faoliyatining turli sohalarida haminnovatsion texnologiyalarni yaratish bilan bog‘liq. Uni turli mutaxassislar tomonidan amalga oshirishdagi yuqori darajadagi kasbiy mahorat va ijodiy mohirlik – mana global-inqirozli muammolarni optimal ravishda hal etishning muhim omiliga aylanishi mumkin bo‘lgan eng asosiy insoniy manba. Ushbu ijtimoiy madaniy kontekstda akmeologiya kabi yangi rivojlanuvchi-majmuaviy fan alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan u kasbiy mahorat va ijod cho‘qqilariga qadar rivojlanishining akme-shakl sifatidagi kasbiy faoliyatning turli ko‘rinishlarini optimal ravishda amalga oshirish qonuniyatlari va texnologiyalarini o‘rganadi.
“Akme”-shakllarni muvaffaqiyatli va ijodiy professional mahorat va kasbiy mahoratni rivojlantirishning optimal texnologiyalarini ishlab chiqishsababchisi sifatida o‘rganish maqsadida akmeologiya kasbiy faoliyatning turli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriluvchi jarayon va usullarni kompleks ravishda o‘rganish tadqiqotlar olib boradi, va buning uchun u inson haqidagi fanlar, ayniqsa falsafa, sotsiologi, psixologi, fiziologi, genetika va pedagogika kabi fanlarni yutuqlarini tahlil qiladi. O‘zining ontologik belgilanganligiga akmeologiya “akme” – shakllar hodisasini inson hayot faoliyatida, psixologik ijodiy va kasbiy faoliyatni uning shaxsiy kabi, kasbiy rivojlanishida ham ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida erishadi. Kasbiy mahorat va ijod cho‘qqilarini rivojlantirish qonuniyatlari va usullari haqidagi psixologik-akmeologik tadqiqotlar natijasida erishilgan ilmiy bilim insonning kasbiy-ijodiy turmushining uning kasbiy-ijodiy ta’limi, shakllanishi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va amalga oshirishi akmeologikligi sifatidagi, o‘z ijtimoiy-madaniy tabiati va metodologik qiymatiga ko‘ra tizimli-tashkil etuvchi, rivojlanib boruvchi ontologik xususiyatni ifodalaydi. Ushbu nuqtai nazardan akmeologiklik sinxronik jihatdan insonni o‘z-o‘zini takomillashtirish ko‘rinishida, dixronik jihatdan esa – uning kasbiy jihatdan ijtimoiylashtirilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda Rossiyaning bozor munosabatlariga o‘tish, huquqiy davlat va demkoratik jamiyat yaratish sharoitlarida akmeologiya alohida ijtimoiy talabga ega bo‘lmoqda. Buni amalga oshirish uchun esa ijtimoiy faol insonlarga, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tashkillashtirilganlik va yuqori ijodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yuqori toifali professionallarga talab zarur.

Yüklə 40,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin