F. I. O. Xaydarova Nodira Ulug’bekovna 3-Variant Abu Ali Ibn Sinoning ta’lim tarbiya haqidagi qarashlari haqida tushuncha bering



Yüklə 44,51 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü44,51 Kb.
#129440
  1   2   3   4   5
Xaydarova Nodira Yakuniy nazorat ishi


Yakuniy nazorat ishi
Pedogogika nazariyasi tarixi
Yo’nalishi:Pedogogika va psixologiya
Guruh: 1-2
F.I.O. Xaydarova Nodira Ulug’bekovna
3-Variant
1.Abu Ali Ibn Sinoning ta’lim tarbiya haqidagi qarashlari haqida tushuncha bering.
Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir». Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib. Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi. Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi.O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar. Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar .Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi:

      • bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;

      • ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;

      • olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;

      • o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish;

      • bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

      • o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish

Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi. Talabaga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

      • bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish;

      • berilayotgan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi;

      • ta`limda turli metod va shakllardan foydalanishi;

      • talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

      • fanga qiziqtira olishi;

      • berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

      • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

      • har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi olim

Ibn Sino ta`limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko`rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo`lgan. Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini o`stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta`lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg`oq o`g`li Tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini ibn Sinonining o`zi ham ta`kidalaydi.Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta`riflaydi:Dunyoda mavjud bo`lgan jami narsalar tabiatiga ko`ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o`zi esa mohiyat e`tibori bilan yaxshilikdir...» Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi. Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi. Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon iilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta`rifini beradi: mo`tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq ma`yorlariga to`g`ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko`maklashuvchi insoniy quvvat;
g`azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o`z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bo`lganda, ular bilan xushmuomalada bo`luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch sifatida ta`rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to`siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko`rsatib o`tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o`tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta`riflaydi. Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do`st bo`lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do`stona yashashga intiladi. Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo`shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o`zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do`st muhim rol o`ynaydi, deydi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:

      • har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan do`stlik;

      • manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin do`stlik;

      • o`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do`stlik.

Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb e`tirof etadi. Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o`rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e`tibor beradi. Oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o`rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta`sirini ta`kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug`laydi va qimorboz, sudho`r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta`sir etishini to`g`ri talqin etadi. Ibn Sino aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.

Yüklə 44,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin