2-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari. (2 soat) Reja



Yüklə 36,62 Kb.
səhifə2/12
tarix04.10.2023
ölçüsü36,62 Kb.
#152058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogika fanining predmeti,tadqiqoqt metodlari.

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Pedagogika fanining obyekti – yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogika fanining predmeti – ta’lim -tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Pedagogika fanining asosiy vazifalari
Analitik: - ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o‘rganish;
- pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.
Prognostik: - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim -tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash;
- ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
Tashkiliy: - yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;
- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish

Yüklə 36,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin