2-mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi Reja


-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish



Yüklə 169,86 Kb.
səhifə7/8
tarix06.06.2023
ölçüsü169,86 Kb.
#125598
1   2   3   4   5   6   7   8
2-ma\'ruza

1-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish
jarayoni modeli.

Bu jarayonning birinchi bosqichida pedagogik nizo chiqishi uchun vaziyat tug‘iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to‘qnashuv sodir bo‘lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.


Ikkinchidan, nizoning qanday tugaganligi, uning qanday еchimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Nizo, o‘zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi nizo o‘z еchimini topganligini har doim ham anglatavermaydi.
Masalan, ziddiyatli tomonlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi, deylik. Nizo nihoyasiga еtgan deb xulosalash mumkin. Ammo bu - manfaatli tomonlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyat tugaganligini anglatmaydi. Nizo qolaveradi. Shu bois, “konflikt еchimi” tushun chasi “konfliktning tugashi” tushunchasidan kengroq va aniqroq tushuncha hisoblanadi. Agar nizo tugashi tushunchasida har qanday nizoning har qanday tugashi, uning biror sabablarga ko‘ra nihoyasiga еtishi tushunilsa, nizoning еchimi tushunchasi uning biror “ijobiy” natija bilan, har ikki tomonni qoniqtirgan yaxshi xulosalar bilan to‘xtam va xulosa qilinganligini anglatadi. Nizoning еchimi uning haqiqiy tugatilganligi, ikki tomon o‘rtasidagi nizo va inqirozning еchimi topilganligi, o‘zaro qarama-qarshilik yo‘qotilganligi, tinchlik va totuvlik tamoyillari tomonlar o‘rtasida o‘rnatilgan ligini anglatadi.
Nizolar еchimi bo‘yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning еchimi uchun har ikki tomon tarafidan juda katta sayi-harakatlar va intilish zarurligini, tomonlarning еchim va to‘xtamga kelishi oson kechmasligini ko‘rsatadi. Chunki nizo “o‘zidan-o‘zi” hal bo‘lib qoladigan voqelik emas. Uni hal qilish uchun birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslar ga kelish, umumiy va barchani qoniqtirgan еchimni topa bilish, jahldan voz kechish va boshqa bir qator amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Albatta, konfliktni mensimaslik, uni tan olmaslik (ignorirovat), uni o‘zicha talqin qilishga urinish bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda nizo stixiyali tarzda, ya’ni hech kimga bo‘ysunmagan holda takomillashib, rivojlanib boradi, nizo keskinlashadi, yanada murakkablashadi, o‘z domiga boshqa shaxslarni ham torta boshlaydi, kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to‘xtamga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi, manfaatli tomonlar ko‘payadi va oxir-oqibat butun sistemani, ya’ni nizodan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.
Nizoning еchimiga kelish uchun muhim bo‘lgan talablardan biri – tomonlarning uning еchimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt еchimini topishga astoydil bel bog‘laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o‘z hoxishiga ko‘ra nizo еchimini topishga tayyor bo‘lmasalar, nizo еchimini topib bo‘lmaydi. Eng avvalo nizoni yuzaga keltirgan ob’ektiv sabablarga to‘xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, har qanday nizo sub’ektiv omillar (insonlar, guruhlar, tizimlar) ham ob’ektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan tashqi omillar). Nizo еchimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o‘z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo‘lishi mumkin. Nizo еchimini topish – tomonlarning bir-birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo‘ldir.
Shu nuqtai nazaridan, nizolar еchimini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning еchimga kelishi va to‘xtatilishi;

  • nizoning simmetrik еchimining topilishi va to‘xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi);

  • nizoning asimmetrik hal bo‘lishi (ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi);

  • nizo boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi;

  • n izoning asta o‘chib so‘nishi va yo‘qolib borishi.

Ko‘rinib turibdiki, aslida nizoning еchimiga qarab turlarga bo‘linishi, uning mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlarini o‘zida jamlamaydi. Chunki nizoning еchimga kelishida juda ko‘p nostandart holatlar mavjud bo‘ladi.
1) nizoning tupikka kirib qolishi;
2) zo‘ravonlik ko‘rsatish;
3) nizoning tinchlik bilan tugatilishi.
Boshqacha qilib aytganda, nizoning tupikka kirib qolishi – “biror muddatga uning еchimi to‘xtatilganligini”, zo‘ravonlik asosida hal bo‘lishi – tomonlarning bir-birini yo‘q qilishga urinishini, nizoning tinchlik bilan hal etilishi esa - uning konstruktiv, ya’ni aql bilan hal qilinishi imkoniyati ishga solinganligini anglatadi. Ammo har qanday vaziyatda ham konfliktning еchimi topilmaganligi uning umuman yo‘q bo‘lib borayotganligini emas, balki nizoning ochiq formadan “yashiringan” formaga o‘tib borayotganligini bildiradi. “Yashiringan” formadagi nizo esa nima oqibatlarga olib kelishi – tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarni o‘zida to‘plab borayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu holatlar – ijobiy sensorlarga tayansa, nizo еchimini topish uchun sharoit mavjud bo‘ladi, agar ular salbiy sensorlarni kuchaytirib yuborsa, demak, nizodagi keskinlikning oshib borayotganligini anglatadi. Shunday qilib:

  • nizoning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo‘rqmaslik va dovdiramaslik lozim;

  • nizoning sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish lozim;

  • konflikt(nizo) tomonlar manfaatlarining to‘qnashuvi hisoblanadi;

  • konfliktning еchimini topish uchun ikki tomonning ixtiyoriy sayi-harakatlar olib borishi va konflikt еchimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi;

  • har qanday konfliktning o‘z еchimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur;

  • konfliktning еchimi topilmaganda, u “so‘nishi”, yo‘q bo‘lganday ko‘rinishi mumkin, aslida konflikt o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq nizolarni keltirib chiqaradi;

  • konflikt еchimini ijobiy topish uchun ma’lum bilim va malakalarni egallash kerak bo‘ladi;

  • konflikt еchimini topish jarayonida ziddiyat qarama-qarshi odamga, uning shaxsiyatiga emas, balki ikkala tomon o‘zaro birlashib, o‘z mulohazalarini mavjud muammoga qaratishi lozim bo‘ladi;

  • konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi;

  • konfliktlar har doim mavjud bo‘ladi, shuning uchun ham yosh o‘qituvchilar(pedagoglar) ularni boshqarish malakasiga ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 169,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin